Effuziv tog‘ jinslari. Ishqorli gabbroidlarning effuziv monandi tefrit
va tefrito-bazaltdir. Bu jinslar qora bo‘lgani uchun ko‘pincha ularni
bazaltlardan ajratib bo‘lmaydi. Tefritlarning mineral tarkibi teralitlarga
to‘g‘ri keladi. Jins tarkibida asosan olivin, avgit, egirin-avgit, asos
plagtoqlaz, leytsit va nefelin uchraydi. Asosiy massada yuqorida qayd
qilingan minerallar mikrolitlaridan tashqari yana sanidin va vulqon
shishasi uchrashi mumkin. Jinsning tarkibida ko‘p miqdorda olivin
uchrasa, uni olivinli tefrit deb ataladi. Tefrito-bazalt bazalt bilan tefrit
orasidagi tog‘jinsidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |