Fosforitlar odatda qora, kulrang, jigarrang, kulrang-yashil va oq
bo‘ladi. Jinslarning rangi asosan qo‘shimchalarning tarkibiga bog‘liq, toza
fosforit oq ranglidir.
Fosforli tog‘ jinslari hosil bo‘lish joyiga ko‘ra dengiz va
kontinental, yotish holatiga ko‘ra qatlamli va konkretsion turlarga
bo‘linadi. Fosforitlar qatlamli, konkretsion-nursimon va konkretsion
jelvakli teksturaga ega. Jinsning strukturasi har xil bo‘lib, ularning ichida
alevro-pelit, peschano-alevrit, biogen, oolit turlari keng rivojlangan.
Bo‘lakli jinslarda fosfat birikmalari ko‘pincha sement yoki donalarning
bo‘lagi shaklida uchraydi, gilli va organogen jinslarda fosfatlar organizm
qoldiqlari-chig‘ anoq lar, baliqlarning tishi va suyaklarida uchraydi.
Qatlamli fosforitlar qora rangli bo‘lib, qumtoshlarni eslatadi. Jins
tashkil qiluvchi donalar diagenez jarayonida fosfatlarni konsentrik qobig‘
i bilan qoplanadi. Donalarning katta-kichikligi asosan 0,1-1 mm bo‘lib,
ular sharsimon, oolit yoki noto‘g‘ri shaklda uchraydi. Fosforit qatlamla-
rining qalinligi metrning ulushidan 15-17 metrgacha bo‘ladi.
Gil jinslari ichida uchraydigan konkretsion-nursimon fosforitlar
sharsimon shaklga ega bo‘lib, ularning kattaligi 20 santimetrga yetishi
mumkin. Ularning o‘rta qismida bo‘shliq borligini yoki sulfid minerallari
bilan to‘ldirilganligini ko‘rish mumkin.
Fosforitlarning hosil bo‘lishi to‘g‘ risida har xil fikrlar mavjud.
Ularning hosil bo‘lish sharoitini ko‘pchilik mutaxassislar fauna va flora-
larning hayot faoliyati bilan bog‘ laydilar.
Konkretsion fosforitlar diagenez jarayonida fosforni o‘zlashtirib olgan
organizmlar qoldiqlariga boy bo‘lgan gillarda hosil bo‘lishi mumkin.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, ko‘pchilik organizmlar ( masalan,
baliqlar)ning bir vaqtda qirilishi, fosforit konlarining yemirilishi, nurash
mahsulotlarining qayta yotqizilishi va tarkibida fosfor bo‘lgan suvlar
hisobiga fosforit yotqiziqlari hosil bo‘lishi mumkin.
Fosforitlar mineral o‘g‘ itlarni tayyorlash uchun asosiy xomashyodir.
Ular yana kimyo sanoatida fosfor va uning birikmalarini olishda
ishlatiladi.
Fosforit konlari Qozog‘ istonda (Karatau), Ukrainada (Mogilev,
Podolskiy viloyatlarida), Kursk, Moskva, Kostroma, Ivanova, Chelyabinsk
viloyatlarida va O‘zbekistonda topilgan.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |