Karbonat tog‘ jinslarining amaliy ahamiyati. Ohaktoshlarning xalq
xo‘jaligida ahamiyati katta bo‘lib, ular metallurgiya sanoatida metallarni
zararli qo‘shimchalardan tozalashda flyus sifatida ishlatiladi, yana qurilish
materiallari sifatida, kimyo, shisha va boshqa sanoat sohalarida keng
qo‘llaniladi. Ohaktoshning gilli turidan sement tayyorlanadi. Dolomitlar
o‘tga chidamli materiallarni tayyorlashda, metallurgiya, sement, shisha va
keramika sanoatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |