2.Azot, kislorod va oltingugurtning gеtеroatom sifatidagi ahamiyati.
Azotli, kislorodli va oltingugurtli geterotsiklik birikmalar tabiatda ko’p tarqalgan va yaxshi o’rganilgan. Yopiq zanjir hosil bo’lishida uglerod atomlari bilan birgalikda qatnashadigan elementlar geteroatomlar deb ataladi. Geterotsiklik birikmalar jipslashgan tuzilishga ega bo’lishlari mumkin. Geterotsiklik birikmalar tabiatda keng tarqalgan (darmondorilar, alkaloidlar, pigmentlar va boshqalar geterotsiklik birikmalar jumlasiga kiradi), ularning biologik jarayonlardagi, bo’yoqlar va dori-darmonlar olishdagi ahamiyatining kattaligi hamda ularni qishloq xo’jaligi mahsulotlarining chiqindilaridan, toshko’mir qatronidan olish imkoniyatining mavjudligi geterotsiklik birikmalar kimyosining rivojlanishiga asos bo’lgan.
Hozirgi kunda butun dunyodagi kimyogar olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning uchdan ikki qismi geterotsiklik birikmalarni sintez qilish va ularning xossalarini o’rganishga qaratilgan.
O’z hususiyatlari bilan yog’ qator birikmalariga yaqin turadigan ko’pchilik geterotsiklik birikmalar–etilen oksid, laktonlar, ikki asosli karbon kislotalar angidridlarining xossalari avvalgi bo’limlarda yoritilgan.
Bu birikmalar ochiq zanjirli birikmalaridan oson hosil bo’ladi va halqaning uzilishi natijasida yana ochiq zanjirli birikmalarga aylanadilar.
O’z hususiyatlari bilan yog’ qator birikmalariga yaqin turadigan ko’pchilik geterotsiklik birikmalar–etilen oksid, laktonlar, ikki asosli karbon kislotalar angidridlarining xossalari avvalgi bo’limlarda yoritilgan.
Bu birikmalar ochiq zanjirli birikmalaridan oson hosil bo’ladi va halqaning uzilishi natijasida yana ochiq zanjirli birikmalarga aylanadilar.
3.Klassifikatsiyasi va nomlanishi
Geterotsiklik birikmаlаr оrgаnik mоddаlаr qаtоrigа kirаdi vа tаbiаtdа ko’p tаrqаlgаn bo’lib, sаnоаtdа kеng miqyosdа qo’llаnilаdi. Hоzirgi pаytdа eng muhim vа kеng ko’lаmdа qo’llаnilаyotgаn dоri mоddаlаrning 60 % dаn ko’p miqdоri geterotsiklik birikmаlаrdir. Hаlqаdа turli хil gеtеrоаtоmlаrning bo’lishi mоddаning o’zigа хоs kimyoviy хоssаlаrni nаmоyon qilishigа оlib kеlаdi.
Yapоniyadа bo’lib o’tgаn оrgаnik kimyo bo’yichа VII Хаlqаrо kоngrеssdа kеyingi yillаrdаgi ilmiy izlаnishlаrning аsоsiy yo’nаlishi geterotsiklik birikmаlаrni o’rgаnishgа bаg’ishlаngаn bo’lib, chоp etilgаn mаqоlаlаrning аsоsiy qismi shu birikmаlаrgа tеgishli ekаnligi qаyd etildi.
Halqasida C atomlaridan tashqari geteroatomlar (N, O, S, P, Se, B, Si...) bo’lgan organik birikmalar geterohalqali (geterotsiklik; heterocyclic) birikmalar deyiladi. Ular orasida tarkibida N, O, S atomlari tutgan geterotsiklik birikmalar keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Bu atomlarning oichamlari C atominikiga yaqin, sp3 va sp2 gibridlanish holatlarida valent burchaklari ham uglerod atominikidan kam farq qiladi. Ularning halqadagi -CH2- va -CH= guruhlar o‘rniga kiritilishi halqadagi kuchlanish va molekulaning geometrik tuzilishiga ham sezilarli ta'sir qilmaydi. Geterotsiklik birikmalar halqa nechta atomdan iboratligi, geteroatom tabiati, geteroatomlar soni, halqaning to‘yinganlik darajasiga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Kondensirlangan (tutash) halqali geterotsiklik birikmalar alohida sinfni tashkil etadi. Quyida 3,4,5 va 6 a’zoli monotsiklik geterohalqali biriktnalarga misollar keltirilgan:
Tarkibida N, O, S tutgan geterotsiklik birikmalar alkaloidlar, vitaminlar, antibiotiklar, tabiiy bo‘yoqlar, nuklein kislotalar, oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Hozirda ma’lum bo‘lgan tabiiy va sintetik organik birikmalarning 2/3 qismi geterotsiklik birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |