1-лаборатория иши



Download 0,85 Mb.
bet3/20
Sana23.04.2022
Hajmi0,85 Mb.
#577349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5447238456658890989

3-AMALIY MASHG’ULOT
PAXTA TOLASI SIFATINI HVI TIZIMIDA ANIQLASH


Ishning maqsadi:
LPS-4 laboratoriya uskunasi va HVI uskunasining mikroneyr moduli yordamida paxta tolasi navini aniqlashni o’rganish.
Topshiriqlar:
1.Paxta tolasidan namuna tayyorlash usuli yozilsin;
2.LPS-4 uskunasida paxta navini aniqlash yo’li yozilsin va shakli chizilsin;
3.Mikroneyr moduli yordamida paxta navini aniqlash yo’li yozilsin va shakli chizilsin.

Paxta tolasidan tayyorlangan 4 ta namunani tartib bilan uskuna ichiga tuzatilgan holda joylashtiriladi. So’ng uskuna qopqog’i mahkam yopilib, ventilyator qismi orqali 1,8 dm3/sek. hajmdagi havo beriladi. Bu uskunaning birinchi manometrining ko’rsatkichi 100 mm suv ustuniga teng bo’lganda chap tomonda joylashgan manometr ko’rsatkichi yozib olinadi. Shu usulda barcha namunalar tekshiriladi. Manometr ko’rsatkichlari bo’yicha maxsus jadvaldan paxta tolasining hususiyatlari olinadi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.



Namunalar tartib raqami

Uskunaning o’rtacha ko’rsatkichi mm. suv ustunida

Mustahkamligi sN hisobida

Pishib etilganlik koeffitsienti

Yo’g’onligi, m teks hisobida

Tolaning navi

1
















2
















3
















4
















Uskunaning o’rtacha ko’rsatkichi asosida tolalarning mustahkamligi, yo’g’onligi, pishib etilganligi va so’ngra ularning navi aniqlanadi.
Namuna – partiyaning bitta joyidan olingan namunaning massasi.
O’rtacha namuna – namunalar jami bo’lib, to’daning har xil joyidan olinadi.
CHigitli paxtaning sortini aniqlash uchun o’rtacha namuna olinadi. Olingan namunani stol ustiga quyib, bir tekisda aralashtiriladi va to’g’riburchak ko’rinishida taxlanadi, uni to’rt bo’lakka bo’linadi. Qiyamasi bo’ylab qarama-qarshi joylashgan namuna qismlari tashlanadi, qolgan ikki qism yana birga qo’shilib yaxshilab aralashtiriladi. Bu namuna ham oldingisi qatori to’g’riburchak ko’rinishida to’rt bo’lakka ajratiladi.
Ishni shu tarzda davom ettirishimiz kerkki, oxirida namunaning og’irligi 200-300 g ni tashkil etsin.
Agar olingan o’rtacha namunaning namligi 12 foizdan ko’p bo’lsa, birinchi navbatda SXL-3 quritish uskunasida quritiladi va LKM uskunasida esa nuqson va chiqindilardan tozalanadi.
Tozalangan paxtani PPV markali jin-tola tozalagich uskunasidan o’tkaziladi. Bu uskunaning asosiy vazifasi tolani chigitdan ajratadi va bir vaqtning o’zida tolani no’qsonlardan tozalaydi. Agar PPV uskunasi bo’lmasa, DL – 10 jin uskunasida tolani chigitdan ajratib, AX-3M analizatorida tola tozalanishi mumkin.
T olani tozalaganimizdan so’ng, to’rtta namuna olinadi. Namunaning og’irligi paxtaning naviga bog’liq bo’ladi. (610g) olingan to’rtta kichik namuna ketma-ketlik bilan asbobning ishchi qismi bo’shlig’iga bir xil tekis holatida solinadi. Bo’shliq qopqog’i bilan zich yopiladi. Shunda ventilyator ishga tushiriladi, natijada drossel dastagi yordamida namunaga 1,8 dm3/s miqdorda havo yuboriladi.O’ng manometr daraja ko’rsatkichining qiymati 100mm. Suv .ust. bo’lgunga qadar dastak harakatga keltiriladi. O’ng manometrning qiymati 100 mm. Suv. Ust. bo’lganda chap manometrning ko’rsatish qiymati yozib olinadi.
Birinchi olingan kichik namuna o’lchanib bo’lgandan so’ng, bo’shliq qopqog’i ochilib, ichidan namuna olinadi va keyingi kichik namunalar uchun ham ish shu holatda takrorlanadi. To’rtta kichik namunaning qiymati bo’yicha o’rtacha qiymat olinib, maxsus jadvaldan tolaning asosiy ko’rsatkichlari olinadi. Misol uchun quyida Paxtasanoatilm tomonidan ishlab chiqarilgan uzun tolali paxta Termiz-24 uchun jadval keltirilgan namuna massasi (6,60,01) g.
15-rasm.LPS-4 uskunasining shakli:
1-ishchi kamera; 2-diafragma; 3,4-kamera; 5,6-suvli manometrlar; 9-ventilyator; 7-qopqoq; 8-mahkamlash moslama; 10-drossel dastagi
Mikroneyr moduli
Mikroneyr paxta tolasining namunasini, undan o’tayotgan havo oqimiga qarshiligini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Havo oqimi, doimiy hajmli kameraga joylashtirilgan ma`lum massadagi toladan o’tkaziladi. Undan so’ng kameradagi bosim farqi tolaning solishtirma yuzasiga nisbatlanadi va mikroneyr qiymati aniqlanadi.
Namunani tarozida tortish, havo oqimlaridan plastik qobiq bilan himoyalangan aniq elektron tarozida amalga oshiriladi. Tortilgan namuna mikroneyr kamerasiga joylashtiriladi, kamera qopqog’i yopiladi, undan so’ng avtomatik ravishda o’lchash o’tkaziladi. o’lchash tugatilganidan so’ng, qopqog’i ochilib, namuna kameradan chiqarib tashlanadi. Monitorda mikroneyrning o’lchangan qiymati ko’rsatiladi.

16-rasm.Uster HVI 900 SA tizimining umumiy ko`rinishi


1-mikroneyr; 2-elektron tarozi.





Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish