Plastidalar - hujayraningasosiy tirik qismlaridan biri.Ular faqat o’simliklarga xosi Plamdalar uch xil bo’ladi: leykoplastlar(rangsiz), xromoplastlar(zarg’aldoq, qizg’ish), xloroplastlar(yashil). Keyingi ikkita plastida o’simliklarga (barg, poya, gul vamevalarga) rang beradi. Xromoplastlar bilan xloroplastlar tufayli o’simlikgullari va mevalar har xil rangga kiradi.
Vakuol - sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to’lganbo’shliq. U turli shaklda bo’ladi. Hujayra shirasi tarkibida 7,0 — 95% suv va undaerigan ko’pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar moddalari bo’ladi; Bu shiratarkibiga ko’ra mevalarning ta’mi shirin, nordon va achchiq bo’ladi.
Shuni ham aytish kerakki, o’simliklarning turli organlaridagihujayralar har xil vazifani bajaradi. Masalan, barg, ildiz, poya va mevalarqobig’ining hujayralari ularni tashqi noqulay sharoitdan — yomg’ir, shamol,sovuq, issiqdan himoya qiladi.
Urug’, ildiz va boshqa organlarda oziq moddalar jamg’aradigan hujayralar bo’ladi. Tuzilishi o’xshash bo’lgan, lekin bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yig’indisi to’qima deyiladi. Shunday qilib,hujayralar hujayra qobig’i, sitoplazma, mag’iz, plastidalar va vakuoldan tashkiltopgan.
PIYOZ PO’STI HUJAYRALARINING VA CHIGIT TUKLARINING MIKROSKOPDA KO’RINISHI
Quyida piyoz hujayralari bilan tanishasiz. Piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qobig’idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum oynasidagi tomchi suvga qo’yikdi. Uning hujayralari shaklining cho’ziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalarning rangsizligi bilan boshqa o’simllk hujayralaridan farq qiladi.
Hujayralar o’lchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi haqida yuqorida aytilgan edi. Haqiqatan ham, ko’pchilik o’simliklarning hujayrasi mayda bo’ladi. Lekin yiriklari ham bor. Masalan, chigit yuzasidagi tola (tuk) bitta hujayradan iborat bo’lib, uzunligi 34 sm ga yetadi.
Shunday qilib, har xil turga mansub o’simliklar hujayrasi o’ziga xos shaklda bo’lishiga ishonch hosil qildik. Hatto bir tup o’simlikning turli organlaridagi hujayralar ham har xil — cho’ziq, yumaloq, ko’p qirrali va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Hujayralar shakliga va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil tuzilgan bo’ladi. Hujayralar shakl jihatidan bir-biridan qancha farq qilmasin, ularning ichki tuzulishi o’xshash bo’ladi.
Piyoz pardasidan preparat tayyorlang. Buning uchun uni qurigan po’stidan tozalang va etli po’stidan bir bo’lak kesib oling.
2. Qisqich bilan po’stdan yupqa shaffof pardani ajratib olib, uni buyum oynasi ustidagi suv tomchisiga qo’ying va ustini qoplag’ich oyna bilan yoping.
3. Tayyor boigan preparatni mikroskopda ko’ring. Botanikadan tutgan daftaringizga piyoz pardasi hujayralarining tuzilishini chizing va tarkibiy qismlari nomini yozing.
4. Chigit tuklaridan preparat tayyorlang. Buning uchun namlangan chigit tuklaridan ajratib oling va uni buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’ying.
5. Tuklarni nina bilan to’g’rilang va ustini qoplag’ich oyna bilan yoping.
6. Tayyor bo’lgan preparatni mikroskopda ko’rtng.
Do'stlaringiz bilan baham: |