minerallar (slyudalar) eziladi. Kvars to‘lqinsimon va mozaikali so‘nadi.
75
Kataklazirlangan jinslar tarkibi bo‘yicha granitga, gabbro va boshqa
jinslarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Jins strukturasi- kataklastik.
Kataklazitlar. U oldingi jinsdan ko‘proq maydalanganligi bilan farq
qiladi. Kataklazitlarda ko‘proq porfiroqlastik va blastosementli
strukturalar uchraydi. Qoldiq minerallarga qarab birlamchi jinslarni
aniqlash mumkin. Kukunlangan minerallar hisobiga xlorit, seritsit va
boshqa minerallar rivojlanishi mumkin.
Milonitlar juda mayda kukunlangan jinsdir. Tog‘jinsi mayin va
changsimon materiallardan tashkil topgan bo‘lib, uning orasida birlamchi
minerallar qoldiqlari saqlanib qoladi. Kukunlangan materiallar hisobiga
xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanadi.
Tektonik brekchiya burmachanlik hududlarida va tektonik yoriqlar
atrofida rivojlanadi. Tog‘jinsi har xil katta-kichiklikdagi qirrali
bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, mayda zarrachalar bilan sementlanadi.
Ultrametamorfizm zonasining jinslari va granitizatsiya. Burmachanlik
hududlarida birlamchi jinslar 8-10 km. dan ko‘proq chuqurlikka tushib
qolsa va harorat oshsa eriydi. Birinchi galda yengil eriydigan (650-700
0
C) komponentlar - kvars, dala shpatlari eriydi (selektiv erish- anateksis).
Yana ham chuqurroqqa tushganda va harorat 800-900
0
C ga yetganda
jinslar to‘liq eriydi (palingenez). Substrat boshlang‘ich jinslarini
(gneys, metamorfik jinslar) qisman erishi natijasida migmatitlar hosil
bo‘ladi, unda substart (boshlang‘ich) jinslari kvars, dala shpatli agregatlar
bilan ket-ket keladi.
Ineksion gneyslar migmatitlarning turidir. Magmatik eritmaning
substrat qatlamlar orasida va qatlamni kesuvchi tomirlarda kristallanishi
natijasida hosil bo‘ladi. Tomir jinslari sekin-asta boshlang‘ ich jinsga o‘tib
boradi. Bu inyeksion gneyslarning metasomatik usul bilan hosil
bo‘lganligini bildiradi. Ular granitizatsiya jarayonining mahsulidir.
Granitizatsiya bu granitlarning har qanday boshlang‘ich jinslar hisobiga
hosil bo‘lish jarayonidir. D.S. Korjinskiy fikricha granitlarning metamorfik
jinslar hisobiga hosil bo‘lishi, ulardan magmatik eritmalar o‘tishi bilan
bog‘liq. Granitizatsiya jarayonida ishqor va kremnezyomlar olib kelinadi,
magniy va temir substratdan olib chiqiladi.
Nazorat savollari:
1. Kataklastik metamorfizm qanday ro‘y beradi?
2. Kataklastik metamorfizm jinslariga misollar keltiring.
3. Ultrametamorfizm va granitizatsiya jarayonini tushuntirib bering.
4. Inyeksion gneyslar qanday hosil bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: