Bu dori turi o„z tarkibida bir-biriga zid dorivor moddalar saqlab, ularning har qaysisi yupqa
qobiq bilan o„raladi. Shu sababli ular zarur vaqtda va tananing kerakli joyida ajralib chiqib o„z
ta‟sirini alohida-alohida ko„rsatadi. Masalan, draje holida chiqariladigan "meksaza" uch
qavatdan iborat: ichki qavatida (yadro) enteroseptol, o„rta qavatida pankreatin va tashqi qavatida
bromelin saqlaydi. Tanada birinchi bo„lib tashqi qavatdagi bromelin, so„ng pankreatin va nihoyat
enteroseptol ajralib, o„z ta‟sirini birin-ketin namoyon qiladi. Bunday dori turlarini chaynamay
butunligicha ichishni yodda tutish kerak.
Farmakoterapiyada istiqbolli deb dorilardan ta‟sir etuvchi kuchi yo„naltirilganlari aytiladi.
Dorivor moddaning a‟zolar, to„qima va hujay-ralarga yo„naltirilgan
holda etkazib oborilishi
ularning zaharliligini va shu bilan bir qatorda ayab sarflanishi ko„zda tutiladi.
Adabiyotlarda keltirilgan ma‟lumotlarda shu narsa tasdiqlanganki, iste‟mol qilingan
dorilardan dori moddaning 90% maqsadga muvofiq emas, ya‟ni mo„ljalga etib bormas ekan.
Hozirgi zamon dorilarini, ularning mo„ljalga etkazib borish pog„onasi, ta‟sir
etish
mexanizmi va transport qiluvchi moddaning katta-kichikligiga ko„ra, uch guruhga bo„lish
mumkin.
1 guruh - tana a‟zolarga (mishenlar) etkazib boruvchilar:
- mikrokapsulalar;
- mikrosferalar;
- ularning katta-kichikligi 1 mkm dan katta;
2 guruh – to„qimalarga etkazib boruvchilar:
- nanokapsulalar;
- nanosferalar;
- liposomalar;
- ularning katta-kichikligi 1 mkm gacha bo„lib kolloid moddalar;
3 guruh - hujayralarga etkazib boruvchilar:
- antitelalar;
- glikoproteidlar
- ularning katta-kichikligi 1 mkm gacha.
Antitelalar - bu organizmda (limfa, qon, to„qima) antigenlarga(o„zga, organizm uchun yot
bo„lgan oqsil modda) qarshi hosil bo„lib, ularning ziyonli ta‟sirini bartaraf qiluvchi moddalar.
Misol uchun aleksin (himoya qiluvchi qonni zardobida hosil bo„lgan modda), ambotseptor - bu
ham himoyalovchi mikrob bilan immunizatsiyalashda qonning zardobida hosil bo„lgan modda, u
mikroblarni eritib o„ldiradi.
Magnit orqali boshqariladigan sistemalar: tanada tegishli joylarga dorilarni etkazib berish,
dori tarqatuvchi-tashuvchi moddalar yordamida ikki xil bajariladi:
1 - sustkashlik bilan etkazish - bu hol dori tarqatuvchi moddalarning fizik-kimyoviy
xususiyati bilan
belgilanadi;
2 - faol etkazish - bunda turli tashqi muhitlar yordamida (masalan, magnit maydoni)
dorining etkazilishi tartibga solinib turiladi.
Dori moddaning yo„naltirilgan holda a‟zo-mishen, to„qima va hujay-ralarga etkazib
berishini, ya‟ni uch guruhga bo„lib ko„rilayotgan dori turlari qaysi darajada organizmga ta‟sir
ko„rsatishini misollar orqali yaqqol tasvir qilish mumkin.
Ma‟lumki, agar odam tanasidagi ayrim a‟zolar umumiy vazifani bajarsa, ular shu a‟zolar
tizimi (sistemasi) deyiladi. Bu asab, qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, ajratib chiqarish
va ko„payish a‟zo sistemalaridir.
Misol qilib ajratib chiqarish a‟zolar tizimini ko„rsak.
Hujayralar to„plami (yig„indisi) to„qima, bir qancha to„qimalardan (epitelial, bog„lovchi,
mushak, asab) a‟zolar hosil bo„lib va shu bir xil vazifani bajaruvchi a‟zolar bir tizimini tashkil
qiladi.
Demak, 1 guruhdagi dori moddalarning tashuvchilari yangi avlod dorilari va ular ayrim
a‟zo va to„qimalarning yoniga yo„naltirilib ta‟sir kuchini ko„rsatadi.
2-guruh tashuvchilari to„qimani o„zida tarqaladi, shu guruh
tashuvchilariga eritrotsitlar,
qon elementlari ham o„zi bilan dori moddani tashishi mumkin, chunki organizmda aylanib
(sirkulyasiya) qilib, ya‟ni qon aylanishi bilan a‟zo-mishenga dori moddaning ta‟siri yunaltiriladi.
3-guruhdagilar tashuvchi vazifasini emas, balki organizmga har hil antigenlar (bakteriya,
virus, oqsil, toksinlar) tushganida antigenga qarshi antitelalar hosil bo„ladi. Ularni "tanib olish"
elementi sifatida ishlatiladi.
Antitelalar o„smaga qarshi dori moddaning ishlatilishi shu o„sma
hujayrasining ustidagi
antigen bo„lishiga bog„liq. Lekin bunday antigen sog„lom hujayrada bo„lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: