1 –laboratoriya mashg’uloti 1-Mavzu



Download 282,35 Kb.
bet2/10
Sana21.01.2022
Hajmi282,35 Kb.
#395095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-laboratoriya

Mexanik qismiga: shtativ (1); tubus (2); revolver (4); makrovint (6) ; mikrovint (7); ikki qavatli buyum stolchasining ostki qavati (8); buyum stolchaning ustki qavati (9); buyum stolchasini surish vintlari (10); kondensorni harakatga keltiruvchi vint (12); kondensor ostidagi halqacha (14); qisqichlar (15).

Optik qismiga: okulyar(7х,10х,15х) (3); obyektivlar(8х,20х,40х,90х,120х) (5); Abbe kondensori (11); mikroskop ko'zgusi (13) kiradi.

Yuqoridagi qismlarning bajaradigan vazifasi:



1. Shtativ - mikroskopning ayrim qismlarini o'rnatish uchun ishlatiladi.

2. Tubus – tekshiriladigan obyektni turli kattalikda ko'rsatadigan okulyarlar o'rnatiladi.

3. Okulyar - kattalashtirib ko'rsatish darajasi uning halqasidagi 7x, 10x, va 15x belgilar bilan ifodalanadi.

4. Revolver - tubusning pastki uchida joylashgan bo'lib, unga obyektivlar o'rnatiladi.

5. Ob`yektivlar - ustiga 8x, 20х, 40x, 90x, va 120х ishoralari yozilgan bo'lib, ular ob`yektivlarning kuchini, ya'ni tekshirilayotgan ob`yektlarni necha marta kattalashtirib ko'rsatayotganini ifodalaydi. Mikroskopni necha marta kattalashtirib ko'rsatayotganini aniqlash uchun ob`yektivdagi raqamni okulyardagi raqamga ko'paytiriladi. Masalan, ob`yektiv 8x okulyar 15x ga teng bo'lsa, ob`yektivning kattaligi shu sonlarning bir-biriga ko'paytirish natijasi (8x15=120)ga teng bo'ladi. Demak, kattalashtirilayotgan ob`yekt 120 marta katta bo'lib ko'rinadi.

6. Makrovint - kuzatilayotgan ob`yekt mikroskopdagi makrovint yordanida topiladi.

7. Mikrovint - tekshirilayotgan ob`yektni aniqroq ko'rish uchun ishlatiladi. U juda nozik mexanizm bo'lib, uni ortiqcha burash yaramaydi.

8. Buyum stolchasining ostki qavati - ikki qavatli buyum stolchasining ostki qavati shtativga maxkam berkitilgan bo'lib, u stolchaning ustki qavatini tutib turadi.

9. Buyum stolchasining ustki qavati - stolchaning ustki qavati harakatchan bo'lib, uni o'ngga, chapga, orqaga, oldinga burish mumkin. Buning uchun stolchaning ikki tomonidagi vintlardan foydalaniladi.

10. Buyum stolchasini surish vintlari - buyum oynasi qo'l bilan oldinga yoki bir chekkaga surib qo'yilsa, tekshrilayotgan obyekt ko'zga chalinmay qolishi mumkin. Shu sababli uni qo'l bilan emas, balki stolchani harakatga keltiradigan vintlar yordamida mikroskop doirasining markaziga keltirish kerak.

11. Abbe kondensori - maxsus oynalardan tuzilgan bo'lib, mikroskopga yorug'lik to'plash maqsadida ishlatiladi. Kondensor yuqoriga ko'tarilsa tubusga tushadigan yorug'lik nurining kuchi tobora ortadi.

12. Kondensorni harakatga kelturuvchi vint - yorug'lik nurini normada bo'lishini ta'minlash uchun buraladi.

13. Mikroskop ko'zgusi - bir tomoni botiq, ikkinchi tomoni tekis bo'lib yorug'likni o'lchash maqsadida qo'llaniladi.

14. Kondensor ostidagi halqacha - yorug'lik kuchayib ketganda halqachaga oq yoki havo rang va boshqa tusdagi shisha filtrlar o'rnatiladi.

15. Qisqichlar - buyum stolchasining ustki qismiga joylashgan bo'lib, buyum oynasini siljitmay bir o'rinda saqlash maqsadida ishlatiladi.

Mikroorganizmlarni tekshirganda asosan 90х yoki 120х li ob`yektivlar qo'llaniladi. Bu ob`yektivlar immersion yoki moyli ob`yektiv deyiladi. 90x va 120x li obyektivlarni ishlatish vaqtida tayyorlangan va kuzatilayotgan ob`yektga kedr yoki kostorka moyi tomiziladi. So'ngra moy tomchisiga ob`yektivning uchi botiriladi. Kondensor yuqoriga surilib oxirigacha ko'tariladi. Bu paytda kondensorga to'plangan yorug'likning hammasi moy tomchisi orqali o'tib muhitga tarqalmasdan immersion ob`yektivga boradi. Tekshirilayotgan ob`yekt esa juda aniq va ravshan ko'rinadi. Quruq sistemada ya'ni 8x, 20x, 40x ob`yektivlarga qaralganda moy ishlatilmaydi. Obyektiv bilan ob`yekt o'rtasida havo bo'shlig'i bo'ladi. Havo bo'shlig'i orqali o'tgan yorug'likning bir qismi ob`yektivga bormasdan yo'qoladi. Chunki havoning yorug'lik sindirish koeffisienti (n=1,0) buyum oynasining yorug'lik sindirish koeffisienti (n=1,52) dan pastroq bo'ladi. Bunda yorug'likning bir qismi yo'qolishi natijasida ob`yekt ham yaxshi ko'rinmaydi. Shu sababli immersion sistema qo'llaniladi (2-rasm).






Download 282,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish