1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant



Download 239,94 Kb.
bet9/71
Sana28.06.2022
Hajmi239,94 Kb.
#715295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Joytun madaniyati — Oʻrta Osiyoning neolit davriga oid eng qad. oʻtroq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil. av. 6—5-ming yillik). Ashxoboddan 30 km shim.da joylashgan qad. oʻtroq dehqonlar qishlogʻi harobasi nomidan olingan. 1952 y.dan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chagʻillitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.)ni tekshirgan. Bu urugʻdoshlik manzilgoxlarining har biri 0,5—2 ga maydonni egallagan. Somonli guvaladan qurilgan bir xonali uylar (25—45 m²) sahni oq ganchli loy bilan suvalgan, ayrimlari qizil va qora rangga boʻyalgan. Har bir xonada oʻchoq, gʻalla oʻrasi, supa boʻlgan. Ayrim xonalar oʻrtasida katta otashkada boʻlib, umumiy sajdagoh vazifasini oʻtagan. Manzilgoxlarda ombor, sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar boʻlgan. 3 madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgox.i (J. m. shu nomdan olingan) toʻla oʻrganilgan. Uning mayd. 0,5 ga, yuqori qatlami 35— 40 xonadan, oʻrta qatlami 29 xonadan iborat. Manzilgohlardan bolalar suyagi topilgan, kattalar tashqariga koʻmilgan. Aholi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. Aholi chaqmoqtoshdan qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan igna, bigiz; tosh oʻtir va b. buyumlar yasagan. Sopol idishlar somonli loydan ishlanib, baʼzilarining sirti qizil angob bilan boʻyalgan. Tosh va loy (sopol)dan ishlangan ayol va hayvon haykalchalari, tosh, suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq va b. turli taqinchoqlar keng tarqalgan. J. m. Kaspiy boʻyidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan. U — ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jaxondagi noyob obidalaridan biri.


7-variant

  1. O‘zbekistonda arxeologiya faning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatib bering?

  2. O‘rta Osiyoning neolit davri o‘troq dehqon jamoasi moddiy madaniyati

  3. Kavkazning bronza davri madaniyatlari

1 Tarixni yoritishda va o`rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So`nggi yillar ichida jahonning, jumladan O`rta Osiyoning turli hududlarida ko`plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma`lumotlar to`plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o`rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to`laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo`lgan. Ular ibtidoiy to`da davri, ibtidoiy xo`jaliklari va mehnat qurollari, urug`chilik tuzumining vujudga kelishi, xo`jalikning ishlab chiqarish shakllariga o`tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o`rta asrlar me`morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko`pdan-ko`p voqealar bilan bog`liq.
Talabalar qadimgi tarixni o`rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e`tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo`pol cho`qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o`rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko`satish, jahon, jumladan O`rta Osiyo, shuningdek O`zbekiston hududida yashab o`tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o`ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko`rsatib berishdir. 

Download 239,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish