1911-yilda Rezerford alfa-zarralarning yupqa metall folgalarda sochilishi ustida bir qator tajribalar o‘tkazdi. Rezerford o‘tkazgan tajribalari asosida atom tuzilishining planetar modelini taklif qildi. Atomning planetar modeliga asosan atom quyidagicha tuzilgan: atom musbat zaryadlangan yadro va uni o‘rab olgan manfiy zaryadli elektronlar qobig‘idan iborat. Elektronlar yadro atrofida doiraviy orbitalar bo‘ylab harakatlanadi. Elektronlarning to‘lik manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadi miqdoriga teng bo‘lib, atom neytral holda bo‘ladi. atomning Rezerford taklif qilgan modeli birinchidan, atomlarning barqarorligini, ikkinchidan, atom spektrlarining chiziqliligini va undagi qonuniyatlarni tushuntira olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |