1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish faoliyatga yo’naltirish orqali ijodiy rivojlantirish yo’llari


Kitoblarning tuzilishi va turlari



Download 0,85 Mb.
bet20/55
Sana11.08.2021
Hajmi0,85 Mb.
#145122
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
SAXNALASHTIRISH

Kitoblarning tuzilishi va turlari. Hozirgi kitoblar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. kitob sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning kitob sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. kitobning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ism sharifi, kitobning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u kitobning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari kitobning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, kitobda turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. kitobning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, kitobda mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. Kitob  sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi

  Kitoblar  qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, kitoblar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va boshqa xil kitoblarga boʻlinadi. Ilmiy kitoblar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv kitoblari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va boshqa turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi.

Конец формы

O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog‘ochlar va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xomashyo bo‘lishi bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli faoliyatlarni tashkil etishda  bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiiadi. Bolalarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go‘zalliklani ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni konstruktorlik g‘oyasini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, ko'nikma, malakalarini beradi. Turli tabiiy materiallarni toplash tarbiyachichi qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. bolalar ko‘rib chiqilgan va batafsil muhokama qilingan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar. Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari mumkin. Tabiiy materiallarni bolalar dastlab tarbiyachi rahbarligida sayr vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida bolalar atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallarni qachon va qanday to‘plash va qanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo‘riqlash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir bolaning burchidir. Turli mashg’ulotlar jarayonida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari - qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar - olcha, o‘rik, shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo ‘xori  va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu kabilardan keng foydalaniladi. Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir bola tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va shu kabilami o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin. 0‘simliklami to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi. quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlikdan holi bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir.  O‘simliklarni quritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.

  Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o'simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog'oz va o‘simIik o'rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng papka ikkita to‘rsimon ramka o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo‘lsa, o‘simIik issiq va quruq joyga olib quritiladi.

 Pressda quritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlar o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irlik pressga qancha o‘simlik joylashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan so‘ng qog‘oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish