15
Naturaviy sinashlardan ilgari o’tkazilgan laboratoriya sinovlarida konstruktsiya
elementlarining mustahkamlik ko’rsatkichlari aniqlandi, datchik (uzatkich)lar sozlandi
va texnik shartlarga muvofiq ravishda elementlarga yopishtirilib chiqildi.
Dinamik
sinashlar jarayonida tebranish uyg’otuvchi manba sifatida vibratsion mashinadan
foydalanildi. TSNIISK tipidagi strukturaviy konstruktsiya (tomyopma)ning sinovlari to
konstruktsiya buzilgunga qadar davom etdirildi
(1.2 – rasm)
.
b)
a)
1.2 – rasm. TSNIISK rusumli tomyopmani dinamik kuchga sinash:
a – V – 2 rusumli vibratsion mashinaning umumiy ko’rinishi; b – konstrutsiyaning
buzilgandan keyingi holati.
Dinamik sinovlar natijalarini qayta ishlash jarayonida ob’ektlarning
xususiy
tebranish davrlari, shakllari, tebranishlarning so’nish dekrementlari, inertsion kuchlar
aniqlandi va hisobiy seysmik kuchlar bilan taqqoslandi. Sinov natijalariga asoslangan
holda strukturaviy tomyopma konstruktsiyalarini hisobiy seysmikligi 7, 8 va 9 balli
zonalarda ham qurish mumkinligi to’g’risida aniq xulosaga
kelindi va shunga oid
tavsiyanoma ishlab chiqildi. Gazli (1984), Qayroqqum (1986) va Armaniston (1988)
zilzilalari strukturaviy konstruktsiyalarning haqiqatdan ham zilzilaga bardoshli
ekanligini amalda tasdiqladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchli zilzilalar sodir bo’lishi
mumkin
bo’lgan seysmoaktiv xududlarda ham qavatlar soni oshirilgan ( 9 - 16 va undan
ortiq qavatli) binolar ko’plab qurila boshladi. Ma’lumki bunday binolarda asosiy
vertikal transport vositasi liftlar hisoblanadi. Biroq achinarli yeri shundaki, zilzilaviy
xududlarda qo’llaniladigan lift konstruktsiyalari zilzilasiz zonalarda qo’llaniladigan
liftlardan yaqin-yaqinlargacha farq qilmay keldi. MDH davlatlari va respublikamizda
80 yillarga qadar lift uskunalarining zilzilabardoshligi to’g’risida
ilmiy-tadqiqot va
konstruktorlik ishlari olib borilmagan. Xattoki sodir bo’lgan zilzila oqibatlarini tahlil
16
qilishga bag’ishlangan ishlarda ham liftlar holati e’tibordan chetda qolib kelgan. Kuchli
zilzila oqibatlarini tahlil etishga bag’ishlangan adabiy manba’larda (AQSH, Yaponiya)
lift uskunalarining zilzila ta’siriga bardoshsiz ekanligi ta’kidlanadi. Bunday holat 1986
yilgi Karpat va 1988 yilgi armaniston zilzilalarida o’z tasdiqini topdi. SHunga ko’ra lift
uskunalarining zilzilabardoshligini ta’minlashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar
dolzarb masalaga aylandi. O’sha yillar Toshkent arxitektura-qurilish
institutining
Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi kafedrasida lift uskunalarining
zilzilabardoshligi yo’nalishida bir qator nazariy va eksperimental
ishlar olib borildi,
olingan natijalar asosida tavsiyanomalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: