Kimyoviy ohaktoshlarga buloq atroflarida hosil bo‘ladigan ohakli
tuflar ham kiradi. Ular g‘ovakli jins bo‘lib, pelitomorf va mikrodonalidir.
Kimyoviy ohaktoshlar katagenez va metagenez jarayonida qayta
kristallanadi. Kalsit donalarining o‘lchami 1 millimetrga yetishi va ortishi
ham mumkin.
Organogen ohaktosh keng tarqalgan. Ular har xil umurtqasiz
organizmlarni butun yoki singan (marjon, braxiopoda, mshanka,
gastropoda, krinoid, fuzulina numulit va boshqalar) bo‘laklaridan tashkil
topgan. Jins tarkibida yana kimyoviy kalsit va boshqa qo‘shimcha
minerallar uchraydi. Organogen ohaktoshlar ayrim joylarda riflarni tashkil
qiladi. Ular cho‘kindi jinslar orasida har xil shakldagi geologik jismlar
holida uchraydi. Rif jismlari stolbasimon va linzasimon shakllarni tashkil
qilib, ularning qalinligi 100 metrga yetishi mumkin.
Bo‘r organogen ohaktoshlarning turi bo‘lib, kuchsiz sementlangan oq
jins, u asosan koqkolitoforid va foraminifer qoldiqlaridan tashkil topgan.
Ularning miqdori 70-80 % gacha yetib, qolgan qismini kukunsimon
kimyoviy kalsit tashkil qiladi. Oz miqdorda gil minerallari va bo‘laklar
uchraydi.
Bo‘lakli ohaktoshlar qadimiy ohaktoshlarning fizikaviy nurashi
mahsulidir. Bo‘laklar har xil darajada silliqlangan bo‘lishi mumkin.
Dolomit deb dolomit mineralidan tashkil topgan tog‘ jinsiga aytiladi.
Dolomit minerali kalsit mineraliga o‘xshash bo‘lib, undan romboedrik
kristallari bilan ajralib turadi. Dolomit jinsining tashqi ko‘rinishi
ohaktoshni eslatadi. Xlorid kislotasi ularga har xil ta'sir etadi. Ohaktoshga
62
xlorid kislotasi tomizilganda u reaksiya beradi, dolomitga esa ta'sir
etmaydi.
Bo‘lakli dolomit silliqlangan yoki qirrali dolomit bo‘laklaridan tashkil
topgan. Bo‘laklar dolomit yoki kalsit bilan sementlanadi. Jins tarkibida
qo‘shimcha material shaklida har xil terrigen minerallar uchrashi mumkin.
Bo‘lakli dolomitlar kimyoviy dolomitlarning qalin qatlamlari orasida
qatlam va linza shaklida uchraydi. Ular dolomit qatlamlarining dengizning
qirg‘oq qa yaqin yoki sayoz qismida qayta yuvilishi jarayonida hosil
bo‘ladi.
Organogen dolomitlarda har xil organizm qoldiqlari uchraydi.
Organizm qoldiqlari qoral, braxiopoda, mshanka va boshqalar bo‘lib, ular
pelitomorf yoki donali dolomit bilan sementlangandir. Sementda ma'lum
miqdorda kalsit uchrashi mumkin.
Kimyoviy dolomit pelitomorf, mayda donali jins bo‘lib, ayrim hollarda
oolit tuzilishga egadir. Pelitomorf dolomitlarda organizm qoldiqlari
uchramaydi. Jins tarkibida qo‘shimcha mineral shaklida angidrit va gips,
ayrim hollarda gil minerallari bo‘ladi.
Dolomit
Do'stlaringiz bilan baham: |