Standart - standartlashtirish bo’yicha meyoriy texnik h’ujjat,
standartlashtirish obektiga nisbatan meyorlar, qoidalar, talablar majmuini
o’rnatadi va masoul nufuzli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilar: texnika taraqqiyotini
jadallashtirish, meh’nat unumdorligi va samaradorligini oshirish, mah’sulot
sifatini yaxshilash va uning maqbul darajasini taminlash, h’alq xo’jaligini
boshqarishni, tashkil etishni takomillashtirish va ishlab chiqariladigan
mah’sulotlarning ratsional tarkibini belgilash, loyih’alash va mah’sulot ishlab
chiqarishda ixtisoslashtirishni kengaytirish, ishlab chiqarish vositalaridan
ratsional foydalanish, moddiy va meh’nat resurslarini tejash, sog’liq va meh’nat
muh’ofazasini taminlash, xalqaro iqtisodiy-texnik va madaniy h’amkorlikni
rivojlantirish, umumjah’on andozalari bo’yicha raqobatbardosh tovarlar ishlab
chiqarishni va ular eksportini kengaytirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun standartlashtirish faoliyati quyidagi
vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi kerak:
mah’sulot, xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi
buyumlarning sifat tafsilotlarini kompleks standartlashtirish asosida tayyor
mah’sulot sifatiga nisbatan talablar o’rnatish;
mah’sulot sifat ko’rsatkichlari, sinash va nazorat qilish uslublari va
vositalarining yagona tuzumlarini ishlab chiqish;
mah’sulot maqbul sifatini taminlash, uning turlari, markalari va boshqa
ko’rinishlarining keragidan ortiqcha ko’p xilligiga barh’am berish maqsadida
loyih’alash va mah’sulot ishlab chiqarishda meyorlar, talablar va uslublar
belgilash;
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish, o’zaro almashuvchanlik darajasini oshirish, buyumlarni
ishlatish va tamirlash samaradorligini oshirishning muh’im sharti sifatida,
mah’sulot ishlab chiqarishda unifikatsiya (andozalashtirish)
ni rivojlantirish;
mamlakatda o’lchashlarning bir xilligini va to’g’riligini taminlash, yuqori
aniqlikda o’lchash uslublari va vositalarini takomillashtirish;
h’ujjatlar yuritishning yagona tizimini o’rnatish, shuningdek, fan va
texnikaning muh’im soh’alarida yagona atamalar
va belgilashlarni joriy etish;
meh’nat xavfsizligi va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash
soh’alarida standartlar tizimini o’rnatish.
Standartlashtirish katta xalq h’o’jaligi ah’amiyatiga ega. Amaliyotda
uchraydigan turli-tuman buyumlarni to’la-to’kis belgilangan ixcham turlarga
keltiradi, mah’sulot narxining jiddiy arzonlashishiga, meh’ant sarfining
kamayishiga, xom ashyodan yanada ratsional foydalanishga, mashina va
inshootlar
sifati,
uzoq
muddatga
chidamliligi
va
tejamkorligining
yaxshilanishiga olib keladi. Standartlashtirish talablaridan kelib chiqadigan
tadbirlar yalpi texnika va texnologiyani tez suroatda, keng ko’lamda joriy
etishga, ixtisoslashish va kooperatsiyaning, ommaviy ishlab chiqarish,
mexanizatsiya
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
avtomatlashtirishning
rivojlanishiga h’izmat qiladi, ishlab chiqarishni texnika taraqqiyotining yanada
yuqori pog’onasiga ko’taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: