1-Ma’ruza. Maxsus dori turlari texnologiyasifani, uning maqsadi va vazifalari. Gomeopatiya asoslari, qisqacha tarixiю Gomeopatiya davolash tizimining asosiy printsiplari va nazariyalari



Download 341,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.03.2022
Hajmi341,52 Kb.
#477271
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-мавзу



1-Ma’ruza.
Maxsus dori turlari texnologiyasifani, uning maqsadi va vazifalari. Gomeopatiya asoslari, 
qisqacha tarixiю Gomeopatiya davolash tizimining asosiy printsiplari va nazariyalari 
 
Ma’ruza maqsadi: 
gomeopatik,maxsus pediatrik va geriatrik, kosmetologiya va 
veterinariya amaliyotida qo„llaniladigan dori turlari texnologiyasining nazariy va amaliy 
asoslariga hamda ta‟siri yo„naltirilgan va uzaytirilgan dori turlarini tuzilishi, ta‟sir etish 
mexanizmlarigaoid bilimlarni berishdan iborat.
Tayanch atama va iboralar:
maxsus dori turlari, gomeopatiya, pediatriya, geriatriya, 
kosmetologiya, veterinariya, ta‟siri yo„naltirilgan dori preparatlari, ta‟siri uzaytirilgan dori 
preparatlari. 
Reja: 
1.
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining 
tasnifi va qisqacha ta‟rifi. 
2.
Ta‟siri oldindan belgilangan va yo„naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi, 
turlari va umumiy ta‟rifi 
3.
Gomeopatiyaning qisqacha tarixi 
4.
Gomeopatiya davolash tizimining prinsiplari 
5.
Gomeopatiyaning nazariyalari 
 
Ma’ruzaning qisqacha matni: 
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining 
tasnifi va qisqacha ta’rifi 
Mustaqil O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash tizimining taraqqiyoti va rivojlanishi 
yuqori saviyali kadrlar tayyorlash bilan bog„liq bo„lib, ular o„zining professional burchini, ya‟ni 
aholini sifatli dori-darmon bilan ta‟minlashda nazariy, amaliy bilimlar darajasiga, dori turlarni 
tayyorlashda kerak bo„lgan ko„nikmalar va dorilarning to„g„ri ishlatilishi bo„yicha ma‟lumotlarni 
bera bilishga ega bo„lishi kerak.
Farmatsevt mutaxassislarni tayyorlashda dori turlari texnologiyasi, albatta, alohida o„rinni 
egallab, unda nafaqat dorixona, balki korxonalarda, kimyo-farmatsevtik muassasalarda 
tayyorlangan dorilar texnologiyasi va dori moddaning ta‟siri oldindan belgilanib uzaytirilgan va 
yo„naltirilgan preparatlarni, hamda maxsus dori turlaridan gomeopatik, yangi tug„ilgan 
chaqaloqlar, yoshiga qarab beriladigan dorilar, kosmetologiya, veterinariya amaliyotida 
ishlatiladigan dorilar bo„yicha o„qitish ketma-ketligi, bir-biri bilan bog„langan holda bo„lishi 
kerak.
Bunday mavzularning o„qitilishi maxsus standartlashtirilgan Jahon sog„liqni saqlash 
uyushmasining NAP Hujjatlari asosida tuzilgan yangi dastur bo„yicha olib boriladi.
Hozirgi vaqtda bemorni davolashda qo„llaniladigan dori turlarining ahamiyati qanchalik 
yuqori va ya‟nada bu omilning roli oshib borayotganligi xech kimda shubha uyg„otmaydi. 
Demak, farmakoterapiyada dori turlari eng asosiy manba desa bo„ladi. Shuning uchun hozirgi 
zamonaviy dori turlariga faqat farmatsevtik talablar emas, balki biofarmatsevtik talablar ham 
qo„yilgan.
Biofarmatsevtik talablari bo„yicha dori turlari tarkibidagi preparatni to„la to„kis ta‟sir 
etishini ta‟minlashi; eng past darajaga uning salbiy ta‟sirini tushirib, preparatning farmakologik 
xususiyatlarini yaqqol ochgan holda ta‟sir kuchini namoyon etish. 
U mazmunda bugungi kunda an‟anaviy dorilar, ya‟ni tabletka, surtma, eritmalar 
boshqatdan ko„rib chiqilib, ularning asosida yangi dori turlari barpo etilmoqda.
Eng ko„p qo„llaniladigan dori turlarni ichida tabletkalarni olsak, tabletka yaratish 
texnologiyasi, yordamchi moddalarning farmatsevtik xususiyatlari, ularning terapevtik 
samaradorligiga ta‟siri, mos kelishi, biologik so„rilish darajasi va boshqalar qaytadan ko„rib 
chiqilib, shu bilan bir qatorda farmakologik dorivor guruhlar (antibiotiklar, gormonlar) ham 


yangidan ko„rib chiqilmoqda va shu ishlarning natijasida yangi dori turlarini turg„unligini 
ta‟minlovchi, tanadagi ularning ta‟sirini aniq va yo„nalgan holda nazoratlarni kuzatib borishda 
qulay bo„lgan yangi dorilarni barpo etish bugungi kunning eng dolzarb masalalari deb 
hisoblanadi.
Biofarmatsiya, farmakokinetika va farmakodinamika izlanishlarning birgalikdagi natijalari 
dorivor moddalarni samarali va bexatar ishlatish uchun ilmiy asos yarata boshladi.
Bunday natijalar yangidan yangi dori turlarini ishlab chiqarishga yo„l ochib beradi. Bular 
jumlasidan berilgan dori turining tanada qachon va qanchadan ajralib chiqishini tekshirib 
turuvchi va ularni kerakli a‟zo yoki to„qimalarda ta‟sir ko„rsatishini oldindan hisobga olgan 
holda chiqariladigan dori turlari alohida o„rin tutadi.
Bunday preparatlar qonda ta‟sir etuvchi moddaning terapevtik konsentratsiya darajasini 
ma‟lum vaqt ichida uzoq, doimo saqlab turish va natijada dorining davolash dozasini 
kamaytirish, me‟da-ichak yo„llarini qitiqlash va umuman dorini keraksiz qo„shimcha ta‟sirini 
kamaytirishni o„z oldiga vazifa qilib qo„ydi.
Bu xil dorilar farmatsevtik, fiziologik, bioximik omillarga tayangan holda ularga 
texnologik jarayonlar davrida tanada dorining harakat tartibi oldindan belgilab qo„yiladi.
Bunday dori turlari farmatsevtika korxonalari mahsulotlariga kirib, ularni dorixonada 
tayyorlashga sharoit yo„qdir.

Download 341,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish