1-Ma'ruza. Kirish. "Materialshunoslik" fanini o'rganishdan maqsad va vazifalari. Reja


Materiallarni zamonaviy texnikadagi о‘rni



Download 1,09 Mb.
bet3/30
Sana26.02.2022
Hajmi1,09 Mb.
#473392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1-Ma\'ruza. Materialshunoslik

1.3. Materiallarni zamonaviy texnikadagi о‘rni.

Ma’lumki, yuqori ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar jamiyatidagina sanoatning turli tarmoqlari takomillashgan, texnika va texnologiya rivojlangan bo‘lib, sifatli va arzon, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish mezoni yuqori bo‘ladi.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri — xalq xo‘jaligining texnik- iqtisodiy taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iboratdir. Shundagina xalqimizning tobora o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la qondirish mumkin bo‘ladi. Bu borada mashinasozlik sanoatining roli g‘oyat katta. Chunki xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining taraqqiyoti mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham mashinasozlikning qay darajada rivojlanganiga qarab mamlakatlar qudrati haqida fikr yuritiladi. Ma’lumki, sanoatni zamonaviy, takomillashgan texnika va texnologiyalar bilan jihozlagandagina jahon andozalariga mos, ilg‘or mamlakatlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish bi­lan birga rivojlangan davlatlardagi zamonaviy texnologiyalarni, sarmoyadorlarning sarmoyalarini sanoatimizga keng jalb etishimiz lozim. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlariga asoslanish lozim.
Bu borada respublikamizda juda ko‘p ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlar sarmoyalari va mutaxassislari bilan birgalikda ilg‘or texnologiyaga asoslangan qator zamonaviy yirik qo‘shma korxonalar (Navoiy metallurgiya kombinati, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar) qurildi. Bu korxonalar muntazam ishlamoqda. Hozirda respublikamiz ilg‘or mashinasozlik sanoatiga ega bo‘ldik, neft, don mustaqilligiga erishdik. Ko‘plab sanoat korxonalari qurilmoqda. Lekin shu bilan birga xali qilina­digan ishlar ham ko‘p. Bu ishlarni bajarishda ma’naviyatli, o‘z kasbining mohir mutaxassislarini tayyorlash eng dolzarb muammolardan biridir.
Bu muammolarni xal etishda respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturi va «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, zamonaviy takomillashgan sanoatni mashina, mexanizm, apparat va priborlarsiz tasavvur etib bulmaydi. Shunday ekan, bilamizki ular ayrim qismlardan, qismlar esa detallardan yig‘iladi. Ular turli sharoitda (muhit va bosimda) ishlaydi. Shu boisdan ularni loyihalashda loyihachilar texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion talablarni hisobga olgan holda materiallarni tanlashlari, texnologlar esa ularni tayyor­lash usullarini oqilona belgilashlari lozim. Shundagina qo‘yilgan talablarga javob beradigan, puxta, ko‘rkam, sifatli va belgilangan muddatda, meyorida ishlaydigan mashina, mexanizm, apparat va priborlarga ega bo‘linadi. Bulg‘usi bakalavrga bu boradagi boshlangich zaruriy bilimni «Materialshunoslik» fani o‘rgatadi.
«Materialshunoslik» fanida turli konstruksion materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy usullari, ular xossalarining turlicha bo‘lish sabablari o‘rganilishi bilan bir qatorda zarur xossaga ega bo‘lgan detallar tayyor­lash bilan bog‘liq texnologik jarayonlar ham o‘rganiladi.
Bu fan fizika, kimyo va boshqa fanlarga asoslangan bo‘lib, talabalarning texnologik saviyasini kengaytirish bilan birga maxsus tex­nologik fanlarni o‘rganishda poydevor bo‘ladi. Shuning uchun kelgusida o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘luvchi har bir talaba bu fanni qunt bilan o‘rganmog‘i zarur.
Metall va nometall materiallarning strukturasi, xossalari va tarkibiy jihatdan o‘zaro bog‘lanishini va fizik, mexanik, kimyoviy, elektromagnit va radiaktiv ta’sir natijasida ularning qonuniyatlarini o‘zgarishini o‘rganadigan fanga materialshunoslik deb ataladi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish