Kremniyli tog‘jinslari
Kremniyli tog‘jinslari deb kremniy minerallaridan tashkil topgan
tog‘jinslariga aytiladi. Ular kimyoviy jinslar orasida keng tarqalgan bo‘lib,
karbonatlardan keyingi o‘rinda turadi.
Diatomit opal tarkibli jins bo‘lib, uning asosiy qismini diatomit suv
o‘simliklari (70-80%) tashkil qiladi. Jins tarkibida glaukonit, gil
zarrachalari ham uchrashi mumkin. Diatomitning rangi oq bo‘lib, tashqi
ko‘rinishi bo‘rga o‘xshash, qo‘lga yuqadi, suvni singdirib oladi. Jins
teksturasi ko‘pincha qatlamli, mikroqatlamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |