Sinov savollari
1. Bimofizika nimani o’rganadi?
2. Qanday deformasiya turlarini bilasiz?
3. Elastik deformasiyalangan jismning potensial energiyasi nimaga teng?
4. Muskul qisqarishida bajarilgan ish va quvvat.
5. Tirik organizmda elastin va kollogenlarning roli nimadan iborat?
6. Ba’zi biologik organlar uchun elastiklik modulining qiymati qanday?
7. Tovushning fiziologik xossalari nimalar ?
8. Veber - Fexnerning psixofizik qonuni nimani ifodalaydi?
9. Bell va desebellar nimaning o’lchov birligi hisoblanadi?
10. Eshitish sohasi nima?
11. Tibbiyot va veterinariyada tovushdan foydalanish haqida nimalarni bilasiz?
12. Ultratovush va uning amalda qo’llanilishi?
13. Infrotovush va uning ahamiyati.
14. Ultra- va infrotovushlarning tirik organizmga ta’siri va ahamiyati.
15. Shovqin va undan himoyalanish.
2-ma'ruza. Gidrodinamika. ko'chish hodisalari. Biologik
tizimlarda termodinamika asoslari.
2.4.Tirik organizmlarda issiqlik almashinuvining biofizik asoslsri va termodinamik
davolash usullari.
Tirik organizmlarda
issiqlik almashinishi
jarayonlarini qaraymiz. Parrandalar va sut emizuvchilar
atrof muhit harorati o’zgarsa ham tana haroratini doimiy saqlab turadi. Buning uchun quyidagi shart
bajarilishi kerak: issiqlik yo’qotish, issiqlik mahsuldorligiga teng bo’lishi kerak. Hayvon ichida
yuzaga kelgan issiqlik teriga qisman to’qimalar orqali atrof muhitga chiqariladi. Issiqlik almashinish
jarayoniga quyidagi tashqi faktorlar ta’sir ko’rsatadi: havo harorati, konveksiya, nurlanish va
boshqalar. Havo uchun issiqlik o’tkazish koeffisenti 0,024 Vt/m.K. Yog’ to’qimasi uchun 0,025,
metall uchun 40-400 Vt/m.K. Tevarak atrof muhit haroratining ko’tarilishi, ya’ni havo va tana
haroratlari orasidagi farqning kamayishi, issiqlik o’tkazuvchanlikning oshuvini talab qiladi.
Aksincha, havoning ancha past harorati issiqlik o’tkazuvchanlikni ma’lum chegarada o’zgartirishi
mumkin. Buning uchun tana sirtiga qonning oqib kelishini o’zgartirish yoki tashqariga qaraganda
tana qismlarining sirtini oshirish bilan (qo’l – oyoqlarning jun bilan qoplangan qismini ochish) teriga
qonning oqib kelishini cheklash tananing ichki qismidan issiqlikning yuzaga chiqishini chegaralaydi.
Junni va patni o’stirish issiqlik himoyani kuchaytiradi. Tanani g`ujum qilish uning ochiq qismi sirtini
kamaytiradi va shu bilan issiqlik yo’qotishni kamaytiradi. Havo isiganda tovuqlar, kaftarlar qanotini
yoyishadi. Ammo bular ham ma’lum darajada samara beradi. Harorat ma’lum qiymatdan past
bo’lganda hayvonlar o’z temperaturasini issiqlik mahsuldorligini oshirishi tufayli saqlab turadi. Tirik
organizmdagi to’qimalar issiqlik o’tkazuvchanligi turlichadir. Bu esa organizmning issiqlik rejimi
uchun muhimdir. Muskul to’qimasining ancha katta issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi (0,5
Vt/m.K) issiqlik tezda ichki organlardan tashqi organlarga o’tkazilishiga yordam beradi. Masalan:
tashqi muhit sovuq bulganda yog’ qatlami issiqlikning chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababli
sovuq yurtlarda yashovchi hayvonlar ancha katta teri osti yog’ qatlamiga ega. Masalan: pingvinning
yog’ qatlami 10-15 kg ga teng bo’lib, uning o’zining og’irligi 30-35 kg. Xuddi shunday jun qatlami
qalinligi ham katta rol o’ynaydiTibbiyot va veterinariyada termodinamik davolash usullari keng
qo’lla-nilmoqda. Organizmga issiqlik berish bilan bir qancha kasalliklarni davolash mumkin. Buning
uchun o’ziga energiyani (issiqlikni) to’plab so’ng asta – sekin beradigan materiallardan
foydalaniladi. Masalan: jadvalda shunday moddalar keltirilgan.
Modda
C
1
kj/kg.K
λ
1
W/mK
Suv
Loyqa
Torf
Parafin
Ozekirit
4,19
2,09
3,85
3,23
3,35
0,58
0,70
0,42
0,23
0,15
Bu usuldan qishloq xo’jalik hayvonlarini davolashda keng qo’llanilmoqda. Masalan: muskullar
shamollashida, revmatizmda va hakozo. Parafin va ozekirit 85
o
C gacha issitilishi mumkin va u
kuydirmaydi, chunki tanaga tekkan qismi tezda 45
o
C gacha sovuydi va issiqlik o’tkazuvchanligi
yomonligi sababli ichki qismlar harorati saqlanib asta – sekin tanaga beriladi. Parafin ozekerit
yordamida hayvonlarda mastit, genekologik kasalliklari davolanadi.
Agar organizm tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishida stasionar holatini saqlash imkoniyatiga ega
bo’lmasa, bu holatdan chetlashsa, bu uning o’limiga olib keladi, chunki organizm bu vaziyatga
moslasha olmaydi, ya’ni sharoitning o’zgarishiga mos holda nisbatan tezlik bilan stasionar holatga
kelolmaydi. Harorat har qanday fizik hodisaning asosini tishkil qiladi. Haroratni to’g’ridan – to’g’ri
o’lchab bo’lmaydi. Ikki xil shkala mavjud. Selsiy – boshlang’ich nuqtasi muzning eirish nuqtasi
O
0
C va suvning qaynash nuqtasi
100
0
C. Xuddi shunday absolyut harorat shkalasi boshlang’ich nuqta OK, ya’ni -
273,15
o
C bitta reper nuqtaga ega. Harorat termometrlar yordamida o’lchanadi.
(simobli va spirtli) past harorat medisinada konservasiya (kriogen) uchun ishlatiladi. Anistaziya xoss
asiga ega bo’lgan sovuq yordamida asab kasalliklariga tegishli bo’lgan odam bosh miyasidagi ayrim
hujayralar yadrosini yo’q qilishda ishlatiladi. Masalan: parkinsonizm, mikroxirurgiyada nam to’qima
larning sovuq metallga asboblariga yopishib qolishidan bu to’qimalarning boshqa joyga ko’chirishda
foydalaniladi. Kirioterasiya, kirioxirurgiya va shu kabi yangi terminlar yuzaga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |