№ 1 Laboratoriya ishi
Transport vositalarining atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishini o‘lchashning usullari va vositalari
Ishdan maqsad: Transport vositalarining atrof muhitga salbiy ta’sirini o‘lchashning vositalari va usullarini umumlashtirishni o‘rganish (shovqin, chiqindi gazlar tarkibidagi qurum, toksik moddalar va boshqalar).
Jihozlar va asbob-uskunalar: Texnik, me’yoriy hujjatlar va yordamchi adabiyotlar.
Nazariy qism.
Ichki yonuv dvigatellarining ishlatilgan gazlari tarkibida tahminan 200 tadan ortiq tashkil etuvchi mavjud. Ularning barqarorlik davri bir necha daqiqadan 4-5 yilgacha davom etadi. Kimyoviy tarkibi va hossalari, hamda inson organizmiga ta’sir xususiyati bo‘yicha ular guruhlarga birlashtirilgan.
Birinchi guruh. Unga zaharli bo‘lmagan moddalar: azot, kislorod, vodorod, suv bug‘i, karbonat angidridi (CO2) va atmosfera havosining boshqa tabiiy tashkil etuvchilari kiradi.
Ikkinchi guruh. Bu guruhga faqat bitta modda – is gazi yoki uglerod oksidi (CO) kiradi. U neftdan olingan uglevodorodli yonilg‘ilarni to‘liq bo‘lmagan yonish mahsuloti bo‘lib rangsiz, hidsiz, havodan engil.
Uchinchi guruh. Uning tarkibiga azot oksidlari, asosan NO – azot oksidi, NO2 – azot dioksidi va N2O5 kiradi. Bu gazlar IYM yonish kamerasida 2800°C haroratda hosil bo‘ladi va chiqarish traktida bir turdan boshqa turga aylanadi.
To‘rtinchi guruh. Bu guruhga turli uglevodorodlar, ya’ni SxNy turidagi birikmalar kiradi. Ular yonilg‘ining dvigatelda yonishi to‘la bo‘lmaganligi natijasida hosil bo‘ladi.
Beshinchi guruh. Aldegidlar – uglevodorod radikali bilan bog‘langan aldegid guruhiga ega organik birikmalardir. Eng ko‘p aldegidlar motordagi yonish harorati uncha katta bo‘lmagan ishlash tartiblari – salt yurish va kichik yuklanishlarda hosil bo‘ladi. CHiqindi gazlarda 60% formaldegid, 32% alifatik aldegidlar va 3% aromatik aldegidlar bor bo‘ladi. CHiqindi gazlar organik tashkil etuvchilarining umumiy miqdoridan 32 % dan ortig‘i chegaraviy, 27% atrofida chegaraviy bo‘lmagan uglevodorodlarni, 4% gacha aromatik birikmalar va 2% dan ko‘prog‘i aldegidlar tashkil etadi.
Oltinchi guruh. Unga qorakuya va boshqa mayda zarrachalar (dvigatel detallarining eyilish mahsulotlari, aerozollar, qurum va hokazo) kiradi.
Ettinchi guruh. Oltingugurt birikmalaridan iborat bu guruhga tarkibida oltingugurt miqdori oshirilgan yonilg‘idan foydalanilgan motorning chiqindi gazlarida paydo bo‘ladigan noorganik gazlar - oltingugurt angidridi va oltingugurt vodorod kiradi. Transportda ishlatiladigan boshqa yonilg‘i turlariga taqqoslaganda dizel yonilg‘ilarida oltingugurt ancha ko‘p bo‘ladi.
Sakkizinchi guruh. Bu guruhni tashkil etuvchilar - qo‘rg‘oshin va uning birikmalari – faqat benzinli motorlarning ishlatilgan gazlarida etillangan benzindan foydalanganda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |