1-Ma’ruza.
Maxsus dori turlari texnologiyasifani, uning maqsadi va vazifalari. Gomeopatiya asoslari,
qisqacha tarixiю Gomeopatiya davolash tizimining asosiy printsiplari va nazariyalari
Ma’ruza maqsadi:
gomeopatik,maxsus pediatrik va geriatrik, kosmetologiya va
veterinariya amaliyotida qo„llaniladigan dori turlari texnologiyasining nazariy va amaliy
asoslariga hamda ta‟siri yo„naltirilgan va uzaytirilgan
dori turlarini tuzilishi, ta‟sir etish
mexanizmlarigaoid bilimlarni berishdan iborat.
Tayanch atama va iboralar:
maxsus dori turlari, gomeopatiya, pediatriya, geriatriya,
kosmetologiya,
veterinariya, ta‟siri yo„naltirilgan dori preparatlari, ta‟siri uzaytirilgan dori
preparatlari.
Reja:
1.
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining
tasnifi va qisqacha ta‟rifi.
2.
Ta‟siri oldindan belgilangan va yo„naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi,
turlari va umumiy ta‟rifi
3.
Gomeopatiyaning qisqacha tarixi
4.
Gomeopatiya davolash tizimining prinsiplari
5.
Gomeopatiyaning nazariyalari
Ma’ruzaning qisqacha matni:
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining
tasnifi va qisqacha ta’rifi
Mustaqil O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash tizimining taraqqiyoti va rivojlanishi
yuqori saviyali kadrlar tayyorlash bilan bog„liq bo„lib, ular o„zining professional burchini, ya‟ni
aholini sifatli dori-darmon bilan ta‟minlashda nazariy,
amaliy bilimlar darajasiga, dori turlarni
tayyorlashda kerak bo„lgan ko„nikmalar va dorilarning to„g„ri ishlatilishi bo„yicha ma‟lumotlarni
bera bilishga ega bo„lishi kerak.
Farmatsevt mutaxassislarni tayyorlashda dori turlari texnologiyasi, albatta, alohida o„rinni
egallab, unda nafaqat dorixona, balki korxonalarda, kimyo-farmatsevtik muassasalarda
tayyorlangan dorilar texnologiyasi va dori moddaning ta‟siri oldindan belgilanib uzaytirilgan va
yo„naltirilgan preparatlarni, hamda maxsus
dori turlaridan gomeopatik, yangi tug„ilgan
chaqaloqlar, yoshiga qarab beriladigan dorilar, kosmetologiya, veterinariya amaliyotida
ishlatiladigan dorilar bo„yicha o„qitish ketma-ketligi, bir-biri bilan bog„langan holda bo„lishi
kerak.
Bunday mavzularning o„qitilishi maxsus standartlashtirilgan Jahon sog„liqni saqlash
uyushmasining NAP Hujjatlari asosida tuzilgan yangi dastur bo„yicha olib boriladi.
Hozirgi vaqtda bemorni davolashda qo„llaniladigan dori turlarining
ahamiyati qanchalik
yuqori va ya‟nada bu omilning roli oshib borayotganligi xech kimda shubha uyg„otmaydi.
Demak, farmakoterapiyada dori turlari eng asosiy manba desa bo„ladi. Shuning uchun hozirgi
zamonaviy dori turlariga faqat farmatsevtik talablar emas, balki biofarmatsevtik talablar ham
qo„yilgan.
Biofarmatsevtik talablari bo„yicha dori turlari tarkibidagi preparatni to„la to„kis ta‟sir
etishini ta‟minlashi; eng past darajaga uning salbiy ta‟sirini tushirib, preparatning farmakologik
xususiyatlarini yaqqol ochgan holda ta‟sir kuchini namoyon etish.
U mazmunda bugungi kunda an‟anaviy dorilar, ya‟ni tabletka, surtma, eritmalar
boshqatdan ko„rib
chiqilib, ularning asosida yangi dori turlari barpo etilmoqda.
Eng ko„p qo„llaniladigan dori turlarni ichida tabletkalarni olsak, tabletka yaratish
texnologiyasi, yordamchi moddalarning farmatsevtik xususiyatlari, ularning terapevtik
samaradorligiga ta‟siri, mos kelishi, biologik so„rilish darajasi va boshqalar qaytadan ko„rib
chiqilib, shu bilan bir qatorda farmakologik dorivor guruhlar (antibiotiklar, gormonlar) ham
yangidan ko„rib chiqilmoqda va shu ishlarning natijasida yangi dori turlarini turg„unligini
ta‟minlovchi, tanadagi ularning ta‟sirini aniq va yo„nalgan holda nazoratlarni
kuzatib borishda
qulay bo„lgan yangi dorilarni barpo etish bugungi kunning eng dolzarb masalalari deb
hisoblanadi.
Biofarmatsiya, farmakokinetika va farmakodinamika izlanishlarning birgalikdagi natijalari
dorivor moddalarni samarali va bexatar ishlatish uchun ilmiy asos yarata boshladi.
Bunday natijalar yangidan yangi dori turlarini ishlab chiqarishga yo„l ochib beradi. Bular
jumlasidan berilgan dori turining tanada qachon va qanchadan ajralib chiqishini tekshirib
turuvchi va ularni kerakli a‟zo yoki to„qimalarda ta‟sir ko„rsatishini oldindan hisobga olgan
holda chiqariladigan dori turlari alohida o„rin tutadi.
Bunday preparatlar qonda ta‟sir etuvchi moddaning terapevtik konsentratsiya darajasini
ma‟lum vaqt ichida uzoq, doimo saqlab turish va natijada
dorining davolash dozasini
kamaytirish, me‟da-ichak yo„llarini qitiqlash va umuman dorini keraksiz qo„shimcha ta‟sirini
kamaytirishni o„z oldiga vazifa qilib qo„ydi.
Bu xil dorilar farmatsevtik, fiziologik, bioximik omillarga tayangan holda ularga
texnologik jarayonlar davrida tanada dorining harakat tartibi oldindan belgilab qo„yiladi.
Bunday dori turlari farmatsevtika korxonalari mahsulotlariga kirib, ularni dorixonada
tayyorlashga sharoit yo„qdir.