Kontakt metamorfizm jinslari ikki turga bo‘linadi: 1. Kontakt termal
(soviyotgan Intruziv harorati ta'siri natijasida atrofdagi jinslarning
o‘zgarishi); 2. Kontakt metasomatik. Kontakt termal metamorfizm
jinslariga rogovik kiradi. Rogoviklarda quyidagi fatsiyalar uchraydi: 1.
Kvars-albit rogovikli. 2. Amfibol rogovikli. 3. Piroksen rogovikli. 4.
Sanidinitli.
Kvars-albit rogovik fatsiyasi. Rogoviklar zich jins bo‘lib, ko‘pincha
chig‘ anoq simon sinadi, rangi har xil. Gil jinslari hisobiga hosil
bo‘lgan rogoviklar kvars, albit, seritsit, biotit, kordierit, andalo‘zit, kamroq
epidotdan tashkil topgan. Asos, o‘rta magmatik va ularning tufogen jinslari
va mergellar hisobiga hosil bo‘lgan rogoviklar qora, yashil-kulrang bo‘lib,
mayda donali albit-epidot-aktinolitdan tashkil topgan. Vulqon shishasi
to‘liq mayda cheshuykali xlorit va slyudali minerallar bilan almashinadi.
Amfibol rogovik fatsiyasi. Bu fatsiyada barqaror minerallar oddiy
rogovaya obmanka, o‘rta va asos plagioklaz va kamroq piroksendan
iborat. Gilli jinslar qora, zich rogoviklarga aylanadi. Ularning tarkibida
kvars, dala shpatlari, slyuda, andalo‘zit yoki kordierit uchraydi. Ohakli-
silikatli rogoviklar (skarnoidlar) dolomit, kalsit, forsterit, kvarsdan tashkil
topgan. Asos magmatik tog‘jinslari hisobiga hosil bo‘lgan rogoviklar
amfibolli jinslarni tashkil qiladi. Ularning tarkibida rogovaya obmanka va
plagioklaz uchraydi.
Piroksen rogovik fatsiyasi. Bu fatsiya jinslari kontaktga yaqin joyda
rivojlanadi. Ular yuqori haroratli minerallardan tashkil topgan: piroksen,
sillimonit, vollastonit, forsterit.
Sanidinit fatsiyasi magmatik jinsni ekzoqontaktida rivojlanadi.
Kontakt termal metamorfizm jinslariga yana marmar, kvarsit va
boshqalar kiradi.
Marmarlar karbonat jinslari hisobiga hosil bo‘ladi. Ular o‘rta-yirik
donali bo‘lib, rangi har xildir.
Kontakt metasomatik jinslar – skarnlar. Bu jinslar ko‘pincha
nordon jinslar bilan ohaktoshlarni va dolomitlarni chegarasida
postmagmatik eritmalarni va gazlarni ta'sirida hosil bo‘lgan jinsni skarn
deyiladi. Ular karbonatlar va granitlardan mineral tarkibi bilan keskin farq
qiladi. Skarnlarda piroksen, granat, epidot, amfibollar, vezuvian, skapolit,
olivin guruhiga kiruvchi minerallar, flagopit va boshqa minerallar
uchraydi. Skarnlarda magnetit, sheelit, kassiterit, molibdenit, arsenopirit
va boshqa ma'danli minerallar uchraydi. Ularning kristallanish darajasi va
rangi har xildir. Stukturasi ko‘proq granoblastli bo‘ladi.
74
Avtometasomatizm
va
gidrotermal
metasomatizm
jinslari.
Avtometasomatik jinslar soviyotgan Intruziv jinsga, o‘sha magmatik
o‘choqdan ajralib chiqayotgan eritma va gazlarni ta'sirida hosil bo‘lgan
jinslardir. Avtometasomatizm jarayonida hosil bo‘lgan jinslar birlamchi
jinslardan mineral tarkibi bilan keskin farq qiladi. Ular ichida keng
tarqalgan jinslar quyidagilardir: greyzen, serpentinit, ikkilamchi kvarslar,
propilitlar, berezitlar, listvenitlar va boshqalar.
Greyzenlar - metasomatozning mahsuli (eritmalar, gazlar, parlar)
ko‘proq granit jinslar hisobiga bo‘ladi. Jins oq , kulrang, asosan kvars,
muskovitdan tashkil topgan bo‘lib, kamroq turmalin, flyuorit, litiyli
slyuda, topaz, apatit va boshqa minerallardan tashkil topgan. Ma'danli
minerallardan kassiterit, volframit, vismutin, sulfidlar va boshqa minerallar
uchrashi mumkin. Uning strukturasi granoblastli, lepidoblastli, teksturasi
massiv. Greyzendan bo‘r, qalay, volfram, molibdenit, berill, vismutin va
boshqa ma’danlar olinadi.
Serpentinitlar o‘ta asos magmatik jinslardan ajralib chiqayotgan
eritmalar ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Tog‘jinsi yashil, och-yashil rangli,
mayda donali, tolasimon va petlyasimon strukturali. Uning tarkibida
xrizotil, bastit, antigorit hamda xrizotil-asbestlar uchraydi. Qoldiq
minerallardan olivin, piroksen va boshqalar uchraydi.
Serpentinit asbest olish manbaidir. U bilan xromit, titano-magnetit,
kobalt, platina va boshqalar bog‘ langan.
Nazorat savollari:
1. Kontakt metamorfizm sabablari va fatsiyalarini ta'riflab bering.
2. Kontakt metamorfizmning qanday turlari bor?
3. Kontakt metamorfizmga misollar keltiring.
4. Kontakt metasomatizm jinsi - skarnni ta'riflab bering.
5. Avtometasomatizm jinslarini ta'riflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |