Bo‘lakli jinslarning tasnifi bo‘laklarining katta-kichikligiga, shakli va
qanchalik sementlanganligiga asoslangan. Bu belgilar jinslarning tashqi
ko‘rinishini belgilash bilan bir vaqtda, ularning hosil bo‘lish sharoitini ham
aks ettiradi
Cho‘kindi bo‘lakli jinslar bo‘laklarining kattaligiga qarab quyidagi
asosiy guruhlarga bo‘linadi (3- jadval).
a) dag‘al bo‘lakli (psefit) jinslarni bo‘laklari 2 mm dan katta ;
b) qumli (psammit) jinslar zarrachalari 2 mm dan 0,1 mm gacha bo‘ladi;
d) alevritda zarrachalar 0,1 mm dan 00,01mm gacha bo‘ladi;