2savol...Mochay g‘or-makoni. Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ hududida mezolit davrining so‘nggi bosqichiga oid Mochay g‘or-makoni joylashgan. G‘or-makon ikkita madaniy qatlamga ega. Ulardan ko‘p sonli tosh qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o‘rganilgan. Suyaklarining ko‘pchiligi tog‘ echkisi, arxar, qo‘y va echkilarga tegishli. Qisman cho‘chqa, it va qora mol suyaklari ham mavjud. G‘or-makonning yuqoridagi ikkinchi madaniy qatlamidan topilgan suyaklarni tadqiqotchi olimlar xonaki qo‘y va echkilarga tegishli bo‘lib, aholi bu davrda xonaki chorvachilikga asos solgan edi, deb hisoblaydilar. G‘or-makon sharoiti chorvachilik xo‘jaligini yuritish imkoniyatini bermaydi. Shuningdek, bu yerda mazkur xo‘jalik turining keyingi taraqqiyoti kuzatilmaydi. Mochaylik ibtidoiy jamoa a'zolari yovvoyi hayvonlarni ov qilib, tog‘ o‘simliklar va ularning mevalarini terib kun kechirganlar.
Makondan topilgan odam suyaklariga ko‘ra bu yerda yevropeoid irqining Sharqiy O‘rta yer dengizi guruhiga mansub dolixokran-boshi uzun, yuzi qisqa aholi vakillar yashagan.
3savol.....Rivojlangan eneolit. Rivojlangan eneolit NMZ II (Anov II) davrida o‘troq dehqonchilik hududining muntazam kengayib, yangi qishloqlarning soni ko‘paygan. Hozirgi paytda mazkur davrga oid yoki madaniy qatlamiga ega bo‘lgan o‘ttizga yaqin yodgorliklar aniqlangan.Dehqonchilik qishloqlari ilgaridan rejalashtirilgan loyiha asosida qurilgan imoratlardan iborat. Ayrim aholi manzillarining atrofi yupqa devor bilan o‘rab olingan. Mo‘llalitepa va Yalang‘ochtepa manzilgohlarining atrofi minorasifat aylana xonalarga ega bo‘lgan devoriga ega.Ko‘cha bo‘yida xom g‘ishdan qurilgan bir yoki ko‘p xonali uylardan tashkiltopgan alohida hovlilar joylashgan. Hovlilar yashash va xo‘jalik uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat. Yassitepa va Dashlijitepa manzilgohlardan sig‘inish uchun mo‘ljallangan xonalari aniqlangan. Ularning ichida joylashgan o‘choqda doimiy olov yonib turgan. Bu inshootlar eneolit davri o‘troq dehqon aholisining dastlabki umumjamoa ibodatxonasi vazifasini bajarganligi ehtimoldan holi emas. Rivojlangan eneolit davrida ham marhumlarni uylarning ichida chuqur qazib, dafn etish an'anasi davom etadi. Marhumlar gujanak holatda ma'lum kuzatuv buyumlari bilan ko‘milgan. Qoratepa manzilgohida o‘rganilgan qabrdan lazurit, serdolik toshlaridan yasalgan munchoq, oltindan yasalgan bir dona munchoq topilganMa'lumki, eneolit davridan boshlab yevrosiyo hududida iqlimi quruqlashib boradi. Bunday sharoitda issiq iqlimli hududlarda boshoqli don ekinlarining o‘sib yetilishini ta'minlaydigan tabiiy namlik darajasining pasayishib ketishi dehqonchilik xo‘jaligida sun'iy sug‘orishga ehtiyoj tug‘dirgan. O‘rta Osiyoning chekka janubi-g‘arbiy qismida ham shunday jarayon kechgan. Turkmanistonning Geoksur vohasida eng qadimgi ariqning o‘rni aniqlanib, bu yerda yashagan aholi rivojlangan eneolit davrida sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligini yurita boshlaydi. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i chorvachilikning ahamiyati yanada ortadi. Chorva mollaridan qo‘y, echki, qora mol va cho‘chqa boqilgan. Oltintepa va Geoksur vohasidagi manzilgohlaridan topilgan xonaki hayvon suyaklari orasida qo‘yga tegishli namunalari ko‘pchilikni tashkil etadi. Suyak topilmalari eneolit davrining rivojlangan eneolit davrida chorvachilik xo‘jaligahamiyatining oshganligidan dalolat beradi.Rivojlangan eneolit davrda metalga ishlov berish texnologiyasi takomillashgan. Dastlab misni olovda toblab ishlov berilgan bo‘lsa, ikkinchibosqichda yopiq holda eritib, quyish usulidan foydalanish boshlanadi. Misdan yasalgan ish anjomlarning turi ko‘payib, arra, bolta va boshqa murakkab qurollar paydo bo‘lgan. Bu davrda zargarlik san'atining ahamiyati o‘sadi. Qimmatbaho, rangli (oltin, kumush) metallar va turli toshlardan yasalgan zeb-ziynat buyumlarining ko‘pgina nusxasi topilgan. Ushbu topilmalar zargarlik san'ati taraqqiyotidan dalolat berib, hunarmadchilikning alohida turiga aylanganligini ko‘rsatadi.Tosh qurolining ahamiyati ilgargiga nisbatan pasayib ketadi. Toshdan kamon o‘qi, o‘roq qadamasi, yorg‘uchoq, keli, hovoncha va boshqa qurollar yasalgan. Marmarsimon ohaktoshdan turli xil idishlar va haykalchala yasalgan.Sopol buyumlarining yasalish usuli mukamallashib, ularning turi ko‘payadi. Sopollarning sirtiga chizilgan naqshlar mazmunan boyib boradi. Monoxrom va polixrom naqshlar yorqin va qizil taglik ustidan chizilgan qora, jigar rang yoki ularning biri ishlatilgan bezaklardan iborat. Sopol buyumlari yarimsferik va konussimon shakldagi kosa va xurmachalarni tashkil etadi.Eneolit davri madaniy taraqqiyotida tasviriy san'atining ahamiyati yanada oshadi. Haykaltaroshlik va rang-tasvir san'at g‘oyaviy va estetik qarashlarining aks etishi sifatida kishilar ijtimoiy hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Haykalchalar ilk eneolit davri usulida antropomorf va qisman zoomorf shakllarda yasalgan. Antropomorf haykalchalarning o‘tirgan va tik turgan holatlari ajralib turadi. Ayollar tasvirlangan haykalchalarning sirtiga aylana belgilar chizilgan bo‘lib, ular bevosita samoviy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu davrda erkak aks ettirilgan haykalchalar ham paydo bo‘ladi. Erkak haykalchasi kiyim boshi bilan tasvirlangan. Haykaltaroshlikda dubulg‘a kiygan shaxs tasvirlangan haykalcha muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qabilalar o‘rtasidagi ziddiyatdan darak beradi. Bu davrda rang-tasvir san'atiga e'tibor kuchaygan. Amaliy san'atining ushbu turi uy devorlarining sirtiga chizilgan naqshlarda o‘z aksini topgan. Yassitepa ibodatxonasi devori sodda naqshlar bilan bezatilgan. Ular qora va qizil bo‘yoqda chizilgan kvadrat va uchburchak shakli naqshlardir.Rivojlangan eneolit davrida dehqon jamoasi yashagan hududlardoirasi kengayib, manzilgohlar soni ko‘payadi va qurilishme'moriy usuli murakkablashib boradi. Dehqonchilik sohasida erishilgan muhim yutuq jamiyaning barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |