Shonazar Shoabdurahmonov 1923-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. U ko’p yillar davomida «O’zbek adabiy tili va o’zbek xalq shevalari» mavzuida ilmiy ish olib bordi va uni 1963-yilda doktorlik dissyertatsiyasi sifatida yoqladi.
Sh.Shoabdurahmonov. o’zbek tilshunosligining turli sohalari bo’yicha 60 dan ortiq ilmiy tadqiqot ishlari, maqolalar yozdi. U «O’zbek dialektologiyasi» (1959, V.V.Reshetov bilan hamkorlikda), «O’zbek dialektologiyasi» (1961, V.V.Reshetov bilan hamkorlikda), «O’zbek dialektologiyasi» (1978, V.V.Reshetov bilan hamkorlikda) darsligini nashr ettirdi.
Bolta Jo’raev 1928-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan. 1959-yilda «O’zbek tilining Shaxrisabz shevasi» bo’yicha nomzodlik dissyertatsiyasini yoqlagan. O’ndan ortiq shevashunoslikka oid ilmiy ishlari mavjud: «Shahrisabz shevasi» (1964) monografiyasi, «O’zbek adabiy tili va o’zbek dialektlari» (1963) broshyuralari shular jumlasidandir.
Mustaqim Mirzayev 1912-yilda Buxoro shahrida tug`ilgan. 1952-yilda «O’zbek vaqtli matbuotida sovet-baynalminal so’zlar» nomli nomzodlik dissyertatsiyasini (Reshetov rahbarligida) himoya qilgan bo’lsa, 1963-yilda «O’zbek tilining Buxoro gruppa shevalari» nomli doktorlik dissyertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi. 1969-yilda shu nomli monografiyasi e`lon qilindi.
Mustaqillik yillarida o’zbek xalq shevalarini o’rganishga e’tibor ancha kuchaydi. Buning o’ziga xos qator ijtimoiy-siyosiy sabablari mavjud. O’zlikni anglash, tarixni chuqur bilish, adabiy tilni taraqqiy ettirish, uning leksik tarkibini ichki manba asosida boyitish zaruriyati sheva xususiyatlarni atroflicha tadqiq etishni talab etmoqda. Shu bois so’nggi yillarda tilshunos olimlarimiz tomonidan o’zbek xalq shevalarini o’rganishga oid salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ular jumlasiga N.Rajabovning “O’zbek shevashunosligi” darsligi, K.Nazarovning “O’zbek xalq shevalarida egalik affikslari”, N.Murodovaning “O’zbek tilining Navoiy viloyati shevalari” nomli doktorlik va R.Yo’ldoshevning “Toshhovuz viloyatidagi o’zbek shevalarining leksik xususiyatlari” nomli nomzodlik dissyertasiyalarini misol qilib keltirish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1. O’zbek dialektologiyasi fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ?
2. Sheva, dialekt, lahja atamalari haqida ma‘lumot bering.
3. Dialektologiya fannning o’rganish obyektini ayting ?
4. Shevalar qaysi usullar asosida o’rganiladi?
5. Adabiy til va sheva nima, ularning munosabatini aytib bering.
6.XX asirning boshlarida o`zbek shevalarining o`rganilish holati haqida so’zlab bering?
7.Shevashunoslikning o`tkan asr 60-90-yillardagi revojlanishi holati haqida nimalarni bilasiz?
8.Shevashunoslik fanining istiqloldan keyingi davrdagi taraqqiyoti holati haqida so’zlab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |