1-LABORATORIYa ISHI
Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelining o’t oldirishni ilgarilatish burchagi
bo’yicha rostlash tavsifi
Maqsad
: o’t oldirishni ilgarilatish burchagining dvigatel quvvati va
tejamkorligiga
ta’sirini, ilgarilatish burchagi bo’yicha rostlash tavsifini olish uslubini, foydalaniladigan
Jixoz va asbob-uskunalarni urganish.
Bajariladigan ishlar: foydalaniladigan asboblarni urnatish, o’t oldirishning ilgarilatish
burchagi bo’yichaostlash tavsifini olish, olingan natijalarni xisoblash va taxlil qilish,
tavsifini chizish.
Dvigatelning turli ishlash jarayoniga tegishli maqbul yondirishning ilgarilatish burchagi
bo’ladi.
Ya’ni hajm ko’paya boshlaganida uchqun beriladi
va aralashmaning hammasi
yonib ulgura olmaydi, natijada bu holatda ham foydali quvvat kamayib ketadi.
Shuning uchun yondirishning ilgarilatish burchagini to‘g‘ri o’natish katta ahamiyatga
ega.
Avtomobil dvigateliga yondirishning ilgarilatish burchagini to‘g’ri o’rnatish
uchun
quyidagi operatsiyalarni bajarish kerak:
— dvigatelni tayyorlash;
— uzgich-taqsimlagichni tayyorlash;
- uzgich-taqsimlagich yuritmasi dvigatel bilan to‘g‘ri ulanishi kerak;
- yondirishning ilgarilatish burchagi o‘natib bo‘lingandan keyin tekshirish.
BIRINCHI
ISH.
dvigatelning birinchi svechasini o‘z joyidan burab olib o‘rniga
namlangan qog‘oz tiqin qo‘yiladi.
Tirsakli valni aylantirib qog’oz tiqin joyidan otilib
chiqishi bilan to‘xtatiladi. So‘ng tirsakli val juda sekin aylantirilib
dvigatelning old
qismidagi qo’zg‘almas belgi bilan tirsakli val shkividagi belgini bir-biriga to‘g’ri
keltiriladi.
Porshenning bu holati ushbu silindrga uchqun berish momentini ko‘rsatadi.
IKKINCHI
ISH —
aval joyidan olinib texnik xizmat ko’rsatilgan uzgich-taqsimlagich
o‘z joyiga o‘rnatilib korpusi chap yoki o‘ng tomonga aylantirib kontaktlar holatini
ajralish momentiga olib kelinadi.
Bu holatni aniq topish
uchun nazorat lampasidan
foydalaniladi.
Lampochkaga ulangan simning bir uchini o‘t oldirish tizimining
birlamchi zanjiriga ulanadi (yondirish g‘altagini
nomlanmagan simidan uzgich-
taqsimlagich korpusiga borgan simga), ulangan simning ikkinchi uchini avtomobil
massasi bilan ulanadi.
Yondirish kalitini yoqib uzgich-taqsimlagich
korpusini nazorat
lampochka yongungacha burab, keyin korpusni shu holatda qotirib qo‘yiladi.
Uzgich-
taqsimlagichning bu holati kontaktlar ochilishi momentiga to‘g‘ri keladi.
Bu
holatda
rotorning tok uzatkichi qopqoqni birinchi silindrga beradigan yuqori kuchlanishli sim
uyasiga qarab turishi kerak.
UCHINCHI ISH.
— uzgich-taqsimlagich korpusini mahkamlab bo‘lmagandan so‘ng
taqsimlagich qopqog‘i o‘z joyiga qo‘yiladi va qolgan simlarni
dvigatel silindrlarini
ishlash tartibi bo‘yicha o‘z uyachalariga o‘rnatiladi.