1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish faoliyatga yo’naltirish orqali ijodiy rivojlantirish yo’llari



Download 0,85 Mb.
bet1/55
Sana11.08.2021
Hajmi0,85 Mb.
#145122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
SAXNALASHTIRISH


1-ma'ruza

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish faoliyatga yo’naltirish orqali ijodiy rivojlantirish yo’llari.

Farzand- inson hayotining mazmuni, nasl –nasabini davom ettiruvchisi, oilaning mustaxkam zanjiri, yurt kelajagi, vorisi. Yaxshi, solih farzand – ota-onaning baxti-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandi. Farzandlar “Jannat rayhonlari” deb tavsiflanishi bejiz emas. Ammo u odobli, yaxshi fazilatlar soxibi, itoatkor va qobil bo’lgandagina ota -onasiga munosib voris, ustozi ishonchini oqlagan shogird, davlati va millati faxrlanadigan fuqaro bo’la oladi. O‘g‘il- qizlarni zexnli o‘sishini, aql-idrokli, fikrlovchi bo’lib ulg’ayishini istagan ota –onalar ularga kichikligidan turli ibratli hikoyalarni, ulug‘larimizning hayot yo‘llari va fazilatlari haqidagi rivoyatlarni, ramziy ma’nodagi yaxshilikka, chiroyli axloq va odabga chorlovchi ertaklarni so’zlab berishsa, kichik rollarga kirib ijro qahramonlar obrazini gavdalantiri etishga ularning ma’naviyatini, ijodiy tafakkurini yuksaltirishda katta tarbiyaviy ish qilgan bo’lishadi.

Ijod-aqliy saloxiyatga bog’liq jarayon. Aqlan rivojlanishi va fikr tarbiyasini yaxshilash uchun bolaning fikrlashi, zakovati, xotirasi hamda mushoxada qobiliyatini takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlar o’tkaziladi, unga turli ibratli ertak va hikoyalar so’zlab beriladi, aqlan zakovatini o’stiradigan o’yinlar, mashg’ulotlarga jalb qilinadi, zarur bilim va ma’lumotlar yodlatiladi. Odatda, bolalar kichik yoshda har bir ko’rgan narsasi haqida so’raydigan, ularni tekshirib, sinab ko’radigan, tinimsiz savollar beradigan bo’ladi. Bunday paytda ularning savollariga erinmay, hafsala bilan, tushunarli, sodda qilib javob qaytarish, ertak va xikoyalarni rollarga kirib saxnalashtirishga jalb etish, obrazlarga kirib ijro etishga o’gatib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bolaning ijodiy rivojlanishida ruxiy tarbiya ham albatta yaxshi bo’lishi kerak, buning uchun bolaga hayot va o‘lim, axloq va odob kabi boqiy mavzularda sodda, bola ruxiyatiga mos suxbat hamda rollarga kirib tushuntirishlar olib borish bilan quvnoq kayfiyat, yarativchanlik ishtiyoqini shakllantirib boriladi. Chunki sog‘lom ruxiyatgina bolani butun vujudini ijodiy emotsiyaga yo‘naltira oladi. Xissiyotga beriluvchan va ta’sirchan bolalarda haqiqatni ko‘ra bilish, jasurlik, matonat kabi xislatlarni shakllantirish, aksincha, diydasi qattiq bolalarning qalbini yumshatadigan omillar yordamida ularni mayin xissiyotli, ijod bilan ovunadigan qilib tarbiyalash shart. Bolani ruxiy tushkinlikka tushushdan, qiyinchiliklar oldida esankirab qolishdan ximoyalashda saxnalashtirish faoliyatiga yo‘naltirishning ahamiyati juda katta. Taomilda, bolaning qaysarlik davrida (to’rt yoshdan o‘n olti yoshgacha ) olib boriladigan iroda tarbiyasida biroz qattiqqo‘llik, chidam kerak bo‘ladi, ammo ayni damda u sevgi, mexribonlik, samimiylikni ham xis etib tursin. Bu jarayon bolaning har qanday faoliyatida erkin va mustaqil bo‘lishiga yordam beradi. Bayram ertaliklari, turli ertak va rivoyatlarni saxnalashtirish jarayoni har qanday yoshdagi bolaning ruxiyatiga ijobiy ta’sir etishini doimo guvoxi bo’lamiz.

Saxnalashtirish jarayonida ijodiy qobiliyatning yana bir asosi jismoniy sog’lomlik, chiniqish, tananing bola yoshiga mos sog’lom rivojlanganligi. Allomalarimiz ruxiy va modiy hayotni huddi narvonning ikki zinapoyasiga o’xshatishadi. Ya’ni, ikki taraf baravar- teng bo’lishi uchun barvaqt harakat qilish lozim. Bolaning aqli, ruxiyati kuchli bo’lishi bilan birga badani, jismi ham sog’, chiniqqan, har qanday mashaqqatlarga bardoshli bo’lishi muxim. Bu xususda xadisi shariflarda, “Kuchli mo’min kishi Alloh huzurida kuchsiz mo’mindan yaxshiroq va mahbubroqdir” deyilgan. Bola rol ijro etish mobaynida xam ijodiy ham salbiy qahramonning rolini ijro etadi, kuchli va kuchsiz, irodali va zaif, quvnoq va qaysar, nimjon va polvon kabi turli obrazlarni talqin etish jarayonida o’zi muloxaza qiladi, xulosa chiqaradi, tanlash imkoniga ega bo’ladi, jismoniy va aqliy sog’lom bo’lsa maqsadga erishish, g’alaba qilish mumkinligini anglab boradi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida “Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar M. Bexbudiyning “Teatr- bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir deb yozadi. Qadim tarixga, ibratli o’tmishga ega xalqimiz asrlar davomida o’z milliy an’ana va urf –odatlarini, ma’naviy, moddiy boyliklarini asrab, kelajak avlodga munosib me’ros qoldirgan. Azaldan sharq xalqlarida eng oily me’ros farzandga qoldiriladigan ilm, hunar, tarbiyadan qimmatlisi bo‘lmagan . Bu ilmni yosh avlod qalbiga singdirish, hayot saboqlarini berishda esa eng soda va tushunarli yo’l teatr, sahna asarlari bo’lgan.

Bugungi kunda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev maktabgacha ta’lim soxasini isloh qilishning rivojlangan davlatlar tajribasidan o’tgan, sinalgan usullari asosiga olib borish, tashkil qilish tashabbuskori bo’lmoqda. Shu bilan bir vaqtda maktabgacha ta’lim sohasi tarbiyachi- murabbiylariga yuksak ishonch bildirib, barkamol avlod tarbiyasiga mas’uliyat, yuksak iqtidor, kuchli bilim bilan yondoshishni talab qilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonigan qabul qilingan bir qator farmon va farmoyishlar, davlat talablari takomillashtirilgan ta’limni talab qilmoqda.   

 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish