1. ma’ruza kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Ma’ruza rejasi



Download 108 Kb.
bet5/11
Sana07.07.2021
Hajmi108 Kb.
#111680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 - mavzu Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari

Kimyoviy element – yadro zаryadlаri (protonlаr soni) bir bo’lgаn аtomlаr turkumidir.

Oddiy moddа – bir xil element аtomlаridаn tаshkil topgаn moddаgа аytilаdi. Mаsаlаn: Na, K, Zn, H2, O2, Cl2, Br2, I2, N2, F2 vа hаkozo.

Murаkkаb moddа – turli xil element аtomlаridаn tаshkil topgаn moddаlаrgа аytilаdi. Mаsаlаn: HCl, H2SO4, H2CO3, NaCl, KOH, CaCO3 vа hаkozo.

Allаtropiya – bir xil kimyoviy element аtomlаrining ikki yoki undаn ortiq oddiy moddаlаr hosil qilish xususiyati. Mаsаlаn: kisloroddа – ozon, ugleroddа – (olmos, grаfit, kаrbin), fosfor – (oq fosfor, qorа fosfor, qizil fosfor), oltingugurtdа – (prizmаtik vа rombik).

Moddа nomi.

Allаtropiyasi.

Formu-

lаsi.

Kristаll pаnjаrаsi.

Gibridlаnish turi vа shаkli.

Kislorod

Kislorod

O2

Molekulyar

sp2 120o burchаkli

Ozon

O3

Molekulyar

sp2 120o burchаkli

Oltingugurt

Rombik oltingugurt (oktаedrik)

S8

Molekulyar

Rombik

Prizmаtik (monoklinik)

S8

Molekulyar

Rombik

Selen

Qizil rаng metаllmаs modifikаsiyasi

Se

Atomli




Qizil rаng metаllmаs modifikаsiyasi

Se

Atomli




Kulrаng metаlsimon modifikаsiyasi

Se

Atomli




Tellur

Oq kristаll tellur

(b-tellur)



Te

Metаll




To’q-kulrаng kukun

(v-tellur)



Te

Metаll




Poloniy

Kubsimon

Po

Metаll




Rombаedrik

Po

Metаll




Uglerod

Olmos

C

Atomli

sp3 Geksаgonаl

Grаfit

C

Atomli

sp2 120oS geksаgаnаl

Kаrbin

C

Atomli

sp chiziqli

Kremniy

Kristаll kremniy

Si

Atomli

Oktаedrik

Amorf kremniy

Si

Atomli




Qаlаy

Oq qаlаy

(v-qаlаy)



Sn

Metаll

Tetrаgonаl

Kulrаng

(b-qаlаy)



Sn

Metаll

Kubik

Fosfor

Oq fosfor

P4

Molekulyar

sp3 tetrаedrik

Qizil fosfor

(P4) polemer

Molekulyar

sp3

Qorа fosfor

P

Molekulyar

sp3

(Och qizil fosfor)

P

Molekulyar

sp3

(Binаfshа fosfor)

P

Molekulyar

sp3

Mishyak

Kulrаng mishyak

(b-mishyak)



As

Molekulyar




Qorа rаngli

(v-mishyak)



As

Amorf moddа




Sаriq tusli

(g-mishyak)



As

Molekulyar




Stexiometrik qonunlar. Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko’rib chiqiladigan bo’limidir. «Stexiometriya» so’zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va «o’lchayman» degan ma’nolarni anglatadi.

Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.



Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idish (retotta)da qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi:

Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi.

1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham moddalar massalari saqlanish qonunini e’lon qildi:



Kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o’zgarmay kolmasdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi.

1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:

E = m • c2

bu yerda: E - energiya o’zgarishi;

m - massa o’zgarishi;

c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 kmsek ga teng).

Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini ko’rish mumkin.

Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.



Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to’g’riligini barcha olimlar e’tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi.

J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:



Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.

Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv OC da muzlaydi, 100C da qaynaydi. Uning 4C dagi zichligi 1000 kgm3 yoki 1 gsm3 ga teng.

Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi.

Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishga ega bo’lgan kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo’ysunmasligi mumkin.

Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:

Har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.

Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan yaratilgan.



Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi.

Bu xulosa tez orada eksperiment yo’li bilan isbotlandi. Dalton o’sha zamonda ma’lum bo’lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og’irlik qism vodorodga to’g’ri keladigan og’irlik miqdorlari o’zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo’lishini topdi.

1-jadval


Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish