Nazorat uchun savol va mashqlar.
1. Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixi haqida nimani bilasiz?
2. O’zbekistonda kimyo fani va uning tarixiga oid qanday ma’lumotlar bor?
3. O’zbekistondagi kimyo sanoatining qanday tarmoklarini bilasiz?
4. Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa qo’shgan va qo’shayotgan akademiklardan kimlarni bilasiz? Ular kimyoni qaysi sohalari bilan shug’ullanganlar?
5. «Korpuskula» va molekula o’rtasida qanday farq bor?
6. Kimyoviy element massasi energiyaga aylanishi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
7. Tarkibning doimiylik qonuniga qanday moddalar bo’ysunadi?
8. H3PO4 va HCl ning ekvivalent massalarini hisoblang.
9. Gazning molyar hajmi deganda nima tushuniladi?
10. Modda massasining saqlanish qonunini mohiyati nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |