Osmonning zangori rangi ham sochilishdandir. Quyoshning botishidagi qizil rangi – zangori va
binafsha nurlarning qiya tushganda biosfera qatlamlari ichida ancha chuqurroq masofaga sochilishi
natijasida oq yorug’lik spektrining o’zgarishidir. Infroqizil nurlar yanada kamroq sochiladi.
Keyingi yillarda yorug’likni qutblash uchun qutblagichlar keng ishlatilmoqda. Qutblagich
qalinligi 0,1 mm ga yaqin bo’lgan shaffof polimer plyonka bo’lib, unda ko’plab mayda sun’iy
kristalchalar – qutblovchilar, masalan, gerappatit kristalchalari (yod ximin sulfati) bo’ladi. Gerappatit
barcha kristalchalarining optik o’qlari qutblagich (polyaroid)ni tayyorlashda bir yo’nalishda
orentirlanadi. Qutblagich plyonkasi unchalik qimmat emas, juda elastik, yuzi katta, ko’rinuvchi
yorug’likning barcha to’lqin uzunliklarini deyarli birday (juda oz) yutadi.
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan quyosh nurining atiga
5% ni bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy uchun 3,26%, kartoshka uchun 3,02%,
makkajuxori uchun 2,35 va h.k). O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi,
shuning uchun q/x ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish
koeffisentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik berish kerak. Bunda o’simliklar karbonat
angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa berilgani holda sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi.
Yorug’lik teri qatlamiga ham ta’sir qiladi. Ko’rinadigan va infroqizil nurlar asosan terining sirtini
qizdiradi. Ultrabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimiyaviy reaksiyani vujudga keltiradi, buning
natijasida qo’ng’ir pingment hosil bo’ladi (kuyish), bu pingment melanin deyiladi va ultrbinafsha
nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan tashqari ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha
nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri organizmga foydali ta’sir ko’rsatadi, u yuqumli kasalliklarga
qarshilik ko’rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi.
Odam, hayvon va o’simliklar uchun yorug’lik zarurdir, uning etmasligi organizmning normal
faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar kuchli baktrisid ta’sirga ega.
Bundan binolarning havosini tozalash, sutni stirlizasiya qilish va h.k larda ishlatiladi. Bu nur kvars
lampalar yordamida hosil qilinadi. Yerga etib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkm dan qisqa
to’lqinli nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori qatlamlari (12-50 km)
ozan batamom yutib qoladi.
Infroqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish, eshitish hid bilish
zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi. Ilonning boshida ko’zlari bilan burun orasida ikkita
chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos «termolakatorlar» - infroqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi.
Bu yordamida turli mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib
oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon o’z o’ljasiga aniq
tashalanadi. 1 yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna organik modda hosil bo’ladi.
Elektronmagnit nurlanish eletr zaryadlarining xususan moddaning atomlari va molekulalari
tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sabali bo’ladi. Masalan, molekulalar va atomlarning
tebranma va aylanma harakati infroqizil nurlanishni, atomda elektronlarning muayyan ko’chishlari,
ko’rinadigan va infroqizil nurlanishni, erkin elektronlarning tormozlanishi esa rentgen nurlanishni va
h.k larni vujudga keltiradi.
Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng keng tarqalgan turi issiqlik nurlanishidir. Bu
nurlanish moddaning atomlari va molekulalarining issiqlik harakati energiyasi hisobiga, ya’ni modda
ichki energiyasi hisobiga bajariladi va shuning uchun nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi.
Issiqlik nurlanish absolyut noldan boshqa har qanday temperaturada bo’ladi va tutash spektrga ega.
Har qanday jism nur chiqarish bilan nur ham yutadi. Shu sabali issiqlik muvozanati o’rinlidir.
· Jismning
Do'stlaringiz bilan baham: