8-MA`RUZA.Parmalash va frezalash stanoklari uchun moslamalar.
Ma`ruza rejasi:
1.Parmalash dastgoqlarida ishlatiladigan moslamalar turlari.
2.Konduktor vtulkalari va ularning ishlatilish soqalari.
3.Konduktorlar tiplari.
4.Almashuvchi vtulkalar.
5.Tez almashuvchi vtulkalar.
6.Konduktor vtulkalari uchun o`tqazmalar.
7.Konduktor vtulkalarining ishlatilishi va xizmat muddati.
8.Ustama konduktorlar va ularning ishlatilishi.
9.Skalkali konduktorlar, konstruktsiyasi va ishlatilish soqasi.
10.Konsol tipidagi konduktorlar.
Adabiyotlar:
1.Anserov M.A. Prisposobleniya dlya metallorejushix stankov.M.:Mashinastroenie,Leningradskoe otdelenie, 1975.-654 s.
2.Bolotin X.A.,Kostromin F.P.Stanochnie prisposobleniya.-M. : Mashinastroenie, 1973.-344 s
3. Stanochnie prisposobleniya:Spravochnik,V 2-x tomax/Pod red. B.N.Vardashkina,A.A.SHatilova.- M.:Mashinostroenie,1984,T.1.-592 s :T.2-640 s.
4.Belousov A.P.Proektirovanie stanochnix prisposableniy; M.:Visshaya shkola, 1980.-240 s.
Parmalash dastgoqlarida konduktor vtulkalari, konduktor plitalari, ustama konduktorlar, skalkali konduktorlar, qamda universal moslamalar bo`lgan iskanjalar ishlatiladi.
Konduktor vtulkalari. Bu vtulkalar detallarni parmalash, agregat va kesib kengaytirish dastgoqlarida teshiklarga ishlov berishda kesuvchi asbobni yo`naltirish uchun xizmat qiladi. Konduktor vtulkalari doimiy va almashtiriladigan bo`ladi.Vtulkalarning konstruktsiyalari va o`lchamlari standartlashtirilgan.
Doimiy vtulkalar bo`rtiqsiz (7.1a rasm ) va bo`rtiqli (7.1b rasm ) bo`ladilar.Vtulkalar konduktorning tanasidagi yoki konduktorga taranglik bilan presslanadi.
Bunday vtulkalar teshiklarga bir parma yoki zenker bilan IT 9 va IT 10 aniqlik kvaliteti bilan ishlov berishda kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Almashinuvchi konduktor vtulkalari bo`rtiqli qilib tayyorlanadilar va seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ishlatiladigan moslamalarda qo`llaniladi.
Tez olinadigan konduktorlar, konduktor vtulkalari bo`rtiqli qilib tayyorlanadi va N6 / g6 o`tqazma bilan konduktor 3 ning tanasi teshigiga presslangan doimiy vtulkalarga 2 o`rnatiladi.Vtulka 1 ning bo`rtiqida ikkita o`yiq bor: o`tib ketadigan 6 va o`tib ketmaydigan 7.
Konduktor vtulkalaridagi kesuvchi asbobni yo`naltiruvchi teshiklar val tizimidagi katta bo`lmagan zazorli o`tqazma bilan tayyorlanadi (h6 / g6).
Tana detallaridagi teshiklarga kesib kengaytirish dastgoqlarida ishlov berilganda skalkasini yo`naltirish uchun konduktor vtulkali moslamalar ishlatiladi.
Rasmda detalning 2 chuqurchasidagi teshikka ishlov berish uchun ishlatiladigan maxsus konduktor vtulkasi 1 ko`rsatilgan. 7e rasmda esadetal 2-tip tsilindrik yuzasidagi teshikka ishlov berish uchun maxsus konduktor vtulkasi.
Diametri 25 mm gacha bo`lgan konduktor vtulkalari po`latning U10A, U12A markalaridan tayyorlanadi va NRS 60-65 birlik qattiqligigacha toblanadi;teshigining diametri 25 mm dan katta bo`lganda esa po`latning 20-2x markalaridan tayyorlanib tsementlanadi va shu qattiqlikkacha toblanadi.
Konduktor vtulkalarining taxminiy ishlash muddati 12000-16000 parmalangan o`rtaча qattiqlikdagi kulrang cho`yandan tayyorlanadigan detallardagi diametri 10-20 mm bo`lgan teshiklarni parmalashda 10 mm yo`lga konduktor vtulkasining o`rtacha iznosning miqdori 3-5 mkm ni tashkil qiladi,po`latdan tayyorlanadigan deametrlarga -4-6 mkm va alyuminiydan tayyorlanadigan detallar uchun 1-2 mkm..
Kesuvchi asbobni konduktor vtulkalari bilan yo`naltirib detallarga ishlov berganda asbobning qizib ketib vtulkada qisilib qolishini oldini olish uchun sovutish suyuqligini qo`llash kerak.
Konduktor plitalar.Ular teshigiga konduktor vtulkalarini o`rnatish uchun xizmat qiladi.Moslama tanasiga biriktirish usuliga qarab konduktor plitalari doimiy aylanadigan,echib olinadigan,osilib turadigan va ko`tariladiganlarga bo`linadi.
Doimiy plitalar moslama tanasi bilan bir qilib tayyorlanadi yoki payvandlash yo`li bilan yoki vint bilan qattiq qilib maqkamlanadi.Buraladigan plitalar detalni qo`yishda va olishda moslama tanasiga nisbatan o`qqa aylanadi .Echib olinadigan plitalar moslama tanasidan aloxida tayyorlanadi.Detal moslamada maqkamlanadi;echib olinadigan plita o`rnatiladi,ishlov berilgandan keyin esa echib olinadigan plitani tushuradilar.
Osilib turadigan konduktor plitalari ikki chetidagi teshiklari bilan yo`naltiruvchi skalkalarning pastki qismiga o`rnatilib gayka bilan maqkamlanadilar.Skalkalarning yuqorigi uchlari ko`p shpindellи parmalash kallagi tanasiga preslangan vtulkaning teshigiga erkin kiradi.Parmalash kallagi stanok shpindelli gilzasiga maqkamlangan.Ko`tariladigan konduktor plitalarining chetlarida ikkita teshiklari bo`lib ular bilan ikkita yo`naltiruvchi skalkalarning uchiga o`rnatiladiva gaykalar bilan maqkamlanadi.
Yo`naltiruvchi skalkalar pastki uchi moslamaning tanasidagi teshigiga kiradi.Yo`naltiruvchi skalkalarning ko`tarilish va tushirilishi pnevmoyuritgichdan qo`l bilan amalga oshiriladi.
Konduktor.Parmalash dastgoqlarida ishlov beriladigan detallarni o`rnatish uchun xizmat qiladigan kesuvchi asbobni yo`naltiruvchi konduktor vtulkasi bo`lgan moslamalar konduktorlar deyiladi.Konduktorlarning : ustama,statsionar qo`zqaluvchi va buraluvchilari bo`ladi.
Ustama konduktorlar .Bunday konduktorlar bevosita ishlov beroiladigan detalga o`rnatiladi va ishlov berilgandan keyin deteldan tushiriladi.
Skalkali konduktoralar. Skalkali konduktoralarning kontsul konsul yoki normal tiplari parmalash stanoklarida qar xil detallargaishlov berishda keng qo`llaniladi. Skalkali konduktoralarning doimiy doimiy uzellari quyidagilar:korpus doimiy konduktor plitasini maqkamlash uchun o`rnatiladigan va konduktor plitasini beriladigan detalni kesishda pastga va ozod qilishda yuqoriga siljitadigan mexanizmlardir.
Zavodlarda eng ko`p ishlatiladigan konduktorlar bu rekali -konusli mexanizmi bo`lgan va pnevmatiuk yuritgichi bo`lganlaridir.
Rasmda meerlashtirilgan konsol tipidagi pnevmatik yuritgichli skalkali konduktorlar kshrsatilgan.Konsul tipidagi skalkali pnevmatik konduktorlarning asosiy o`lchamlari standaotida (Dst 16889-71) berilgan.konduktor o`rtacha o`lchamdagi detallardagi teshiklarga ishlov berish uchun xizmaт qiladi.Konduktor tanasining pastki qismi pnevmotslindir.Unda shtok 3 bilan porshen 12 xarakat qiladi.Doimiy konduktor ikkita 5 yo`naltiruvchi skalkalar 2,4 va shtok 3-da o`rnatilgan .Konduktor plitaning pastki teshiklarida 10 almashinuvchi konduktor plita konduktor vtulkalari 5 bilan o`rnatiladiva maqkamlanadi.
Almashinuvchi naladka moslama korpusi stolining 2teshigiga joylashadi va ishlov beriladigan detalni o`rnatish va maqkamlash uchun xizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Parmalash stanoklarida ishlatiladigan moslamalar turlari q
2.Konduktor vtulkalari va ularning xizmat vazifasi nima q
3.Almashinuvchi vtulkalar va ularning ishlatilishi q
4.Tezal mashinadigan vtulkalar va ularining xizmat vazifasi q
5. Konduktor vtulkalari qanday materiallardan tayyorlanadiq
6. Konduktor vtulkalarining taxminiy xizmat vazifasi qancha q
7. Konduktor plitalariva ularning ishlatilish soxalari q
8.Doimiy plita nima q
9.Konduktor nimaq
10.Skalkali konduktorlar ularning ishlatilish soxasiq
Nazorat uchun savollar:
Konduktor, konduktor vtulkasi,tez almashinuvchi vtulka,skalkali konduktor,doimiy plitalar, konduktor plitasi,osilib turadigan plita,ko`tariladigan plita,echib olinadigan plitalar,aylanadigan plitalar.
9-MA`RUZA.Frezalash stanoklari uchun moslamalar.
Ma`ruza rejasi:
1.Frezalash dastgoqlarida ishlatiladigan moslamalar.
2.Mashina iskanjalari.
3.Universal ko`p o`rinli moslamalar.
4.Almashinuvchi naladkalar.
5.Naladkalarni moslamalarda o`rnatish.
6.Bo`lish kallaklari.
Adabiyotlar:
1.Anserov M.A. Prisposobleniya dlya metallorejushix stankov.-M.:Mashinastroenie,Leningradskoe otdelenie, 1975.-654 s.
2.Bolotin X.A.,Kostromin F.P.Stanochnie prisposobleniya.-M. : Mashinastroenie, 1973.-344 s
3. Stanochnie prisposobleniya:Spravochnik,V 2-x tomax/Pod red. B.N.Vardashkina, A.A.SHatilova.- M.:Mashinostroenie,1984,T.1.-592 s:T.2-640 s.
4.Belousov A.P.Proektirovanie stanochnix prisposableniy; M.:Visshaya shkola, 1980.-240 s.
Frezalash dastgoqlarining moslamalari stolining surilishi bo`yicha to`qri chiziqli qarakatli, doiraviy qarakatli va murakkab ko`chirib olish qarakatli moslamalarga bo`linadi.
Yordamchi vaqtni asosiy vaqt bilan birlashtirish darajasi bo`yicha moslamalar ikki guruxga bo`linadi:
1)detallarga ishlov berishda yordamchi vaqtni asosiy vaqt bilan birlashtirish mumkin bo`lgan moslamalar .
2) yordamchi vaqtni asosiy vaqt bilan birlashtirib bo`lmaydigan moslamalar.
Frezalash dastgoqlari uchun moslamalar universal -yiqiluvchan, universal-moslanuvchan, guruqlab ishlov beriladigan va maxsus bo`lishi mumkin.
Mashina iskanjalari. Mashina iskanjalari universal moslama qisoblanadi, qar xil shakl va o`lchamdagi detallarga ishlov berish uchun qo`llaniladi. Iskanjaning doimiy detallari va qar xil tipli o`lchamdagi detallarga ishlov berishda qo`llaniladigan lablari bo`ladi. Iskanjalar bir, ikki qarakatchan labli, suzuvchi labli bo`ladi. Iskanjalarda dastaki, vintli,e kstsentrikli, mexanizatsiyalashtirilgan, qavo bilan ishlovchi, suyuqlik bilan ishlovchi qisqichlar ishlatiladи.
Iskanjalarni aylanmaydigan, bir tekislikda aylanadigan, ikki, bir biriga perpendikulyar tekislikda aylanadigan qilib tayyorlaydilar.
Iskanjaning konstruktsiyasi bikr, tezkor va ishda qulay bo`lishi kerak. 8.2.Rasm da o`zi markazlovchi, ikki doimiy qarakatchan lablari 1 va almashinuvchi lablari 2 va 3 bo`lgan universal iskanja ko`rsatilgan. Bir uchida o`ng va bir uchida chap rezbasi bo`lgan vint buralganda iskanjaning lablari bir-biriga qarab qarakatga keladi yoki qrama- qarshi tomonga qarakatlanadi.
Rasmda ishlov beriladigan detallarning eng katta va eng kichik o`lchamlari ko`rsatilgan.
8.3.Rasm da universal aylanuvchi ikki tomonlama qarakatlanuvchi porshenli qavo yurituvchisи bo`lgan iskanja ko`rsatilgan. Iskanjaning qarakatsiz asosidagi teshikka pnevmotsilindr 11 o`rnatilgan.Unga esa ichi kovak aylanuvchi korpus 12 ga vintlar bilan maqkamlangan.Korpusga esa zolotnikli, navbatma-navbat qavoni pnevmatik tsilindrga yo`naltiradigan va chiqarib yuborish uchун xizmat qiladigan dasta maqkamlangan. Iskanjaning aylanuvchi tanasi 12-ning yuqorigi qismiga po`latdan yasalgan plita 5 maqkamlangan.Plitada va qarakatlanuvchan labi 1 da almashuvchan maxsus naladkalarni maqkamlash uchun bolt kallaklariga mo`ljallab T-simon ariqcha bor. Plita 5-нинг yuqorigi qismida sozlanadigan lab 4 maqkamlangan. Lab 3 ni ishlov beriladigan detallarning o`lchamiga qarab vint 4 bilan yurgizish mumkin yoki plitaning pazlarida o`rnini almashtirish mumkin.
Katta gabaritli detallarga ishlov berishda lab 3 echib olinadi.Iskanjaning almashinuvchi platkasigа qisib, detallarga ishlov berishda qisilgan qavo pnevmotsilindr 11 ning yuqorigi bo`shligiga yuborilaди va shtok 9 bilan porshen 10 ni pastga siljitadi. Bunda shtok 9-ning pazida joylashgan richag 2-ning katta elkasi pastga tushadi, qisqa elkasi esa qarakatlanuvchan labni unga siljitadi va detal lablar 1 va 3 bilan qisiladi. Dasta 7 ning aylanish paytida jumrakning zolotnigi siqilgan qavoni pnevmotsilindr 11-ning pastki bo`shligiga o`tkazib yuboradi. qisilgan qavo porshen 10-ga bosib uni shtok 9 bilan yuqoriga qarakatlantiradi, bunda richag 2-ning katta elkasi yuqoriga ko`tariladi, qisqa elkasi esa lab 1-ni chapga o`tkazadi va detal qisishdan ozod qilinadi. Bunday konstruktsiyali iskanjalarda pnevmotsilandrdagi qavo 0,39 MPa bo`lganda qisish kuchi 39200 N-ni tashkil qiladi. Iskanjaning yuqorigi qismi asosda gorizontal tekislikda 360 gradus aylanadi.
Universal ko`p o`rinli moslamalar va bo`luvchi qayta sozlanuvchan stollar.
Universal ko`p o`rinli moslamalar
Almashinuvchi naladkalarning universal moslamalarda ishlatilishi kichik seriyali va seriyali ishlaб chiqarishda frezalash dastgoqlarida qar xil tip va o`lchamdagi detallarni ishlashga imkon beradi.
8.4.Rasm da mos ravishda universal ko`p pnevmoyuritgichli moslama ko`p o`rinli va unga almashinuvchi kolodka ko`rsatilgan.Plita 13-da pnevmotsilindr 12 shtok 10-da o`rnatilgan porshen bilan montaj qilingan.Tirgak o`q 9 presslangan, unga esa aylanuvchan richag o`rnatilgan. Richagning pastki elkasi shtok 10 ning chuqurchasiga kiradi, yuqorigi elkasi esa barmoq 6 orqali o`q 7 bilan boqlangan.Barmoq 6 vtulka 5-da siljib qarakat qiladi.
Almashinuvchi naladka 3-ning19 skalkasi bor, unda almashinuvchi 18 lablar qarakat qiladilar va qarakatsiz lablar 1 va 20 maqkamlangan. Moslamaga almashinuvchi kolodkani o`rnatadi, qarakatsiz lablar 1 va 20 shtirga tayanadilar, lab 1 esa moslamaning plankasidagi to`rtburchak turtib chiqqan joyi bilan orientirlanadi.
Naladkani moslamada qisish uni pona ko`rinishidagi yo`naltiruvchi M qisib turadigan ikkita qisqich 15 bilan amalga oshiriladi. Qisilgan qavo tarmoqdan taqsimlovchi jumrak 16 ga keladi, uning dastasi 17 buralgandan keyin pnevmotsilindr p-ning yuqorigi bo`shliqiga kiradi va porshenni shtok 10 bilan pastga siljitadi. Richag 8 ning pastki elkasi shtok 10 bilan pastga tushadi, yuqorigi elkasi barmoq 6 orqali qarakatlanuvchan lab 18 ni skalka 19 bo`ylab lab 1 gacha siljitadi. Bunda lablar 18 orasida o`rnatilgan, ishlov beriladigan detal 2 qisiladi.
Detalga ishlov berilgandan keyin taqsimlovchi jumrak 16 ning 17 dastasi boshqa tomonga buraladi, siqilgan qavo pnevmotsilindr 12 ning pastki bo`shliqiga yuboriladi va porshen 11 ni shtok 10 bilan yuqoriga qarakatlantiradi. Bunda shtok richag 8 ni o`qda aylantiradi, yuqorigi elkasi barmoq 6 ni unga o`tkazadi va qarakatlanuvchan lablar 18 ga o`rnatilgan detallar 2 bo`shatiladi va olinadi. Detallarni balandligi bo`yicha to`qri o`rnatish uchun qarakatchan tayanch 4 xizmat qiladi.
Bo`lish kallaklari
Bo`lish kallaklari frezalash dastgoqlarida ishlov beriladigan katta bo`lmagan detallarni qisish, davriy ravishda burash yoki uzluksiz aylantirish uchun ishlatiladi. Bo`lish kallaklari asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: bo`lish qurilmasining aylanuvchi qismidan va aylanuvchi qismining qisish mexanizmidan.
VIII.5. Rasm da pnevmatik tsangali qisqichli universal bo`lish kallagi ko`rsatilgan. Ular shlitsalarni, ko`ndalang kesimi doiraviy va boshqa ko`rinishga ega bo`lgan detallarni, 6 qirralar va kvadratlarni frezalash uchun qo`llaniladi.
Bo`lish kallagi, o`rnatilgan pnevmotsilindri bilan tana 9, qopqoq 6, zichlovchisi bilan porshen 4 va radial tiralash podshipnik o`rnatilgan kovak shtok 7 dan tashkil topgan. qallakning qisish mexanizmi ichki konus bilan vtulka 3, shtok 7 ni vtulka 3 bilan biriktiradigan vintlar 5, tiralish gaykasi 2 va detalni qisish uchun sanga 1 ni o`z ichiga oladi. qisilgan qavo va shtutser 10 orqali taqsimlash klapani 11 ning kanali bo`ylab, tana 9 ga o`rnatilgan pnevmotsilindrning B bo`shliqiga uzatiladi va porshen 4 ni, shtok 7 va vtulka 3 bilan gayka siljitadi. Bunda vtulka tsanka 1 ning korpus yuzasi bo`ylab siljib uning barglarini qisadi va tsangada o`rnatilgan detal maqkamlanadi. Detalga ishlov berilgandan keyin siqilgan qavo klapan 11 ning boshqa shtutseri orqali tana 9 ga joylashgan pnevmotsilindrning G bo`shliqiga keladi, bir vaqtning o`zida B bo`shliqdan atmosferaga chiqib ketadi. qisilgan qavo bosimi ostida porshen, shtok va vtulka bilan qarakat qiladi, detal qisiladi. Vtulka tsanganing barglarigi bosimini to`xtatadi, ular esa elastik kuch ta'sirida tarqaladi va ishlov berilgan detal qisishdan ozod qilinadi.
Nazorat savollari.
1. Frezalash stanoklari moslamalarining tasnifini keltiring.
2. Frezalash stanoklari moslamalari surilishining ko`rinishi bo`yicha qaysi tiplarga
bo`linadi.
3. Mashina iskanjanchasi xarakteristikasini keltiring.
4. Mashina iskanjasi qaysi qismlardan tashkil topgan.
5. Universal ko`p o`rinli moslamalarning ishlatilish soqalari.
6. Almashinuvchi naladka nima.
7. Bo`lish kallagining ishlatilish soqasini keltiring.
8. Bo`lish kallagining asosiy qismlari nimalardan iborat.
9. Bo`lish kallagining ishlash printsiplari.
10. Bo`lish kallagida detal qanday qilib maqkamlanadi.
Tayanch iboratlar.
Frezlash dastgoqi, stol surilishi, almashinuvchi naladka, bo`lish kallagi, ko`p o`rinli moslama, mashina iskanjasi, tsanga.
Do'stlaringiz bilan baham: |