UNIVERSAL BO’LISH KALLAGINI SOZLASH
Ishdan maqsad:
Talabalarni UBK-D-250 universal bo’lish kallagini sozlash usullari bilan amaliy tanishtirish.
Topshiriqlar:
UBK-D-250 universal bulish kallagining tuzilishi, kinematik sxemasini, uni oddiy va differensial bo’lishga sozlashni o’rganish.
Dastgohni bo’lish kallagi yordamida vintsimon ariqchalar frezalashga sozlash va ishlov berish.
Ishning hisobotini tuzish.
UBK-D-250 universal bo’lish kallagi
UBK-D-250 universal bo’lish kallagini diametri 250 mm.gacha bo’lgan zagotovkalarga ishlov beriladigan, stoli 2-nomerli 6M82, 6R82 konsolli frezalash dastgohlariga o’rnatish tavsiya etiladi. Bo’lish kallaklari konsolli frezalash dastgohlarida razvyortkalar, metchiklar, frezalar, boltlarning kallaklari, gaykalarning toreslari, shlislar, tishli gildiraklar, vintli vallar va boshqa detallarni tayyorlashga imkon beradi. Shuningdek, bo’lish kallaklari zagotovka o’qini dastgoh stoliga nisbatan zarur burchakka o’rnatish uchun va zagotovkani o’z o’qi atrofida ma’lum burchakka burib turish va vintsimon ariqchalarni qirqishda zagotovkani uzluksiz aylantirib turish uchun zarur.
Universal bo’lish kallagi (6.1-rasm) ikkita tortqi yoy 9 li cho’yan asos 8
ga korpus 10 o’rnatilgan. Gaykalarni bo’shatib
korpusni shkala va nonius 11 buyicha aniqlangan ma’lum burchakka burish mumkin (6.1v-rasm). Bo’lish kallagi asosiga joylashgan tayanch tekislikda shpindelga parallel joylashgan ikkita suxar bo’lib, ular kallakni frezalash dastgohining stolidagi ariqchalariga o’rnatish uchun muljallangan. Bo’lish kallagi korpusida ochiq teshikli shpindel joylashgan bo’lib, uning uchlari Morze konusi № 3 bo’yicha yo’nilgan. Ularning biriga markaz 12, ikkinchisiga differensial bo’lish opravkasi o’rnatilgan. Shpindelning oldingi uchida rezba va markazlovchi belbog’ 13 bor. Ular shpindelga uch kulachokli o’zi markazlovchi patronni mahkamlash uchun zarur.
Shpindel burtigiga 24 ta teshikli bevosita bo’lish diski 7 o’rnatilgan. Shpindelning o’rta qismida chervyakli g’ildirak joylashgan bo’lib, uning toresida aylanma ariqcha bor (6.1-rasm). Unga qisqich 14 ning uchi kirib turadi. Chervyakli g’ildirak 5 ekssentrik vtulka joylashgan chervyak 4 dan aylanadi (6.2-rasm). Korpusning orqa tomoniga joylashgan sektorli dasta bilan vtulkani burib, chervyakni tishlashtirish yoki ajratish mumkin. Bo’lish diski-limb 17 qopqoq 15 ga joylashgan sirpanish podshipniklariga o’rnatilgan valga o’tkazilgan.
Bu valga konussimon va silindrsimon tishli g’ildiraklar ham o’rnatilgan (6.1-rasm). Qopqoq. 15 korpus 10 ga markazlovchi kanavka yordamida qotirib, asosiga qo’zg’almas qilib mahkamlanadi. Limbga prujina yordamida qurilma chizg’ichli sektor 16 qisilgan. Sektor ikkita chizg’ich 22 va qisish vinti 18 dan iborat. Vint yordamida chizg’ichlar zarur burchakka o’rnatiladi. Prujina shayba sektorning burilib ketishiga yo’l qo’ymaydi (6.1-rasm).
6.1-rasm.Universal bo’lish kallagi
Dastgohdan mexanik harakat oladigan val 19 sirpanish podshipniklariga o’rnatilgan va qopqoq 15 ga mahkamlangan vtulka 20 da joylashgan. Valning uchida konussimon tishli g’ildirak bo’lib, limb 17 ning valiga o’tkazilgan konussimon tishli g’ildirak bilan doimiy tishlashib turadi. Limb 17 zarur paytda qotirgich 6 bilan qattiqlab qo’yiladi.
Ketingi babka markazini gorizontal va vertikal yo’nalishlarda siljitish mumkin. Asos 1 da korpus 2 joylashgan. U shtift orqali reyka bilan tutashgan. Tishli valning kallagini aylantirib, korpusni yukoriga surish va shtift o’qiga nisbatan burish mumkin. Ketingi babka zarur paytda bolt va gaykalar yordamida dastgoh stoliga mahkamlanadi (5.1-rasm, a). Vintga mahkamlangan dasta 5 aylantirilsa, pinol 3 yarimmarkaz 4 bilan birga suriladi. Ketingi babka asosining tayanch tekisligida pinol o’qiga nisbatan to’g’rilangan ikkita yo’naltiruvchi suxar bor.
Dastgoh stoliga o’rnatish vaqtida bo’lish kallagi bilan ketingi babka markazlarining to’g’ri kelishi ta’minlanadi. Uzun va ingichka yetarlicha bikirmas tayerlamalarga ishlov berishda lyunet qo’shimcha tayanch vazifasini bajaradi (5.1-rasm, b). Lyunet korpus 3 ning ichiga joylashgan prizmasimon kallakka ega. Kallakni gayka 2 yordamida yuqoriga va pastga suriladi. Prizmani kerakli balandlikda qotirgich vint 4 bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |