III.Ishni bajarish tartibi
Laboratoriya stendi bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng 4.2-rasmdagi elektr sxemani yig‘ib, uni avtotransformator (LATR) yordamida bir fazali tok tarmog‘iga ulanadi. LATR ning chiqish qismalaridagi kuchlanishning qiymati o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.
T1 va T2 tumblerlarni ulab, rezistor r va induktiv g‘altak L dan iborat parallel zanjir hosil qilinadi. Vattmetr yordamida butun zanjirning aktiv quvvatini. rA, rA1 va rA2 ampermetrlar yordamida esa zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi va shoxobchalaridagi toklarni o‘lchab, natijalari 3.1-jadvalning aktiv yuklama qatoriga yoziladi.
3.2-rasm. Rezistor, induktiv g‘altak va kondensator parallel ulangan sinusoidal tok zanjiri.
Tumbler T2 ni uzib, tumbler T3 ulanadi. Natijada rezistor r1 va sig‘im S dan iborat aktiv-sig‘im xarakterli parallel zanjir hosil bo‘ladi. 2-punktdagi kabi o‘lchashlarni bajarib natijalari 4.1-jadvalning aktiv-sig‘im yuklama qatoriga yoziladi.
Tumbler T2 ni ulab, rezistor r induktiv g‘altak L va sig‘im S dan iborat parallel zanjir hosil qilinadi. 2-punktdaga kabi o‘lchashlar bajarilib, natijalarini 4.1-jadvaldagi yuklamaning umumiy qatoriga yozish kerak.
2,3,4-punktdagi o‘lchashlar bajarilgandan keyin zanjirlarning shoxobchalaridagi Ig, IL va IC toklarning algebraik yig‘indisi I dan katta bo‘lishiga ishonch hosil qilinadi.
O‘lchashdan olingan ma’lumotlar bo‘yicha har bir yuklama turi uchun masshtabda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi quriladi.
4.1-jadvaldagi barcha hisoblashlarni bajargandan so‘ng zanjirning parametrlarini aniqlashga o‘tiladi.
Elementlari parallel ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni va Kirxgofning birinchi qonunini tadbiq etish haqida xulosa berilsin.
3.1-jadval
Yuklama xarakteri (turi)
|
O‘lchashlar
|
Hisoblashlar
|
I
|
I1
|
I2
|
I3
|
P
|
cosj
|
y
|
g
|
bL
|
bC
|
L
|
C
|
A
|
A
|
A
|
A
|
Vt
|
Diag-ramma-dan
|
Hisob-langani
|
|
|
|
|
Gn
|
mkF
|
Aktiv induktiv
|
rezistor
induktiv g‘altak
butun zanjir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Aktiv-sigim
|
rezistor
kondensator
butun zanjir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Umumiy xol
|
rezistor
induktiv g‘altak
kondensator
butun zanjir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
1. Kirxgofning birinchi qonunini o‘zgaruvchan tok zanjirlariga tadbiq etish xususiyatlari nimalardan iborat?
2. O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni qanday tadbiq etiladi?
3. Yuklamaning quyidagicha ulangan hollari uchun tok va kuchlanishning vektor diagrammasini qanday qurish mumkin?
a) rezistor va induktiv g‘altak ulanganda;
b) rezistor va kondensator parallel ulanganda;
v) rezistor, g‘altak va kondensator parallel ulanganda;
4. Butun zanjirning, g‘altakning va kondensatorning parametrlari qanday aniqlanadi?
5. Butun zanjirning va zanjir shoxobchalarining quvvat koeffitsienti qanday aniqlanadi?
6. Faza siljish burchagi deb nimaga aytiladi?
LABORATORIYA ISHI № 3
ISTE’MOLCHILAR YULDUZ SXEMADA ULANGAN UCH FAZALI TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH
I. Ishdan maqsad: 1.Iste’molchilar yulduz sxemada ulangan uch fazali tok zanjirining turli rejimlardagi ishini eksperimental tekshirish: a)tekis aktiv yuklama uchun; b)notekis aktiv yuklama uchun; v)notekis aktiv, induktiv va sigim yuklamalar uchun. 2.Tok va kuchlanishlarning topografik (vektor) diagrammasini qurishni urganish. 3.Faza va liniya kuchlanishlarini o‘lchashni urganish va ular orasidagi nisbatni eksperimental tekshirish.
II. Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Uch fazali o’zgaruvchan (sinusoidal) tok zanjirida elektr energiyasining iste’molchilarini uch fazali EYUK manbai bilan "yulduz" yoki "uchburchak" sxema bo’yicha biriktiriladi.
Uch fazali tok manbaiga iste’molchilarning qanday sxema bo’yicha ulanishi ularning har qaysi fazalarining qarshiliklarini qanday miqdordagi nominal kuchlanishga mo’ljallanganiga bogliq. Iste’molchilar "yulduz" sxemada ulanganda zA, zB, zc faza qarshiliklarining bosh uchlari A, B, C manbadan kelayotgan liniya simlariga, oxirgi uchlari esa neytral nuqta 0' ulanadi. Agar yuklama fazalar bo’yicha nosimmetrik bo’lsa, u xolda 0' nuqta uch fazali manbaning xuddi shunday neytral nuqtasi 0 bilan biriktiriladi. (4.1- rasm,a) manba bilan iste’molchilarning 0 va 0' nuqtalarini birlashtiruvchi sim neytral sim deb ataladi.
4.1 - rasm.Uch fazali o’zgaruvchak tok istemolchilarni yulduz usulida ulash.
Uch fazali manba faza EYUK larining oniy qiymatlari bir-birlaridan fazalari bo‘yicha 120o (yoki uchdan bir davrga) siljigan bo’ladi, ya’ni
eA = Em sinwt, eB = Em sin(wt-120o), eC = Em sin(wt- 240o).
|
[V]
|
Uch faza EYUK larining amplitudalari bir xil bo’lib, ularning ta’sir etuvchi qiymatlari EA, EB va EC o‘zaro teng, ya’ni EA = EB = EC = EF bo‘ladi.
Agar liniya va neytral simlarning qarshiligi nolga teng bo’lsa, faza qarshiliklarining qismlaridagi oniy kuchlanishlar miqdor jixatdan faza EYUK lari bilan bir xil bo’ladi, ya’ni
uA = Um sinwt;
uB = Um sin(wt - 120o);
uC = Um sin(wt - 240o).
|
[V]
|
Faza kuchlanishi deb istalgan biron liniya simi bilan neytral sim orasidagi hamda manba yoki iste’molchining bir nomli fazalarining bosh va oxirgi uchlari orasidagi kuchlanishlarga aytiladi. Ular UA, UB, UC va UF deb belgilanadi.
SHuningdek, faza kuchlanishlarining ta’sir etuvchi qiymatlari ham o’zaro teng: UA = UB = UC = UF va ularning vektorlari simmetrik uch nurli yulduz hosil qiladi (4.1 - rasm, b).
Liniya kuchlanishi deb istalgan ikkita liniya simi orasidagi yoki istalgan ikkita fazaning (manba yoki iste’molchi) bosh uchlari (A,B, S) orasidagi kuchlanishlarga aytiladi. Liniya kuchlanishlari UAB UBC, UCA yoki UR ko’rinishida belgilanadi. Ular simmetrik yuklamada o’zaro teng bo’lib, faza kuchlanishlardan marta katta, ya’ni
Uab =Ubc = Uca = UL = Uf.
Liniya simlaridan (A - A, B - B, C - C) oqib o’tayotgan toklar liniya toklari deyiladi. Ular IA, IB , Ic yoki 1l bilan belgilanadi. Manba va iste’molchining bir nomli fazalaridan oqib o’tayotgan toklar faza toklari deyilib, IA, IB, Ic yoki IF bilan belgilanadi.
Iste’molchilar yulduz sxemada ulanganda manba bilan iste’molchining bir nomli fazalari ketma - ket ulanganidan liniya va faza toklari o’zaro teng, ya’ni Il = If buladi. Faza karshiliklari teng bulganda (simmetrik) faza toklarining oniy kiymatlari amplitudalari buyicha teng bulib, ammo yuklama xarakteriga kura oniy faza EYUK dan (kuchlanishdan) j burchakka siljigan buladi:
IA = Im sin(wt ±j);
IB = Im sin(wt - 120o ±j);
IC = Im sin(wt - 240o ±j),
|
[A]
|
va shu toklarning yigindisiga teng bulgan neytral simdagi tok yuklama simmetrik bulganda nolga teng buladi (bu erda )
C B C B C B
4.2 - rasm. Uch fazali zanjirning tok va kuchlanishlar vektor diagrammasi.
Bu simmetrik aktiv yuklama (rA = rB = rC = rF) rejimi uchun qurilgan tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasidan xam kurinib turibdi (4.2 - rasm, a). Agar faza qarshiliklari teng bo’lmasa (rA ¹ rB ¹ rC) faza kuchlanishlarining simmetriyasini (UA = UB = UC = UF) saqlash uchun O va O' nuqtalar orasida neytral sim ulanadi (4.1 - rasm, a). U xolda yigindi tok iA + iB + iC = iN ¹ 0 neytral sim buylab oqadi. Bu rejim uchun tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi 4.2-rasm, b da ko’rsatilgan. Nosimmetrik yuklamada nolinchi (neytral) simni ajratish mumkin emas, chunki faza toklari yigindisining nolga teng bo’lishi faza kuchlanishlarining jarayoni (UA, UB, UC) qayta taqsimoti hisobiga bo’ladi. Bunda yuklamasi kam fazaning kuchlanishi nominal qiymatidan ortib, ko’piniki kamayib ketadi. Bo’layotgan protsesslar Om va Kirxgoff qonunlariga binoandir (4.2 – rasm),
Do'stlaringiz bilan baham: |