Videokarta.
Monitor bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib asosiy
vazifasi, monitor ekranidagi tasvirlarni maxsus signallar orqali mashina kodlariga aylantirib
kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi shunday kodlarni tasvirlarga
aylantirib monitor ekraniga uzatishdir.
Asosiy ko’rsatkichlaridan biri – videoxotiralarining (VideoRAM ning) sig’imidir.
Bundan
tashqari, ikki o’lchovli (2D) va uch o’lchovli (3D) tasvirlar bilan ishlay olish
xususiyatlari bilan ham farqlanadi.
Audiokarta.
Audiokolonkalar bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib
asosiy vazifasi, mikrofondan kiritilayotgan ovozli ma’lumotlarni
maxsus signallar orqali
mashina kodlariga aylantirib kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi
shunday kodlarni ovoz to’lqinlariga aylantirib aylantirib audiokolonkalarga uzatishdir.
Aktiv va passiv audiokartalarga bo’linadi. Bundan tashqari, bir o’lchovli (mono), ikki
o’lchovli (stereo) va uch o’lchovli (hajmiy) ovozli ma’lumotlar bilan ishlay olish
xususiyatlari bilan ham farqlanadi.
Monitor.
Videokarta bilan bitta tizimni tashkil qilib, foydalanuvchining kompyuter bilan
muloqot qilishiga xizmat Qiluvchi asosiy vositadir. Chunki, foydalanuvchining kompyuterga
atalgan barcha ma’lumotlari hamda buyruqlari ham, kompyuterning foydalanuvchiga atalgan
ma’lumotlari ham, kompyuterning ishlash jarayonini aks ettirib boruvchi ma’lumotlar ham
aynan shu qurilmaning ekranida aks etib boradi. Bu jarayonlar, shunday qulay va ko’rgazmali
tarzda kechadiki, foydalanuvchida u bilan kompyuterning boshqa
qurilmalari emas faqat
monitor ishlayotgandek taasurot tug’iladi.
Elektron-nur trubkali, suyuq krisstalli va plazmali
monitorlar
monitorlar ishlab chiqarilgan. Hozirda, kelajak monitorlari -
biologik monitorlarni
yaratish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Klaviatura.
Kompyuterga ma’lumotlarni, buyruqlarni kiritishga xizmat qiluvchi qurilma
bo’lib, bu ma’lumot va buyruqlar uning maxsus tugmachalari (klavishlari) yordamida
kiritiladi.
Vazifalariga
ko’ra
klaviatura
tugmachalari
harfli
(harflarni
va
Vazifalariga ko’ra klaviatura tugmachalari
harfli (harflarni va imloviy belgilarni kiritish
uchun), raqamli-belgili (raqamlarni hamda maxsus belgilarni kiritish uchun), funksional
(ayrim amallarni bajaruvchi buyruqlarni kiritish uchun), maxsus (maxsus buyruqlarni
kiritish uchun) va Windows tugmachalari (Windows buyruqlarini kiritish uchun)
kabi
guruhlariga bo’linadi
.
Eng ko’p
tarqalgan turlari oddiy, ko’p funksionalli, ergonomik,
infraQizil, radio va elastik klaviaturalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: