1-Ma’ruza. Kirish. Loyixalash bosqichlari. Texnik topshirik (TT) (4 soat)



Download 3,03 Mb.
bet1/47
Sana13.06.2022
Hajmi3,03 Mb.
#663713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
ALTA ma\'ruza (1)


1-Ma’ruza. Kirish. Loyixalash bosqichlari. Texnik topshirik (TT) (4 soat)
Reja:
1.Kirish. Loyiha, loyixalash tushunchalari, loyihalash bosqichlari
2. Texnik topshirik (TT). TT ni tuzish, asosiy bulimlari, boskichlari
3.TTni tuzish xollari va me’zonlari
1. Hozir Respublikamizda traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodlari, ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurolari va juda ko’p ilmiy tadqiqot institutlari yangi mashina va mexanizmlarni yaratish borasida unumli faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Texnologik mashinalarni ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash uchun Respublikamizning turli hududlaridagi tabiiy iqlim sharoitlarini xisobga oluvchi ilmiy asoslangan mashinalar tizimi yaratilgan, traktorlar va mashinalar har besh yillikka tuziladiigan mashinalar tizimi asosida yaratiladi.
Qishloq xo’jaligida deyarli barcha ishlar, jumladan, yer xaydash, tekislash, tuproqni ekin ekishga tayyorlash, o’g’itlash, parvarishlash, xosilni yig’ish mexanizatsiyalashtirildi. Chunonchi dexqonchilikda industrial texnologiyani joriy etish uchun serunum texnikalar turkumi yaratilmoqda; kuchli, tezkor traktorlar, keng qamrovli va tezkor mashina – qurollar unifikatsiya kilinmokda va universallashtirilmoqda, sifati va puxtaligi oshirilmokda. Texnologik mashinalarni metall sig’imini kamaytirish, ekspluatatsoin ko’rsatkichlarni yaxshilash ishlari olib borilmokda; gidravlik va elektr yuritmalar, avtomatik boshqarish vositalari ishlab chiqarishga joriy etilmokda. Ayniqsa, er ishlashda bir o’tishda bir necha jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kompleksi yaratish ishlari davom ettirilmokda.
Loyihalash – taklif etilgan bulajak ob’ektning loyihasini, yangi prototipini, timsolini yaratish jarayonidan iborat. Loyihalash jarayonida tizimlar va ularni tashqil etuvchi elementlarni strukturasi hamda ishlashga oid ma’lu-motlar, jumladan, ular keltiradigan foyda, ishlatishga sarflanadigan harajatlar, ularni mehnat unumdorligi, puxtaligi, chidamliligi va boshqa ma’lumotlar beriladi.
Texnologik mashinalarni vazifasi, energetika manbaiga ulanish usuli: ishlov beriladigan ob’ektga nisbatan klassifikatsiyalanadi.
Texnologik mashinalar vazifasiga ko’ra; traktorlar erga ishlov berish, ekinlarni ekish, parvarish qilish, xosilni yig’ishtirish mashinalari; traktor va o’zi yurar shassiga birlashtirish usuliga qarab, tirkalma, urnatma, yarim urnatma, o’ziyurar mashinalar; ishlov beriladigan ob’ektga nisbatan vaziyatga qarab mobil (dalada harakatlanuvchi) va statsionar (bir joyda kuzgalmas) mashinalar turlariga bo’linadi.
Bir yoki bir nechta ishni bir vaqtni o’zida bajarishga mo’ljallangan ish mashinalari bilan energiya manbaini yig’indisi qishloq xo’jalik agregati – deyiladi. Mobil agregat energiya manbai – traktor (o’zi yurar shosse) va mashina – quroldan tuziladi. Bu mashina – traktorli agregat -deb ataladi.
Mashinalar kompleksi - deyilganda sanoatning barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha rejalashti-rilgan barcha jarayonlarni yil davomida maqbul agrotexnika muddatlarida kam mehnat va mablag’ sarflab bajara oladigan qishloq xo’jalik mashinalari yig’indisiga tushuniladi.
Qishloq xo’jaligi mashinalari tizimi - deganda Respublikamizning barcha tabiiy – iqlim zonalarida turli ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish uchun to’plamlar to’zishga imkon beradigan, turli ishlarni bajaruvchi mashi-nalarni ratsional turkumiga tushuniladi.
Agrotexnik, tabiiy, tuproq – iqlim, texnologik va boshqa omillarga ko’ra quyidagi mashinalar tizimi mavjud:
-qishloq xo’jaligini ayrim tarmoqlari tarmoq mashinalari tizimi;
-ayrim qishloq xo’jaligi ekinlari (paxta, makkajo’xori, kartoshka va boshqalar) etishtirish mashinalari tizimi;
-mazkur iqlim xududidagi ishlab chiqarish jarayon-larini kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun xudud mashinalari tizimi;
-mazkur xudud uchun o’ziga xos bo’lmagan yoki turli xududlarga taallukli ayrim qishloq xo’jaligi korxonalari uchun mashinalar tizimi;
-maxsus ishlarni bajarish – shamol va suv erroziyasiga qarshi ko’rashish, adirlar hamda ortiqcha nam erlarni ishlash mashinalari tizimi.
YAngi mashinalar xalq xo’jaligining talablari asosida yaratiladi, yangi mashinalarni va ularni ish organlarini yaratish, sinashda agrotexnika talablari, shuningdek yangi mashinani yaratishga oid texnik topshiriq va uning qishloq xo’jalik ishlarini kompleks mexanizatsiya-lashtirishga karatilgan mashinalar tizimidagi o’rni, asosiy xujjat bo’ladi.
2. Texnologik mashinalarlarni loyihalashda texnik talablarga mashinaning vazifasi, parametrlari, bajarila-digan ishlar tavsifi va uni bajarish sifati; mashina ishlatiladigan xudud, zona; ishga tayyorlik koeffitsienti; mashinaning boshqariluvchanligi, xizmat muddati va umumiy texnik tavsifi kiradi.
Ekspulatatsion talablarga; ishlov beriladigan ekin, tuproq tavsifi, ish sharoitlari, ishni bajarish qulayligi, ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar soni kiradi.
Iqtisodiy talablarga mashinaning puxta ishlashi, unumdorligi, yonilg’i sarfi, ishlov berilgan mahsulotni nobud bo’lish darajasi kiradi.
Ishlab chiqarish talablariga mashinaning vazni, uni ishlab chiqarish kulami, tayyorlashdagi mehnat sarfi, uni tannarxi kiradi.
Texnik topshiriqda quyidagilar ko’rsatiladi:

  1. YAngi mashina bilan almashtiriladigan eski mashinani tipi;

  2. YAngi mashinani qanday maqsadda yangilanayot-ganligi, qanday ishlar va zonalarda kullanishi, yaqin kelajak 10 yil ichida talab etiladigan soni, mashinaning avtomat qurilmalari bilan jihozlanganligi, yuritma turi, ixcham va shinamligi, boshqarishga qulayligi.

  3. Podshipniklar, moylash usullari, materiallar, yig’ish shartlari va xavfsizlik texnikasi.

  4. Ekspluatatsion afzalliklari (unumdorlikni oshishi, mehnatni engillatishi, mahsulot sifatini oshishi).

  5. Mashinani ishlab chiqarish va ishlatishni iqtisodiy samaradorligi (F.I.K. ni oshishi, massa va gabaritlarni, energiya, yonilg’i, materiallar sarfini kamayishi, mashinalar tayyorlashning iqtisodiyligi).

  6. Sotsial va estetik talablar, ya’ni ishlatish xavfsizligi, zamon talablarini koniktiruvchi konstruktiv shakllar, estetik jixatdan bazasi.

Texnik topshiriqda yuqoridagilardan tashqari, eskiz, texnik va ishchi loyihalarni bajarish, mashinani tajriba nusxasini tayyorlash muddatlari ham ko’rsatiladi.
Zavod to’g’risidagi talab etiladigan ma’lumotlarda mashina – analoglarni ishlab chiqarish natijalari, detallarni tayyorlash, uzellarni yig’ish, joylash, jo’natish usullari; zavod standartlari, texnologik uskunalar, ishlab chiqarish maydonlari, ishchilar malakasi ko’rsatiladi.
Texnik topshiriq buyurtmachining talablariga, ya’ni mashina loyihasini to’zish, uzlashtirish to’g’risidagi buyutmasiga muvofiq tuziladi. Texnik taklif mashina loyihasini to’zishga oid konstruktorlik takliflari yig’indisidan iborat. Taklifni to’zishda buyumni turli texnik va konstruktiv variantlari aniqlanadi; variantlarni patentga layokatliligi, rakobatbardoshliligi; xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga muvofiqligi tekshiriladi; maqbul variant tanlanadi va loyihalashning navbatdagi bosqichlarida bajariladigan ishlar to’qri belgilanadi. Texnik taklifga mashinaning umumiy ko’rinish chizmasi, texnik takliflar vedomosti, xisob tushuntiruv yozuvi kiradi. Bular tasdiqlanganidan keyin mashinaning eskiz (texnik) loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
3. Eskiz loyihasini to’zishda quyidagi ishlar bajariladi; turli variantlarni konstruktiv sxemalari tuziladi; mashinani ishlash printsipini tekshirish maqsadida, uni maket nusxalarini tayyorlash va sinash masalalari xal etiladi; mashinani tayyorlash texnologik jarayoni ishlab chiqiladi; boshqa korxonalarda tayyorlanishi lozim bo’lgan detallar, materiallar va qismlarga oid talablar, navbatdagi bajariladigan ishlar ruyxati tuziladi. Eskiz loyiha texnik loyihani yoki konstruktorlik ishchi xujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.Texnik loyiha mashinani tuzilishi to’g’risida tulik tasavvur beruvchi texnik echimlardan va ishchi xujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’ladigan boshlang’ich ma’lumotlar yig’indisidan iborat. Texnik loyihani to’zish jarayonida mashinani optimal varianti tajriba nusxalarini sinash natijalariga asoslanib tanlanadi; texnologik parametrlari aniqlanadi; muhim detallar mustaxkamlik va puxtalikka xisoblanadi; mashinani texnik topshiriq talablariga muvofiqligi, tayyorlashni qulayligi va murakkabligi, boshqarish usullari, uni tashish va ishlatiladigan joyda montaj qilish va ishlatish qulayligi, ta’mirlashni maqsadga muvofiqligi, sotib olinadigan detal va materiallar ruyxati, detallar va uzellar chizmasi va boshqalar tayyorlanadi.Konstruktorning vazifasi xalq xo’jaligi talablariga to’la javob beradigan, iqtisodiy samarali, yuqori texnik – iqtisodiy va ekspluatatsion ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mashina yaratishdir. Bosh ko’rsatkichlarga yuqori unumli, tejamlilik, mustaxkamlik, ishonchlilik, kichik massa, metall sarfini kamligi, o’lchamlar, quvvat sarfi, ta’mirlash ishlarini xajmi va narxi, xizmat ko’rsatishni soddaligi va xavfsiz-ligi, boshqarishni qulayliklari kiradi.

Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish