Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kim
Xromatografik analiz. Xromatografiya modda aralashmalarini ularni tashkil etuvchi komponentlarga ajratishning fizik- kimyoviy usuli bo’lib, u adsorbent (yutuvchi)larning turli moddalarni tanlab adsorblashiga asoslangan.
Adsorbsiya usuli rus olimi M.S.Tsvet tomonidan 1903 yilda kashf etilgan. Xromatografik analiz usullaridan adsorbsion, ion almashinish, taqsimlanish va cho’ktirish xromatografiyalari miqdoriy analiz o’tkazishda bir yoki bir necha moddaning eritmaning molekulalararo kuchlar ta‘sirida ayrim ionlarning tanlab adsorbsiyalanishiga asoslangan. Adsorbentlar sifatida aktivlangan ko’mir, ishqoriy yer metallarining, shuningdek magniy, alyuminiy va shu singari metallarning oksidlari va gidroksidlari, silikagel kabilar elektrolitlarni eritmadagi umumiy konsentratsiyasini aniqlash va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi. Ion almashinish xromatografiyasida adsorbent sifatida yuqori molekulyar birikmalar – ionitlar ishlatiladi. Ular ion almashinish xususiyatiga ega bo’lgan qattiq moddalardir. Eritmalardan kationlarni yutadigan adsorbentlar kationitlar deyiladi. Eritmalardan anionlarni yutadigan adsorbentlar anionitlar deb yuritiladi. Anionitlar tarkibida harakatchan gidroksil gruppalar mavjud. Sifat analizi kursidan ma‘lumki eritmada fosfat ioni PO43-mavjud bo’lsa analizni o’tkazish, xususan, Al3+ va Fe3+ kationlarini aniqlash qiyinlashadi. Ion almashinishidan foydalanib PO3-4 anionini ajratish boshqa analitik metodlarga nisbatan ancha qulay. Tekshirilayotgan eritma N-formadagi kationit bilan to’ldirilgan byuretka yoki naycha orqali o’tkaziladi. Bunda kationlar smolada ushlanib qoladi. PO3-4 va boshqa anionlar kationit bilan ushlanib qolmaydi.
3RH+Me3 PO4 = 3RМe +H3 PO4 Fosfat ionlarini to’la yo’qotish uchun kolonka distillangan suv bilan yuviladi. So’ngra to’plangan kationlar kolonkadan o’ngdagi kationitni xlorid kislota bilan yuvib siqib chiqariladi. Bu jarayon kationitni qayta tiklash yoki regeneratsiya deyiladi
R Me + HCl = RH + Me Cl
Regeneratsiya kationit qayta ishlatish uchun yaroqli. Hosil qilingan filtrat va kationlar aralashmasi sifatida tekshiriladi. Anionitlarda:
n ROH + An= Rn A+nOH- bu yerda R- anionit tarkibidagi erimaydigan organiq radikal An – eritmada ishtirok etuvchi anion (PO3-4 ,SO2-4 va boshqalar) 2ROH +SO42- = R SO4+2OH- Anionitni regeneratsiya qilish, ya‘ni uni OH- formaga o’tkazish uchun kolonkadan ishqor o’tkaziladi.
R2SО4+2Na OH= 2ROH+ Na2 SO4 So’ngra anionitni ortiqcha miqdor ishqordan tozalash maqsadida neytral reaksiyagacha distillangan suv bilan yuviladi.