1-Ma’ruza. Kirish. Loyixalash bosqichlari. Texnik topshirik (TT) (4 soat)


-ma’ruza. Mashinalarni loyihalash uslubi (4 soat)



Download 3,03 Mb.
bet6/47
Sana13.06.2022
Hajmi3,03 Mb.
#663713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
ALTA ma\'ruza (1)

4-ma’ruza. Mashinalarni loyihalash uslubi (4 soat)


Reja:
1.Boshlang’ich ma’lumotlar
2.Konstruktsiyalarni tanlash
3.Konstruktsiya variantlarini tanlash


1.Boshlang’ich ma’lumotlar.Loyihalash uchun quyidagilar boshlang’ich ma’lumot bo’lishi mumkin: buyurtmachi tomonidan berilgan mashinaning ishlash sharoitni va jarayoni o’lchamlarini belgilaydigan texnikaviy topshiriq (ilmiy) konstruktorlar guruxi yoki loyiha tashqilotlari tomonidan ilgari surilgan texnikaviy topshiriq, ilmiy tadkikod yoki uning tajriba natijalari asosida yaratilgan na’munaviy mashina, ixtirochilik taklifi yoki uning tajriba natijalari asosida yaratilgan na’munaviy mashina, kuchirish yoki o’zgartirishlar bilan ishlab chikariladigan xorijiy mashina .
Birinchi xodisa ko’prok umumiy bo’lib loyihalash jarayonida kuzatish mumkin. Texnikaviy topshiriqlarga tankidiy nazardan yondashish kerak, konstruktor mashina ishlaydigan soxani yaxshi bilishi lozim. U topshiriqni tekshirib kurishi va kerak bo’lsa o’zgartirishlar kiritishi lozim.
Tankidiy yondashish buyurtmachi alohida zavod yoki sanoat tarmogi bo’lsa juda zarurdir, chunki buyurtmachining talablari ni kondirishdan tashqari, loyihalangan mashinani boshqa zavod va kushni tarmoqlarda ham kullanilishini ta’minlash kerak.
Loyihalash boshlanishidan mashinani ishlab chiqarishdan kullangungacha qandaydir vaqt o’tishini har doim ham xisobga olavermaydi. Ayniqsa mashina murakkab bo’lsa vaqt shuncha ko’p ketadi. Bu davr quyidagi bosqichlardan tashqil topgan. Loyihalash tayyorlash, zavod sinovi,sanoat sinovi, davlat sinovi va kabul. Keyin texnikaviy xujjatlar tayyorlanadi ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashqil qilish.
Katta kamchilik va chalkashliklar yuzaga kelmasa bu jaryon bir yarim, ikki yil davom etadi. Ba’zan loyiha boshidan keng ishlab chiqarishgacha ikki - uch yil va xatto undan ham ko’prok vaqt kerak bo’lishi mumkin. Texnika progressining xozirgi jadallashda bu juda katta vaqt xisoblanadi.
Konstruktiv kabulovchanlik deb avvalgi mashinalarning barcha avzalliklarini yangi loyihalayotgan mashinaga kiritish tushuniladi.
Sanoatda to’xtovsiz takomillashishi jarayoni davom etadi, mahsulot xajmi ortadi, ishlab chiqarish davri kiska-radi, yangi texnologik jarayonlar paydo bo’ladi, chiziklar komponovkasi va jihozlar joylashuvi o’zgaradi, ishlab chikarishni mexanizatsiya va avtomatizatsiya darajasi usmokda. SHunga mos ravishda mashina ko’rsatkichlari, unumdorligi va avtomatizatsiya darajasida kuyiladigan talablar ham olib borilmokda. Ba’zi mashinalar engil texnologik jarayonlar yuzaga kelishi bilan kerak bo’lmay kolayapti ya’ni mashina yoki eskizi tubdan o’zgartirilishiga extiyoj tugilmokda.
Sanoatning biror tarmogiga mo’ljallangan mashinalarni loyihalashdan avval bu sharoit yaxshi bo’lishi kerak.
Mashina o’lchamlarini tanlashda ishlaydigan sharoitni xisobga olish zarur. Masalan, ish unumdorligini ixtiyoriy ravishda oshirish mumkin emas, chunki kushni jihozning ish unumdorligi etarli bo’lmasligi mumkin.
Mashina o’lchamlarini sxemasini va konstruktsiyasini tanlashda mashinaning iqtisodiy samaradorligini oshirish-ni belgilaydigan faktorlar konstruktorning dikkat markazida bo’lishi lozim yuqori ish unimdorligi energiya iste’moli va xizmat ko’rsatish harajatlari kam bo’lishi foydalanish harajadlarini kamligi va uzoq vaqt kullanishi. Mashina sxemasini bir necha variantlarini barobar taxlil qilish orqali tanlab olinadi. Bunday konstruktsiyalarni maqsadga muvofiqligi kinematik va kuch sxemalarini mukammalligi tayyorlash narxi energiya sarfi, ishchi kuchi sarfi ishonchligiga o’lchamlari metal sarfi va og’irligi, texnologiyalash, agregatlash darajasi xizmat ko’rsatishnining qulayligi, yig’ish ajratishning qulayligi, tuzatish va sozlash osonligi solishtiriladi.
Eng sinchkov kidiruvlardan keyin har bir talablarga tulik javob beradigan echim, topib bo’lmaydi. Kusurlarsiz variant amalda juda kam bo’ladigan omad. Gap topkirlikning etishmasligida emas. Tashqi talablarning qarama-qarshiligidandir. Bunday xollarda kompromiss echimga kelishish kerak va muhim ahamiyatga ega bo’lgan echimdan voz kechishga to’g’ri keladi. Ba’zi xollarda afzalliklari ko’p bo’lgan echimdan voz kechishga to’g’ri keladi. Ba’zi xollarda avzalliklari ko’p bo’lgan mashinani emas, balki kamchiliklari oz bo’lgan variantni tanlashga to’g’ri keladi.
2.Konstruktsiyalarni tanlash. Mashina parametrlarini, asosiy sxemasi va konstruktsiya turini tanlashda mashina iqtisodiyligini aniqlovchi faktorlar dikkat markazida bo’lishi kerak , yuqori foydali ishi, kam energiya istemoli va xizmat ko’rsatishga kam harajatliligi, ishlatishga qulayligi hamda kullanishi uzoq muddatligidir.
Loyihalanayotgan mashina sxemasini bir nechta variantlarini paralel xolda ishlash yo’li bilan tanlanadi.
Bunda ishlangan variantlarni konstruktiv muvofiqligi, kinematik va kuch sxemalarini, tayyorlash narxini ishchi kuchlariga harajatlarini, harakat ishonchliligi gabaritlari, metall xajmi va og’irligi, texnologiyaviyligi, agregatlanish darajasi, mehnat ko’rsatish qulayligi, sozlash kabilarni chukur solishtirish bilan tanlanadi.
Sxema kay darajada kelgusi rivojlantirishni, mashinani ishlab chikarilayotgan mashina va modellari asosida yangi zamonaviy modellar yaratishni aniqlab borish kerak . Sxema va agregatni asosiy parametrlarini tanlan-ganidan sung, eskiz sungra ishchi kompanovka ishlanadi. Bulani eskiz texnik va ishchi loyihalar asosida bajariladi.
3. Konstruktsiya variantlarini ishlash. Variantlarni ishlash-bu konstruktorni moyilligi emas, balkim qulay ratsional echimni kidirish loyihalash usulidir.
Loyihalash va variantlarni solishtirish taxlili uchun misol tarikasida Mashinasozlikda ko’p uchraydigan tishli uzatma uzelini olish mumkin (rasm 2). Amalda tishli g’ildiraklarni umumiy korpusga konsolli urnatilgan reduktorlar konstruktsiyasi (rasm 2a) keng kыlamda qo’llaniladi. Bunday reduktorni afzalliklari quyidagicha; tishli g’ildiraklarni vallari bir korpusda joylashgan, bu bilan tishli g’ildiraklarni uzaro aniq joylashtirish ta’minlanadi. G’ildiraklar bilan ishlash kopkok olinib lyuk orqali bajariladi.
Konstruktsiyani boshqa variantida (rasm 2 b) tishli g’ildiraklarni oralik vtulkalarda urnatilgan, bu bilan kichik shesteriyani yig’ish uchun diametrini kattalashtirishga imkon yaratiladi. Bundan tashqari sozlovchi bo’lish , bunda uzelni tulik ajratish bartaraf etiladi.SHaybani almash-tirish uchun boltlar bushatiladi va oralik vtulka kerakli kattalikka siljitiladi xolos.
Rasm 2 v. da keltirilgan konstruktsiyada g’ildiraklar ajraluvchi korpuslarda urnatilgan. YUqoridagi konsturktsiya afzalliklari bu konstruktsiyada ham saklangan, ammo asosiy korpus mustaxkamligi bir muncha past.
Reduktor dum qismiga katta tishli g’ildirak (rasm 2 g) yuqoridan urnatilsa, u xolda konstruktsiya yomonlashadi. Bunday mexanizmni yigilgan xolda kurish mumkin emas, u xolda mexanizm bir butunligi bo’ziladi.
Ilashmani sozlash g’ildirakni bir necha bor urnatib, echib kraskaga tekshirish bilan amalga oshiriladi.
Rasm-2.d.da keltirilgan konstruktsiyada tishli g’ildiraklar ajraluvchi korpusga urnatilgan. Bu konstruktsiya boshqa konstruktsiyalardan yig’ish soddaligi va mexanizmi qulayligi bilan fark qiladi.
Ajraluvchi korpusni butun korpuslarga nisbatan tayyorlash ancha murakkabdir. Avval birlashuvchi yuzalarga toza ishlov berish kerak. YArim korpusni shtiftlar yordamida urnatilib, sungra birgalikda yigilgan xolatda podshipnik-larni urnatilauvchi yuzalarga ishlov berish kerak. Birlashgan yuzalar orasida prokladkalarni qo’llash mumkin emas, aks xolda teshikni tsilindrligi bo’ziladi.
Reduktor korpusi oxirgi variantini tanlash, uni qo’llash va o’rnatish sharoitiga bog’liqdir. Bularga 2.a va v–rasmlardagi konstruktsiyalar to’la javob beradi.



Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish