2-Ma‟ruza.
Mavzu: Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar. Gomeopatiyaga oid
qo„llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasi
Ma‟ruza maqsadi:
Gomeopatiya farmakopeyasi va boshqa qo‗llanmalar, gomeopatik
retseptlar, oddiy (allopatik) retseptlarni tuzilishini o‘zlashtirish
Tayanch atama va iboralar:
doza, suyultirish,Ganeman, tinktura, tomchilr, grnilalar,
potensiyalsh, dinamizasiyalash, Gomeopatiya farmakopeyasi, gomeopatik retsept
Reja:
1. Gomeopatik
dozalar va suyultirishlar
2. Gomeopatiyaga oid qo‗llanmalar, me‘yoriy hujjatlar
3. Gomeopatiya farmakopeyasi
4. Gomeopatik retseptlar yozish tartibiva namunalari
Ma‟ruzaning qisqacha matni:
Gomeopatik dozalar va suyultirishlar
Gomeopatiya yunoncha homoios-o‗xshash va pathos- kasallik so‗zlaridan tashkil topgan.
Shunga asoslangan gomeopatiya dorivor modda sog‗lom odamda sinalganda,
u dori qaysi
kasallik belgilarini paydo qilsa, o‗sha kasallikni aynan shu dori bilan, nihoyatda kam dozalarda
va maxsus usulda kuchi oshirilgan dorilar bilan davolaydi. 200 yillik gomeopatiya dori vositalari
bilan davolashda biron-bir qo‗shimcha ta‘sir yoki zaharlanish kuzatilmagan. Shuning uchun
kasallikni gomeopatiya usulida davolash AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Olmoniya va boshqa
mamlakatlarda rivojlangan.
Hozirgi vaqtda Ganeman g‗oyalariga tayangan holda V.Shvabe tomonidan yozilgan
gomeopatiya dorilari bo‗yicha qo‗llanma 70 dan ortiq mamlakatlarda
farmakopeya sifatida
ishlatib kelinmoqda. Gomeopatiya dorilarining 78-80% dorivor o‗simliklar, 14%ga yaqini
kimyo-viy va 6%
atrofida jonivorlarga to‗g‗ri keladi. Gomeopatiya dorilarining
allopatiyanikidan asosiy farqi barcha o‗simlik
va jonivor, ular mahsulot-larining yangi
yig‗ilganlarini ishlatishdir. Gomeopat shifokorlar dori yozishda retsept so‗zini ishlatishmaydi.
Dori miqdori ko‗pincha ko‗rsatilmay uni suyultirish darajasi va dori turiga mansubligi
ko‗rsatiladi.
Gomeopatiyada ishlatiladigan dori kuchlari (konsentratsiya) o‗nlik (X yokiD)
va yuzlik
(S) birliklari bilan ifoda etilib, ular necha marta suyultirishni belgilovchi raqam yoniga qo‗yiladi.
Masalan: 2x (2 o‗nlik), 3x (3 o‗nlik), 3s (3 yuzlik) va shu kabi. Bir kecha kunduzda ichish uchun
beriladigan go-meopatiya dorilari odatda 5-8 tomchi 3-4 dona granulani tashkil etadi.
Shifokorning yozadigan dori nomi lotincha bo‗lib, dorixonadagi dorilarga yopishtiriladigan
yorliq kirilcha harfi bilan lotin tilida yoziladi. Masalan: Tartarus Emetikus, Merkurius Solyubilis.
Hozirda ma‘lumki vitamin V
12
ni ayrim kamqonlik kasalligida
beriladigan miqdori undagi
kobaltning bir grammning milliondan birini tashkil qiladi. Odam tanasidagi hatto o‗lchash qiyin
bo‗lgan miqdordagi mikro-elementlarning tana o‗sishi va faoliyatidagi muhim o‗rni beqiyosdir.
Odam ta-nasida bir kunda ishlab chiqariladigan tireodining miqdori juda ozgina bo‗lib,
0,0000005g tengdir.
Bu qonuniyatning ya‘ni potensiyalashning yuzaga kelishi gomeopatiyada ayrim metallar:
oltin, kumush, mis, platina, temir, qo‗rg‗oshin va shunga o‗xshash hamda yog‗och ko‗miri, qum
va shu kabilarni dori-darmon sifatida keng qo‗llash imkoniyatini yaratdi. Vaholanki yuqorida
keltirilganlar tabiiy holda dorivor modda sifatida ishlatilmaydi. Ganeman birinchi bo‗lib, dori
vositalarni oldin sog‗lom organizmda sinab ko‗rish kerakligini aytgan edi va shu bilan birga
dorilar patogenezini topgan edi. Chunki dorining patogenezi xuddi kasal
simptomi bilan bir xil
bo‗ladi, lekin dori patogenezlarida Ganeman qanday odam qiyofasiga-o‗xshashligini yozgan.
Gomeopatiyada ishlatiladigan eritmalarni va potensiyalarni tayerlashda sanitariya qoidalari
va talablariga muvofiq bajariladi va mikrobiologik tozaligiga javob berishi shart. /X1 DF ning 2
qism, 193 bet/.