METALL QIRQUVCHI DASTGOXLARDAGI XARAKATLAR
Ishning maqsadi:
Metallarni qirqib ishlashdagi xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalarini o’rganish.
Turli dastgohlarda metallarni qirqib ishlashda bajariladigan harakatlarni o’rganish.
Korjomani (kombenizon, xalat, bosh kiyim) kiyib olinadi. Korjomani barcha tugmalari taqib yoki bog’lagichlari bog’lab olinadi. Soch bosh kiyimini ostiga yig’ishtirib olinadi. Kiyim boshning osilib turgan qismlari bo’lmasligi kerak.
Dastgoh salt (xolostoy) yurgizilib, uning harakatlanuvchi qismlarining ravon harakatlanishi tekshirib ko’riladi.
Dastgoh korpusining va elektrodvigatelining yerga ulanish moslamasining sozligi tekshirib ko’riladi.
Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar va limblarni sozligi, ihota va ehtiyot qismlari, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini, knopka, rubilnik, yurgizib yuborgichlarni ishlashini tekshirib ko’riladi.
Ishga halaqit beradigan barcha narsalar chetga olib qo’yiladi.
Qirindi uchun cho’tka-supurgi va kurakcha oyoq ostiga qo’yiladigan taglik (trap) borligi tekshirib ko’riladi.
Qilinadigan ishlar to’g’risida o’qituvchining yoki o’quv ustasining ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglanadi.
Ish o’rnini qirindi, moydan o’z vaqtida tozalab turiladi.
Dastgohda ustida detallar, zagotovkalar, asboblar, mahkamlash detallari hamda artish materiallari turmasligi kerak.
Patronga, tiskiga va moslamalarga zagotovka to’g’ri o’rnatilishi va puxta mustahkamlanishi lozim.
Ishlov berilayotgan zagotovkani qo’l bilan tutib turish mumkin emas.
Patronga zagotovka yoki asbob mahkamlangandan keyin buragichni patronda qoldirmaslik kerak.
Aylanib turgan shpindel, patron, zagotovka yoki asbobni qo’l bilan to’xtatish yaramaydi.
Materiallarga ishlov berishda himoya ko’zoynagi taqib olish yoki organik shishadan yasalgan himoya to’sig’i o’rnatish zarur.
SHpindelning aylanish tezligi belgilangan mehyorga yetganidan keyingina kesuvchi asbobni zagotovkaga asta sekin keltirish kerak.
Kesuvchi asbob singanda, mahkamlash detallari bo’shab qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda dastgoh darxol to’xtatilishi lozim.
Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari:
Dastgoh elektr tarmog’idan o’chiriladi.
Ilmoq va cho’tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi.
Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.
Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy-joyiga qo’yiladi.
Qirindi va ishlatib bo’lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |