Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasiga o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o‘simlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so‘ngra gazeta yopib yana dazmollandi. 0‘simlik 2-3 minutda quriydi va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan o‘simlik ko‘tarilganda o‘zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |