1-ma’ruza. Kirish. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari. Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. Parazitizm va parazitlar haqida tushunchalar. Parazitizmni turli XIL shakllari



Download 52,52 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2022
Hajmi52,52 Kb.
#315753
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MA’RUZA. Kirish. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari.


1-MA’RUZA. Kirish. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari. Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. Parazitizm va parazitlar haqida tushunchalar. Parazitizmni turli xil shakllari (simbioz, mutualizm, kommensalizm, yirtqichlik).

reja:

1. Parazitologiya fаnining prеdmеti, maqsadi va vazifalari.

2. Parazitologiya fаnining rivоjlаnish tаriхi.

3. Parazitizm va parazitlar to‘g‘risidagi tushunchalar.

4. Parazitizmni turli xil ko‘rinishlari.

Birinchi sаvоl bаyоni:

Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hayvonlarda hamda o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hayvonlarni tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi, o‘ziga xos biologik va ekologik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o‘rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir.

Tirik organizmni o‘ziga xos xususiyati, bu uni tashqi muhit bilan bog‘liqligidir. Tirik organizmlar o‘rtasida biotik bog‘lanishlar murakkab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon bog‘lanishlari yotadi. Shu bog‘lanishlardan biri parazitizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlarni bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini bir ko‘rinisi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi.

Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, uni yuzaga chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bakteriya, zamburug‘) parazitlik qilib hayot kechirishga o‘tgan.

Yuksak o‘simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.

Umuman, parazitlarni o‘rganish ob’yektlariga ko‘ra tibbiyot parazitologiyasi veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga bo‘linadi.

Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish sikllarini o‘rganish bilan zoologiya fani shug‘ullansa, ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o‘rganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiqot usullariga tayanadi.


Download 52,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish