1-Ma’ruza: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 421,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana17.01.2021
Hajmi421,27 Kb.
#55881
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1-Ma’ruza Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.

solishdan  iboratdir.  Bu  erda  “fan”,  “olim”  tushunchalari  muayyanlashtirilmaydi 

va  umumiy,  yig’ma  tushunchalar  sifatida  talqin  qilinadi.  “Fan”  tushunchasi 

falsafaga  tatbiqan  ko’pincha  ayni  shu  kontekstda  qo’llaniladi,  faylasuflar  esa 

olimlar deb ataladiki, bu qisman o’rinlidir.  



Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani 

ifodalash  uchun  «fan»  tushunchasiga  torroq,  binobarin,  izchilroq  ma’no 

yuklanadi.  Bu  erda  fanga  aniq  ta’rif  berilgan,  olim  esa  tor  mutaxassis,  muayyan 

bilim  ifodachisi  hisoblanadi.  U  shunchaki  olim  emas,  balki  doim  va  albatta  yo 

fizik,  yo  ximik,  yo  tarixchi,  yo  boshqa  fan  vakilidir.  Ayni  holda  fan  muqarrar 

tarzda  tabiat,  jamiyat,  tafakkurning  u  yoki  bu  ob’ekti  (hodisasi)  haqidagi  ilmiy 

bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.  

Bunday  fanlarning  har  biri  faqat  ularning  o’zigagina  xos  bo’lgan  maxsus 

qonunlar  va  metodlarga,  mazkur  fan  uchun  yagona  bo’lgan  til,  kategoriyalar 

apparati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash 

va  tushuntirish,  hozirgi  davrni  to’g’ri  tushunish  va  bilimlarning  tegishli  sohasida 

albatta  yuz  beradigan  yoki  muayyan  sharoitda  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan 

voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. 

U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va 

xalqlar  uchun  yagona  bo’lib,  ayrim  olimning  yondashuvi,  nuqtai  nazari  yoki 

dunyoqarashiga  mutlaqo  bog’liq  emas.  Ular  mazkur  sohada  olg’a  siljish  uchun 

o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan  o’tgan bilimlar yig’indisi 

sifatida avloddan-avlodga o’tadi.  



Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga 

tajriba  yo’li  bilan  olingan  ba’zi  bir  oqilona  javoblar  mavjud  bo’lgan.  Bu 

javoblarni  haqqoniy,  ya’ni  amaliyot  sinovidan  o’tgan,  kundalik  hayotda  o’z 

tasdig’ini  topgan,  aniq  bilim  deb  nomlash  mumkin.  Bunday  javoblar  masala 

«yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq 

ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.  



Bunga  juda  ko’p  misollar  keltirish  mumkin.  Masalan,  har  qanday  uchburchak 

burchaklarining yig’indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga 

siqib  chiqarilgan  suyuqlik  og’irligiga  teng  kuch  ta’sir  ko’rsatishi  aniqlangani 

zahoti  bu  masalalar  o’zining  «ochiq»  xususiyatini  yo’qotgan,  ya’ni  ular  o’zining 

boshqa  variantlarni  istisno  etadigan  aniq  echimini  topgan.  Bu  mazkur  masalalar 

atrofida  har  qanday  qo’shimcha  mushohada  yuritish  foydasizligi  tufayli  o’zining 

har  qanday  ahamiyatini  yo’qotganligini  anglatgan.  Echilgan  masalalar  va 

muammolar  esa  aniq,  ishonchli  bilim  darajasiga  o’tgan  va  shu  davrdan  e’tiboran 

o’zining falsafiy tusini yo’qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.YAspers bu 

muhim  qoidani  ta’riflar  ekan,  shak-shubhasiz  asoslardan  birini  har  kim  e’tirof 

etgudek  bo’lsa,  u  shu  tariqa  ilmiy  bilishga  aylanadi  va  bundan  buyon  falsafa 

hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo’ladi, deb qayd etdi.  

SHunday  qilib,  azaldan  yaxlit  va  bo’linmas  dastlabki  bilim  sifatida  amal 


Download 421,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish