1-MA’RUZA: ATOM FIZIKASI FANIGA KIRISH. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. REJA: - Atom fizikasi fanining rivojlanish tarixi.
- Atom fizikasi fanning maqsadi va vazifalari.
- Fanning asosiy bo‘limlari va ularda o‘rganiladigan muammolar.
- Fanning boshqa fanlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi.
Atom fizikasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga keldi. Lekin bu davrgacha, ya’ni atom fizikasi alohida fan sifatida yuzaga kelganiga qadar moddalar tuzilishi, materiyaning cheksiz bo‘linishlari va atom nazariyasi to‘g‘risida qadimgi yunon faylasuflari tomonidan turli fikrlar ilgari surildi, ko‘pgina olimlar tomonidan tajribalar o‘tkazilib, fizik hodisalar kashf qilindi. Tajribalaradan to‘plangan fizik hodisalarni, kashfiyotlarni ilmiy jihatdan asoslash, ularni tushuntirish atom fizikasini rivojlantirishni talab qilar edi. Bu esa atom fizikasining taraqqiy etishiga, alohida fan sifatida yuzaga kelishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |