1810 yilda Ganemanning "Tabiblik san‟atining organoni" nomli kitobi nashrdan chiqdi.
SHu davrda Ganeman Leypsig dorilfununida privat-dotsent unvoniga sazovor bo„ldi, o„qitish
jarayonida uning atrofida talabalar, tabiblar, dorini o„zida sinashga ehtiyori bilan kelganlar bo„lar
edi.
2-rasm. "Tabiblik san’atining organoni", 1810
1811 yilda Ganemanning bayonlaridan biri bo„lgan "Toza dorishunoslik"ning 1-qismi chop
etildi. Bir necha yildan keyin esa uning qolgan 4-ta qismi ham chop etildi. Bu asarda 60 ga
yaqin dori moddalar ta‟siri keltirilgan. Dorilarni izlab topish va qo„llashda o„z usulini boshqa
usullardan farqliroq, Ganeman "gomeopatiyasi" deb nomladi.
Gomeopatiya dori vositalarining qo„shimcha ta‟siri yo„qligi ko„pchilikni o„ziga jalb qiladi.
AQSHda 1832 yili, Belgiyada 1953 y, Buyk Britaniyada 1856yili, Argentinada 1963yili,
Meksikada 1895yili,
shuningdek Gollandiya, Daniya, SHveysariya, Italiya, Norvegiya,
SHvetsiya, Ispaniya, Gretsiya,
Finlandiya, Osiyo davlatlarida Xindiston, Pokiston, Bangladesh,
SHri Lanka, Afrika Kit‟asida: Nigeriya 1960yili, Zimbabve 1981yili, Avstraliya va YAngi
Zellandiya amaliyotlarida ham gomeopatiya sekin asta rivojlana bordi.
Rossiyaga
chegaradosh Polsha, Vengriya, CHexoslovakiya, Ruminiyalarda ham
gomeopatiya o„z o„rnini topgan. Polshada 1892 yildan boshlab gomeopatiya jamiyati
mutaxassislardan tashkil topgan
komissiya tomonidan tekshi-rib, ijobiy natija berilgan
munosabati bilan gomeopatiya Davlat tomonidan rasmiy tan olingan.
Vengriya va Slovakiyada gomeopatiya usuli bilan davolash boshqa qo„shni davlatlarga
nisbatan birmuncha kamroq yo„lga qo„yilgan.
Rossiyaga Ganeman g„oyalari 19 asrning 20 yillarida kirib keldi.1824 yil Peterburgda
Ganeman va uning ta‟limoti bilan tanish bo„lgan doktor Adam Germaniyada shu yo„nalishni
qo„llash uchun ko„chib keladi. Bu nazariyani yoqlovchilar ham topilib, gomeopatiya yo„li bilan
davolash tez tarqala boshlaydi.
1828 yilda o„sha vaqtda harbiy gospitallarning birida xizmat qiluvchi leyb-medik
Germaniyaga Ganeman usuli bilan davolashga xuquq berildi. 1832
yildan Peterburg, Moskva,
Riga shaxarlarida gomeopatiya dorixo-nalarini ochishga ruxsat etildi. Moskvada 1-nchi
gomeopatiya dorixonasi Petrovkada 1835 yilda ochilib, unga gomeopatiya ta‟limini targ„ibot
qilishga ko„p xizmat qilgan A. O. Farbrixer boshchilik qilgan.
X1X asrning 2-nchi yarmidan boshlab gomeopatiya jurnali har oyda chiqaboshlaydi. 1898
yil Peterburgda gomeopatiya kasalxonasi ochildi. 1833 yil Rigada xam 1-nchi gomeopatiya
dorixonasi ochildi va 1959 yilga qadar dorixona shaxsiy gomeopatik shifokorlar retsepti
bo„yicha dori tayyorlashar edi.
Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo„stlik davlatlarida,jumladan Moskva, Riga, Kiev, Peterburg,
Tbilisi, YAlta, Simferopol, Lvov, Xarkov va boshqa shaxarlarda 20
ga yaqin gomeopatiya
dorixonalari, Moskvada gomeopatiya kasalxonasi va dorixonalar qoshida gomeopatiya bo„limlari
ishlab turibdi. Ularning ishini yaxshilash maqsadida Moskva, Kiev, Toshkent shaxarlarida
shifokor-gomeopat va farmatsevt-gomeopat tayyorlash bo„yicha maxsus kurslar tashkil etilgan.
1989 yil Kievda shifokor gomeopatlarning butunittifoq s‟ezdi bo„lib, bunda tashkiliy masala
ko„rilib, butunittifoq gomeopatiya assotsiyasi tashkil etildi, unda dorixona xizmatchilari ham faol
qatnashdi.
Ayrim shaxarlarda jamoatchilik yo„lida kooperativ gomeopatiya markazlari tashkil topmoqda.
Masalan, Kievda “Gomeopat”, Lvovda “Apis” markazlari. Hozir barcha mamlakatlarda ishlatib
kelayotgan gomeopatiya dorilar soni 2000 atrofida bo„lib, shunda V. Shvabe qo„llanmasiga 514
kiritilib, ulardan faqat 150 yaqini MHD davlat reestriga kirgan xalos.
Ma‟lumki reestrga kirmagan dorivor o„simliklar
hom ashyosi bilan assortiment, ham
miqdor jihatdan, ta‟minlashni tashkil etish, bu sohada ijod qilayotgan barcha ilmiy xodimlarga