qilgan falsafa zaminida o’sha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli
yo’nalishga ega bo’lgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. SHu tariqa asta-
sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, geometriya,
fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, o’z shakl-
shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma’noda falsafa barcha
fanlarning asosi hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, keyinchalik
ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba’zan parchalanib, o’z tadqiqot
predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining teranligi va
narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda o’rganilayotgan masalalar
doirasi torayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |