1-лаборатория иши



Download 0,85 Mb.
bet8/20
Sana23.04.2022
Hajmi0,85 Mb.
#577349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2 5447238456658890989

Maxsus guruhchasiga «grinsbon» va «tik-lastik» nomli oqartirilgan gazlamalar kiradi. Grinsbonning o‘rilishi teskari sarja. Tik- lastik atlas o‘rilishida ishlab chiqariladi. Bu gazlamalarning tanda va arqoq i plarigachiziqli zichligi 25–36 teksli kardayigirish usulida olingan i plar ishlatiladi.Bu gazlamalar mudofaaxodimlarining ichki kiyimlari uchun ishlatiladi.
Tortinchi guruhga satin o‘rilishidagi satin gazlamalari kiradi. Bu guruh gazlamalarning tuzilishida ishlatilgan iplarning turiga ko‘ra ikkita guruhchaga bo‘linadi: karda yigirish usulida va qayta tarash usulida olingan iplardan ishlab chiqarilgan satinlar.
Birinchi guruhchadagi satinlarni chiziqli zichligi 15,4 – 18,5 teksga teng bo‘lgan karda iplaridan ishlab chiqariladi. Yuza zichliklari 124 –150 g/m2. Ikkinchi guruhchadagi satinlar tanda yo‘nalishida 10 –15,4 teks, arqoq yo‘nalishida 8,5 – 11,8 teks bo‘lgan qayta tarash usulida olingan iplardan iborat. Yuza zichligi 114 – 130 g/m2.
Satin gazlamalarida arqoq yo‘nalishidagi zichligi va to‘ldirilichi
tanda yo‘nalishidagiga nisbatan salkam ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ularning sirti silliq, o‘ng tomonidan ko‘rinishi yaltiroq bo‘ladi.
Xuddi shunday ip gazlamalarning atlas o‘rilishdagisi «lastik» deb ataladi.
Satin va lastik gazlamalarining eni 60 – 100 sm. Ular sidirg‘a rangli, gul bosilgan va kamdan kam hollarda oqartirilgan bo‘lishi mumkin.
Satin va lastiklar ayollar xalatlari va ko‘ylaklari, ko‘rpa va yostiq jildlari, sidirg‘a ranglari esa astarlik va maxsus kiyimlar uchun ishlatiladi.
Beshinchi guruhga koylakbop gazlamalar kiradi. Ip gazlamalarining assortimentida bu guruh asosiy, eng katta va ko‘p xildagi gazlamalardan tashkil topgan. U to‘rt guruhchaga bo‘linadi: a) yozgi; b) mavsumiy; v) qishki; g) sun’iy ipakni qo‘shib ishlab chiqarilgan. Yozgi va mavsumiy ko‘ylakbop gazlamalar assortimentida hamisha yangi turlari ishlab chiqariladi.
Ko‘ylakbop gazlamalarning ko‘pi karda yigirishda olingan yakka va pishitilgan iplardan ishlab chiqariladi. Eng sifatli gazlamalarda esa yo‘nalishlarining birida yoki ikkalasida qayta tarash usulida olingan iplar ishlatiladi. Ba’zi gazlamalarda shakldor iplar ham ishlatiladi. Gazlamalarning tashqi ko‘rinishini va xususiyatlarini yaxshilash uchun paxta ipiga kimyoviy tola yoki iplari qo‘shiladi, mayda gulli o‘rilishlar ishlatiladi, pardozlashda maxsus ishlovlar beriladi.
Yozgi guruhchadagi gazlamalar jumlasiga yupqa, yengil, havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan gazlamalar kiradi: batist, markizet, mayya, volta, vual, kiseya kabi gazlamalar.
Batist — juda mayin, yupqa, ishqoriy ishlov berilgan, polotno o‘rilishdagi gazlamadir. U oqartirilgan, ochiq rangga sidirg‘a bo‘yalgan, tagi oq rangda mayda gulli qilib pardozlangan holda ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 68 – 75 g/m2, eni 80 sm, ishlab chiqarish uchun qo‘llanilgan ipining yo‘g‘onligi qayta tarash usulida olingan 10 teksli ip tanda iplari bo‘yicha, 8,5 teksli ip arqoq iplari bo‘yichadir.
Markizet — qayta tarash usuli bilan olingan yo‘g‘onligi 5,9 teksli ikki qavatlab pishitilgan iplardan polotno o‘rilishida ishlab chiqariladi. Yuza zichligi — 76 g/m2, eni — 80 sm.
Mayya gazlamasini ishlab chiqarish uchun tanda bo‘yicha 15,4 teks, arqoq bo‘yicha 11,8 teksli iplar ishlatiladi. O‘rilishi — polotno. Yuza zichligi — 78 g/m2, eni — 80 sm.
Volta — eng yupqa va mayin, ancha tiniq, polotno o‘rilishidagi, qayta tarash usulida olingan yo‘g‘onligi 8,33 – 10 teksga teng bo‘lgan iplardan ishlab chiqariladigan gazlama. Ishqoriy ishlov berilib, gul bosilgan holda pardozlangan bo‘ladi.
Vual — qayta tarash usuli bilan olingan ingichka va maxsus eshilishlar soniga ega, yo‘g‘onligi tanda va arqoq iplari bo‘yicha 11,8 teksli ipdan mayda gulli (krep) o‘rilishida ishlab chiqariladi.
Uning yuza zichligi — 67 g/m2, eni — 90 sm, pardozlanish
jarayonida ishqoriy ishlov beriladi va gul bosiladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish