Ma’ruza №12.
Mavzu: Mashinalarni tejamkorligiga puhtalik ko’rsatkichlarining ta’siri.
Reja:
12.1.Mashinalarni tejamkorligiga puhtalik ko’rsatkichlarining ta’siri.
12.2.Puxtalik ko’rsatkichlarini o’shirish usullari.
12.3.Ekspluatatsiyada zarur puxtalikni ta’minlash usullari
12.1.Mashinalarni tejamkorligiga puhtalik ko’rsatkichlarining ta’siri.
Yillik ekspluatatsion harajatlar Z yoki yillik solishtirma ekspluatatsion
harajatlar Z
0
ning bir yilda ishlab chiqarilgan 1 mln.kKal (1160 kVt) ga nisbatini
quyidagi uchta asosiy guruhga birlashtirsa bo’ladi:
1.
Energetik harajatlar Z
01
, bunga elektr energiyasi va sovituvchi suv
harajatlari kiradi.
2.
Xizmat ko’rsatish va ta’mir harajatlari Z
02
, bunga xizmat ko’rsatuvchi va
ta’mir qiluvchi personal harajatlari, ekspluatatsion materillar tannarhi,
sovitish qurilmasining ishdan chiqishlarini bartaraf qilish harajatlari
kiradi;
3.
Qurilma harajatlari va kapital harajatlar Z
03
,
bunga sovitish qurilmari
harajatlari, sovitish agenti va moy tannarhi, ishlab chiqarish xonalari
qurish, montaj va transportirovka harajatlari kiradi.
Umumiy solishtirma harajatlar kichik sovitish mashinalaridan yiriklariga
qarab pasayib boradi. Mashinalarning unumdorligi oshgan sari energetik harajatlar
Z
01
20 dan 70% gacha oshadi, qurilma harajatlari Z
03
50-55 dan 15-20% pasayadi.
Xizmat ko’rsatish va ta’mir harajatlari Z
02
30% dan 8-10% gacha pasayadi.
Harajatlar strukturasi quyidagicha:
Ta’mir personalini ta’minlash – 20-25%;
Ehtiyot qismlar va yordamchi materiallar uchun – 10-20%;
Sovitish qurilmasining ishdan chiqishlarini bartaraf qilish uchun – 3-7%;
Xizmat ko’rsatuvhi personalni ta’minlash uchun 40-60%;
Ixtiyoriy puxtalik ko’rsatkichini yaxsilash ta’mirlash va xizmat ko’rsatish
harajatlarini kamaytiradi. Masalan, “Kapital ta’mirgacha bo’lgan resurs”
ko’rsatkichini 25% ga oshirsak, umumiy harajatlarni 10-12% ga kamaytirish
mumkin.
Sovitish mashinasi ekspluatatsiyasida turli xil ishdan chiqishlar yuz berishi
mumkin, ularni bartaraf qilishga esa har xil harajatlar bo’lishi mumkin. Bu holda
ishdan chiqishni bartaraf qilishining o’rtacha tannarhi qabul qilinadi.
O’rtacha unumdorlikdagi kompressorlar uchun “Ta’mirlararo resurs” va
“Texnik xizmat ko’rsatilgunga qadar ishlash vaqti” ko’rsatkichlarini oshirish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu holda asosiy harajat-ta’mir personalini
ta’minlash harajatlari sezilarli kamayadi.
Yirik porshenli, markazdan qochma va vintli kompressorlarda “Kapital
ta’mirgacha bo’lgan resurs” ko’rsatkichini o’shirish maqsadga muvofiqdir. Bunda
kapital ta’mir vaqtida qimmatbaho va yirik detallarni almashtirishdagi harajatlar
kamayadi.
Xizmat ko’rsatilmaydigan kichik unumdorlikdagi kompressorlarning
“Ishdan chiqquncha ishlash vaqti” ko’rsatkishini oshirish, ularning puxtaligini
oshiradi, chunki bunday mashinalarning ishdan chiqishi yirik harajatlarga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |