1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish faoliyatga yo’naltirish orqali ijodiy rivojlantirish yo’llari



Download 0,85 Mb.
bet3/55
Sana11.08.2021
Hajmi0,85 Mb.
#145122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
SAXNALASHTIRISH

jodkorlik- bu shaxsning yangi g’oyalarni yaratishga moyilligini, uning iqtidorliligini va noyob qobiliyatga ega ekanligini anglatadi.

 Shaxsning ijodkorligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi va iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, ijodkorlik zehn o’tkirligini ham belgilab beradi.



P. Torrens fikricha, ijodkorlik (ingliz tilida “creative” – yaratish, yaratuvchi, ijodkor): muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o’zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.

Boshqa har qanday fazilat kabi ijodkorlik ham birdaniga shakllanmaydi. Xo’sh, bolalarda ijodkorlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?


Odatda ijodkorlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat ularning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qaratish zarur:

1. Ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;

2. Bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda mas’uliyatni kuchaytirish;

3. Bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

4. Bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. 

Odatda bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish avvalo ota-ona, bolalar bog’chasi tarbiyachilari va albatta ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.

Shaxsning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.

Har bir shaxs muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, masala yechimini topishga ijodiy yondashishi jarayonida unda hissiy-irodaviy sifatlar rivojlanib boradi. Shaxs o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.

Bolalarda ijodkorlik fazilatlarini rivojlantirish yuzasidan Devid Lyuis tomonidan amaliy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat:

1. Bolalarning savollariga chidam bilan to’g’ri javob bering.

2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.

3. Bolalarga o’z ishlari bilan shug’ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.

4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog’liq bo’lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.

5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko’rishingizni va ularni qanday bo’lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.

6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.

7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko’maklashing.

8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.

9. Kamchiliklarini ko’rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.

10. Bolani kamsitmang va o’zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo’l qo’ymang.

11. Uni mustaqil fikrlashga o’rgating.

12. Bolani sevimli mashg’ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan qurollantiring.

13. Uni turli voqealarni o’ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.

14. Bolani yoshlikdan o’qib-o’rganishga odatlantiring.

15. Doimo bolaning ehtiyojlariga e’tibor qarating.

16. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.

17. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.

18. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.

19. Bolani har bir yutug’i uchun maqtang.

20. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo’ling

21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o’rgatib boring.

22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o’ylab toping. 23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o’ynashni taqiqlamang – bu uning tasavvurini boyitadi.

23. Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag’batlantiring.

24. Bolaga nisbatan o’z munosabatingizni baholashda odil bo’ling.

25. U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang.

26. Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo’lish imkonini bering.

27. Bolaga uning shaxs bo’lib shakllanishi uchun yordam bering.

28. Bolaga uning uchun foydali bo’lgan teleko’rsatuvlarni tomosha qilishi va radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko’maklashing.

29. Uni o’z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring.

30. Bolani kattalardan mustaqil bo’lishga o’rgatib boring.

31. Bolaning o’ziga va uning sog’lom fikrga egaligiga ishoning.

32. Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga be’etibor bo’lishga o’rgatmang

33. Bolaga, garchi u ishning ijobiy natijaga ega bo’lishiga ishonmasa-da, boshlangan ishni oxiriga yetkazishi uchun imkoniyat yarating.

 Devid Lyuisning bor yo’g’i 33 ta ko’rsatmasiga hayotda doimo amal qilsangiz, siz tarbiyalagan farzandlar albatta kelajakda yaratuvchi ijodkor bo’lib ulg’ayadi. Uni hech qanday muammo qiynashiga yo’l qo’ymaydi, yengilmaydi, ojiz qolmaydi, chunki, siz uni o’ziga ishonchini tarbiyalab qo’ydingiz. U albatta qiynalmay yechim topibgina qo’ymay, kashfiyot ham yaratadi.  

 O’z vaqtida ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish sizni ruxiy zo’riqishdan, qo’rquv va xavotirdan qutqaradi. Ishonmasangiz sinab ko’ring:




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish