4 - ma’ruza. GICda real dunyo ob’ektlarini aks ettirish tamoyillari
Real dunyo ob’ektlarining GIC da aks ettirilishi
Geoinformatikada ko’rib chiqiladigan real dunyo ob’ektlari fazoviy, vaqtli va mavzuviy xarakteristikalariga ko’ra farqlanadi.
Fazoviy xarakteristikalar ob’ektning oldindan belgilangan koordinatalar sistemasidagi xolatini aniqlab beradi. Bunday ma’lumotlarga qo’yiladigan asosiy talab – aniqlik.
Vaqtli xarakteristikalar ob’ektning tadqiq qilinish vaqtini ko’rsatib turadi va u ob’ektning vaqt o’tib borishi bilan xolatini o’zgartirishini baxolashda muxim xisoblanadi. Bunday ma’lumotlarga qo’yiladigan asosiy talab – aktuallik. Agar ma’lumotlar aktual bo’lmasa, bunday ma’lumotlar eskirgan ma’lumotlar xisoblanadi va ularni qayta ishlashda qo’llash mumkin bo’lmaydi.
Mavzuviy xarakteristikalar ob’ektning turli xususiyatlarini belgilab beradi, ya’ni iqtisodiy, statistik, texnik va boshqa xususiyatlar. Asosiy talab – to’liqlik.
Fazoviy ob’ektlarni GICda namoyish etish uchun fazoviy va atributiv ma’lumotlar tiplari qo’llaniladi.
Fazoviy ma’lumotlar – ob’ektlarning fazoda bir-biriga va ular geometriyasiga nisbatan joylashuvini xarakterlovchi ma’lumotlardir.
|
Fazoviy ob’ektlar quyidagi grafik ob’ektlar yordamida ifodalanadi: nuqtalar, chiziqlar, soxalar va yuzalar.
Ob’ektlar tavsifi ob’ekt koordinatalarini va ularning tashkil etuvchi qismlarini ko’rsatish orqali amalga oshiriladi.
Nuqtali ob’ektlar – bu shunday ob’ektlarki, ularning xar biri faqat bitta fazoviy nuqtada joylashgan va X, Y koordinatalari ko’rsatilgan bo’ladi. Kartografiya masshtablashtirilishidan kelib chiqqan xolda bunday ob’ektlar sifatida daraxtlar, uylar va shaxarlarni olishimiz mumkin.
CHiziqli ob’ektlar bir o’lchamli ifodalangan, bitta o’lchamga ega bo’lgan, ob’ektning uzunligi va kengligi ushbu masshtablashtirishda namoyon qilinmaydi yoki axamiyatsiz bo’lgan ob’ektlardir. Bunday ob’ektlarga misol sifatida daryolar, shaxarchalar chegaralari, relьeflar gorizontallarini ko’rishimiz mumkin.
Mintaqa (poligonlar) – maydonli ob’ektlar, ya’ni ikkita koordinata bilan namoyish etiladigan (X, U) yoki yopiq shaklni aks ettiruvchi chiziq ko’rinishidagi ob’ektlar. Bunday ob’ektlar tarkibiga aloxida landshaftni egallagan xududlar, shaxarlar yoki mintaqalarni kiritish mumkin.
Yuza – uni tavsiflash uchun maydonli ob’ektlar balandligiga axamiyat berish kerak bo’ladi. Yuzalarni tiklash matematik algoritmlar (interpolyatsiya va approksimatsiya) X, Y, Z boshlang’ich koordinatalar to’plami bo’yicha amalga oshiriladi.
Ob’ekt xaqidagi fazoviy bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlar atributlar to’plamini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |