Tekshirish uchun savollar:
1. Elektr jixozlar qanday tanlanadi?
2. Elektr jixozlar qanday sharoitlarda ishlatish qilinadi?
3. Elektr jixozlar qanday ko’rsatkichlar bo’yicha tanlanadi?
4. Elektr jixozlar yuklanish imkoniyatlari qanday bo’ladi?
5. Himoya vositalari qanday tanlanadi?
4-MAVZU
Texnik diagnostika asoslari.
Reja:
Elektr jixozlarning profilaktik sinovlari.
Izolyatsiya diagnostikasi. Elektr kontaktlar diagnostikasi.
Elektr jixozlarni texnik qarov va joriy ta’mirlashda diagnostika qilish.
Elektr jixozlarning profilaktik sinovlari
Elektr jixozlar turli puxtalikka ega bo’lgan bir necha qismlardan iborat bo’ladi. Uning biror qismining yaroqsiz holga kelishi butun elektr jixozning to’xtab qolishiga olib keladi, ishlab chiqarishga zarar yetkaziladi, ish mashinalari va agregatlar turib qoladi. Ayniqsa kutilmagan to’xtab qolishlar xavfli bo’ladi. Bunday to’xtab qolishlarni oldini olish uchun, ko’rsatkichlari pasayib ketgan elementlarni o’z vaqtida topish va almashtirish uchun profilaktik diagnostika tadbirlari o’tkazib turiladi. Energetika tizimlarida bunday diagnostika profilaktik sinovlar yoki tekshirish o’lchovlari deyiladi. Texnik ishlatish qoidalariga ko’ra va korxonalarda elektr jixozlarni ishlatishni tashkil qilish bo’yicha uslubiy qo’llanmalarga asosan texnik xizmat ko’rsatish va ta’miridagi sinovlaridan tashqari mustaqil tadbirlar sifatida profilaktik sinovlar o’tkazib turiladi. Sinovlar hajmi va me’yorlari zavod tayyorlab bergan yo’riqnomalari va elektr jixozlar ishlatish tajribalariga asoslanib aniqlanadi. Bu sinovlar texnik ishlatish qoidalarining tarkibiy qismi bo’lib qolgan va korxonalarning energetika xizmati tomonidan bajarilishi majburiydir. Profilaktik sinovlarda birinchi navbatda elektr jixozlarning izolyatsiyasiga e’tibor beriladi, chunki izolyatsiya ularning eng nozik elementi bo’lib, eng tez eskiradi, yaroqsiz holga keladi.
Ishlatishda bo’lgan asosiy elektr jixozlar izolyatsiyasining profilaktik sinovlari uchun ko’rsatmalar 4.1-jadvalda keltirilgan. Izolyatsiyasini qarshiligini o’lchash bilan birga elektr jixozning profilaktik sinovlarida uning boshqa ko’rsatkichlarini ham o’lchab olinadi. Kuch transformatorlarining izolyatsiyasi tekshirilganda absorbtsiya koeffitsiyenti ifodadan aniqlanadi. miqdori zavodda belgilangan qiymatidan 30% dan ko’proq kamayishi izolyatsiyaning nam torta boshlaganini, bo’lsa, uning ishlatishga yaroqsiz ekanligini bildiradi. Izolyatsiya quritilib, keyin transformator tarmoqqa ulanadi. YAna cho’lg’amlarining qarshiligi doimiy tokda o’lchab ko’riladi, uning miqdori me’yoridan ±2% dan kam farq qilishi kerak. Havo quritish filtrlarining silikageli holati tekshiriladi. Silikagel zarrachalari bir tekis havo rangda bo’lishi zarur.
Quvvati 630 kVA dan yuqori termosifon filtrli kuch transformatorlarining moyi 5 yilda bir sinab turiladi. Bunda moyning elektr mustahkamligi mexanik aralashmalar miqdori, kislotali raqami, alanga olish harorati o’lchab ko’rib aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |